Саноат ва кишлок хужалик асослари ма


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/42
Sana14.05.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1459719
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42
Bog'liq
sanoat va qishloq xojalik geografiyasi

Oziq-ovqat sanoati 
 
Ushbu tarmoq aholini oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta’minlaydigan 
30 dan ortiq ishlab chiqarishni o’z ichiga olgan bo’lib, qishloq xo’jaligi 


67 
bilan chambarchas bog’langan. Oziq-ovqat sanoati joylashishida xom 
ashyo va iste’molchi omili muhim o’rin tutadi. 
Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarishda harajatning ko’p qismi 
qishloq xo’jalik xom ashyosiga sarf bo’ladi. Shakar ishlab chiqarishda 
xom ashyo harajati 65 foiz; yog’, pishloq va go’sht tayyorlashda 90 
foizgacha boradi. Bir tonna shakar olish uchun 5—6 tonna qand lavlagi 
talab qilinadi. Shuning uchun oziq-ovqat sanoatining bir guruh korxonalari 
(kand, shakar, vino va h.k.lar ishlab chiqarish) xom ashyo manbalar yaqin 
joylarda barpo etiladi. 
Demak, qand-shakar ishlab chiqarish qand lavlagi yetishtiradigan 
joylarda, vino zavodlari uzumchilik, bog’dorchilik, sabzavotchilik, 
rivojlangan joylarda, sut maxsulotlari ishlab chiqarish sut chorvachiligi 
rayonlarida barpo etiladi, yog’ sanoati paxta, kungaboqar, zig’ir, soya va 
boshqa moyli ekinlar ekiladigan rayonlarda barpo etiladi. 
Go’sht kombinatlari chorvachilik rivojlangan joylarda barpo qilinadi, 
ammo keyingi paytlarda yirik shaharlar atrofida ham go’sht kombinatlari, 
parrandachilik fabrikalari qurilmoqda. Baliq sanoati asosan baliq 
ovlanadigan xududlarda rivojlangan. 
Oziq-ovqat sanoatining boshqa bir guruhi iste’molchiga yaqin 
joylashtiriladi. Bunday tarmoqlarga non zavodlari, makaron, konditer 
fabrikalari kiradi. 
SAVOLLAR: 
1. Yengil sanoat qanday tarmoqlarga bo’linadi? 
2. Gazlama tuqish jarayoni necha boskichli bo’ladi? 
3. Engil sanoat tarmoqlarini joylashtirishda qanday omillar muhim rol 
o’ynaydi? 
4. Oziq-ovqat sanoati joylashtirishda nimalarga e’tibor beriladi? 
5. Oziq – ovqat sanoati tarmoqlarini izohlab bering?
ADABIYOTLAR: 
4.
A.S. Soliev «Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning deolzarb 
masalalari» 
5.
A.G. Xrushev «Geografiyapromishlennosti» Moskva. 1989 yil. 
6.
X.Vaxobov, M.Tillaboeva «Iqtisodiy geografiya asoslari». Toshkent. 
«Ukituvchi» nashriyoti. 2001 yil. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling