Саноат ва кишлок хужалик асослари ма


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/42
Sana14.05.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1459719
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42
Bog'liq
sanoat va qishloq xojalik geografiyasi

Tayanch tushunchalar: mashinasozlik sanoati, mashinasozlikda 
ixtisoslanish, O’zbekistonda mashinasozlikning rivojlanishi. 
SAVOLLAR: 
1.
Mashinasozlik sanoati joylashtirishda qanday omillarga e’tibor 
beriladi? 
2.
Bu sanoatning qanday tarmoqlari bor? 
3.
Mashinasozlik ixtisoslashtirishning qanday turlari mavjud? 
4.
Transport mashinasozligida nimalar ishlab chiqiladi? 
5.
Mashinasozlikning rivojlanish jixatdan jahonda qanday mamlakatlar 
ajrab turadi? 
6.
O’zbekistonda mashinasozlikning qanday turlari bor? 
7.
Mashinasozlikning endigina rivojalanayotgan mamalakatlarga 
kaysilarni kiritish mumkin? 
ADABIYOTLAR: 
 
1.
X.Vaxobov, M.Tillaboeva «Iqtisodiy geografiya asoslari» Toshkent. 
2001 yil 
2.
A.S.Soliev «Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning dolzarb masalalari» 
Toshkent. 1995 yil 


62 
3.
Xrushev A.G. «Geografiya promishlennosti» Moskva. 1989 yil 
4. A.S.Soliev «Iqtisodiy geografiya asoslari» ma’ro’zalar matni 
 
Mavzu: O’RMON SANOATI, BINOKORLIK SANOATI.
REJA: 
1. Umumiy ma’lumot. 
2. O’rmon sanoati haqida. 
4. Binokorlik sanoati. 
O’rmon sanoati quyidagi tarmoqlarni o’z ichiga oladi: daraxt kesish, 
yog’ochsozlik (taxta tilish, mebel, gugurt ishlab chiqarish va h.k.) sanoati, 
sellyuloza-qogoz va o’rmon-kimyo sanoati. 
O’rmon 
sanoati 
korxonalari 
bir-biri 
bilan 
chambarchas
bog’langan, ya’ni birining maxsuloti ikkinchisi uchun xom ashyo bo’lib 
xizmat qiladi. Yog’och tayyorlash korxonalari taxta tilish zavodlariga 
yog’och beradi, taxta esa mebel sanoati uchun xom ashyo bo’lib xizmat 
qiladi. Yog’och tayyorlash korxonalari chiqindilari (shox-shabba) va 
yog’ochsozlik chigitlari (qipiq, po’stloq, qirindi) o’rmon sanoatida spirt
moy va bo’yoklar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Shu sababli ham, 
o’rmon-kimyo kombinatlari ko’rish keng tarqalgan. 
O’rmon sanoatining bir-biriga yaqin joylashgan va xom ashyo, 
energiya, transportdan birgalikda foydalanishga hamda chiqindilarni to’lik 
kayta ishlashga asoslangan mustaxkam ishlab chiqarish aloqalariga ega 
bo’lgan korxonalar o’rmon sanoati majmuasi deb ataladi. 
O’rmonlar vazifasiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: sanitariya 
o’rmonlari (shaharlar atrofida); tuproqni, dalalarni, suvni muxofaza 
qiluvchi o’rmonlar (daryolar, ko’llar, suv omborlari, kanallar bo’yida); 
qo’riqxona 
o’rmonlari. 
Bunday 
o’rmonlarda 
daraxtlarni 
sanoat 
maqsadlarida kesish man qilinadi. Shu sababli, o’rmon resurslariga 
xo’jalik jixatdan baho berganda o’rmon bilan qoplangan butun maydon 
hisobiga olinmaydi, balki o’rmonning sanoat uchun kesishga ruxsat etilgan 
maydoni hisobga olinadi. Bundan tashqari, xududni o’rmon bilan 
qoplanganlik darajasi (o’rmon bilan oplangan butun maydonning shu 
xududning butun maydoniga nisbati) degan iqtisodiy ko’rsatkichdan 
foydalaniladi. 


63 
O’rmon sanoatining ayrim tarmoqlari xom ashyo manbalari yaqiniga, 
dengiz, daryo, temir yo’l bilan yaxshi ta’minlangan joylarga, ayrim 
tarmoqlari esa iste’molchiga yaqin xududlarda joylashtiriladi. 
Yog’och tayyorlash o’rmon sanoati ishlab chiqarishining 75 foizini 
tashkil qiladi. 
O’rmon sanoati ishlab chiqarishi bir-biri bilan bog’langan quyidagi 
bosqichlardan iborat: 
a) yog’och tayyorlash (daraxt kesish, uni transport magistrallariga 
olib chiqish, qayta ishlash markazlariga yetkazib berish). Bu tarmoq 
asosan xom ashyo manbalari yaqinida joylashtiriladi; 
b) yog’ochga mexanik ishlov berish: taxta tilish, fanera, gugurt, 
mebel, idish ishlab chiqarish. Taxta tilish sanoati ham xom ashyo 
manbalariga yaqinroq joylashtiriladi. 
Fanera asosan oq qayin va olxa daraxtidan tayyorlanadi, shu sababli 
fanera ishlab chiqarish korxonalari ko’proq aralash va keng bargli 
o’rmonlar tarqalgan joylarda. Hozir igna bargli daraxtlardan ham fanera 
ishlab chiqarilmoqda. Gugurt ishlab chiqarish sanoatida xom ashyo tok 
terakdan foydalaniladi. Shuning uchun gugurt korxonalari asosan shu 
daraxtlar tarqalgan joylarda quriladi. Mebel sanoati ko’prok iste’mol 
rayonlarida quriladi; 
v) yog’ochga kimyoviy ishlov berish (o’rmon-kimyo): sellyuloza, 
qog’oz, karton, skipidar, kanifol va boshqa narsalar ishlab chiqaradi. 
Sellyuloza-qog’oz sanoati qog’oz, karton, qog’oz qoplar tayyorlash uchun 
yarim fabrikalar bo’lib xizmat qiladigan yog’och massasi va sellyuloza 
ishlab chiqaradi. Sellyulozadan sun’iy tola, plastmassalar, kino plyonkalar 
ishlanadi. Qog’oz massasi mexanik usul bilan, ya’ni suvda yaxshilab 
iritilgan yog’ochni maydalab kukun qilish yo’li bilan olinadi. Sellyuloza 
yog’ochni termik usul bilan ishlash natijasida hosil qilinadi. Sellyuloza 
ishlab chiqarish ko’p miqdorda suv talab qiladi va qog’oz olish uchun ko’p 
elektr energiya sarf bo’ladi. 
Jahonda yog’och tayyorlash bo’yicha AQSH, Rossiya, Kanada, 
Shvetsiya, Finlyandiya, Braziliya, Tropik Afrika va Janubi-Sharqiy Osiyo 
davlatlari yetakchi hisoblanadi. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling