Саноат ва кишлок хужалик асослари ма
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
sanoat va qishloq xojalik geografiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR
Tayanch tushunchalar: mashinasozlik sanoati, mashinasozlikda
ixtisoslanish, O’zbekistonda mashinasozlikning rivojlanishi. SAVOLLAR: 1. Mashinasozlik sanoati joylashtirishda qanday omillarga e’tibor beriladi? 2. Bu sanoatning qanday tarmoqlari bor? 3. Mashinasozlik ixtisoslashtirishning qanday turlari mavjud? 4. Transport mashinasozligida nimalar ishlab chiqiladi? 5. Mashinasozlikning rivojlanish jixatdan jahonda qanday mamlakatlar ajrab turadi? 6. O’zbekistonda mashinasozlikning qanday turlari bor? 7. Mashinasozlikning endigina rivojalanayotgan mamalakatlarga kaysilarni kiritish mumkin? ADABIYOTLAR: 1. X.Vaxobov, M.Tillaboeva «Iqtisodiy geografiya asoslari» Toshkent. 2001 yil 2. A.S.Soliev «Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning dolzarb masalalari» Toshkent. 1995 yil 62 3. Xrushev A.G. «Geografiya promishlennosti» Moskva. 1989 yil 4. A.S.Soliev «Iqtisodiy geografiya asoslari» ma’ro’zalar matni Mavzu: O’RMON SANOATI, BINOKORLIK SANOATI. REJA: 1. Umumiy ma’lumot. 2. O’rmon sanoati haqida. 4. Binokorlik sanoati. O’rmon sanoati quyidagi tarmoqlarni o’z ichiga oladi: daraxt kesish, yog’ochsozlik (taxta tilish, mebel, gugurt ishlab chiqarish va h.k.) sanoati, sellyuloza-qogoz va o’rmon-kimyo sanoati. O’rmon sanoati korxonalari bir-biri bilan chambarchas bog’langan, ya’ni birining maxsuloti ikkinchisi uchun xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Yog’och tayyorlash korxonalari taxta tilish zavodlariga yog’och beradi, taxta esa mebel sanoati uchun xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Yog’och tayyorlash korxonalari chiqindilari (shox-shabba) va yog’ochsozlik chigitlari (qipiq, po’stloq, qirindi) o’rmon sanoatida spirt, moy va bo’yoklar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Shu sababli ham, o’rmon-kimyo kombinatlari ko’rish keng tarqalgan. O’rmon sanoatining bir-biriga yaqin joylashgan va xom ashyo, energiya, transportdan birgalikda foydalanishga hamda chiqindilarni to’lik kayta ishlashga asoslangan mustaxkam ishlab chiqarish aloqalariga ega bo’lgan korxonalar o’rmon sanoati majmuasi deb ataladi. O’rmonlar vazifasiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: sanitariya o’rmonlari (shaharlar atrofida); tuproqni, dalalarni, suvni muxofaza qiluvchi o’rmonlar (daryolar, ko’llar, suv omborlari, kanallar bo’yida); qo’riqxona o’rmonlari. Bunday o’rmonlarda daraxtlarni sanoat maqsadlarida kesish man qilinadi. Shu sababli, o’rmon resurslariga xo’jalik jixatdan baho berganda o’rmon bilan qoplangan butun maydon hisobiga olinmaydi, balki o’rmonning sanoat uchun kesishga ruxsat etilgan maydoni hisobga olinadi. Bundan tashqari, xududni o’rmon bilan qoplanganlik darajasi (o’rmon bilan oplangan butun maydonning shu xududning butun maydoniga nisbati) degan iqtisodiy ko’rsatkichdan foydalaniladi. 63 O’rmon sanoatining ayrim tarmoqlari xom ashyo manbalari yaqiniga, dengiz, daryo, temir yo’l bilan yaxshi ta’minlangan joylarga, ayrim tarmoqlari esa iste’molchiga yaqin xududlarda joylashtiriladi. Yog’och tayyorlash o’rmon sanoati ishlab chiqarishining 75 foizini tashkil qiladi. O’rmon sanoati ishlab chiqarishi bir-biri bilan bog’langan quyidagi bosqichlardan iborat: a) yog’och tayyorlash (daraxt kesish, uni transport magistrallariga olib chiqish, qayta ishlash markazlariga yetkazib berish). Bu tarmoq asosan xom ashyo manbalari yaqinida joylashtiriladi; b) yog’ochga mexanik ishlov berish: taxta tilish, fanera, gugurt, mebel, idish ishlab chiqarish. Taxta tilish sanoati ham xom ashyo manbalariga yaqinroq joylashtiriladi. Fanera asosan oq qayin va olxa daraxtidan tayyorlanadi, shu sababli fanera ishlab chiqarish korxonalari ko’proq aralash va keng bargli o’rmonlar tarqalgan joylarda. Hozir igna bargli daraxtlardan ham fanera ishlab chiqarilmoqda. Gugurt ishlab chiqarish sanoatida xom ashyo tok terakdan foydalaniladi. Shuning uchun gugurt korxonalari asosan shu daraxtlar tarqalgan joylarda quriladi. Mebel sanoati ko’prok iste’mol rayonlarida quriladi; v) yog’ochga kimyoviy ishlov berish (o’rmon-kimyo): sellyuloza, qog’oz, karton, skipidar, kanifol va boshqa narsalar ishlab chiqaradi. Sellyuloza-qog’oz sanoati qog’oz, karton, qog’oz qoplar tayyorlash uchun yarim fabrikalar bo’lib xizmat qiladigan yog’och massasi va sellyuloza ishlab chiqaradi. Sellyulozadan sun’iy tola, plastmassalar, kino plyonkalar ishlanadi. Qog’oz massasi mexanik usul bilan, ya’ni suvda yaxshilab iritilgan yog’ochni maydalab kukun qilish yo’li bilan olinadi. Sellyuloza yog’ochni termik usul bilan ishlash natijasida hosil qilinadi. Sellyuloza ishlab chiqarish ko’p miqdorda suv talab qiladi va qog’oz olish uchun ko’p elektr energiya sarf bo’ladi. Jahonda yog’och tayyorlash bo’yicha AQSH, Rossiya, Kanada, Shvetsiya, Finlyandiya, Braziliya, Tropik Afrika va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari yetakchi hisoblanadi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling