Саноат ва кишлок хужалик асослари ма
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
sanoat va qishloq xojalik geografiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- SAVOLLAR
Tayanch iboralar: yengil sanoat, trikotaj, ko’n, poyabzal, muyna,
jut, ip-gazlama, yog, pishloq, go’sht tayyorlash, gisht, sement, beton, tabiiy tosh, oyna, shifer kabi materiallar ishlab chiqarish, shifer, ruberoid, tayyor uy bloklarini ishlab chiqarish 65 SAVOLLAR: 1. O’rmon sanoati qanday tarmoqlarga bo’linadi? 2. O’rmon sanoati majmuasi deb nimaga aytiladi? 3. O’rmonlar vazifasiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? 4. O’rmonlar sanoat ishlab chiqarishning qanday boskichlarida mavjud? 5. Jahonda yogoch tayyorlashda kaysi mamlakatlar yetakchi o’rinda turadi? 6. Yogochda kimyoviy ishlov berishda nimalar ishlab chiqariladi? 7. Binokorlik sanoati qanday tarmoqdan iborat. ADABIYOTLAR: 1. A.S. Soliev «Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning deolzarb masalalari» 2. A.G. Xrushev «Geografiyapromishlennosti» Moskva. 1989 yil. 3. X.Vaxobov, M.Tillaboeva «Iqtisodiy geografiya asoslari». Toshkent. «Ukituvchi» nashriyoti. 2001 yil Mavzu: YENGIL SANOAT TARMOQLARI GEOGRAFIYASI R E J A: 1. Yengil sanoat tarmoqlari. 2. Oziq-ovqat sanoati. Yengil sanoatda keng iste’mol mollari ishlab chiqariladi va u quyidagi tarmoqlardan iborat: ip-gazlama, jut, jun, trikotaj, ko’n, poyabzal, mo’yna va boshqalar. Yengil sanoatga xom ashyoni asosan qishloq xo’jaligi yetkazib beradi (paxta, zigir tolasi, jun, ko’n (teri, mo’yna), Hozirgi paytda kimyo sanoati maxsulotlari ham yengil sanoat xom ashyosi bo’lib hisoblanadi (sun’iy tola). Ip-gazlama, jun gazlama, shoyi va zigir tolasidan gazlama ishlab chiqarish to’qimachilik sanoatini tashkil qiladi. Gazlama to’qish jarayoni bir necha boskichlardan iborat: 66 — xom ashyoga dastlabki ishlov berish boskichi, paxta tozalash, zigir tolasiga ishlov berish, jun yuvish (pillachilik korxonalarida amalga oshiriladi); — ip yigirish bosqichi (ip yigiradigan korxonalarda amalga oshiriladi); — gazlama to’qish bosqichi (to’qimachilik korxonalarida amalga oshiriladi); — pardozlash bosqichi (bo’yash va gul bosish sexlarida amalga oshiriladi). Ushbu barcha bosqichlar aloxida-aloxida joylashgan yigirish, to’qish yoki pardozlash fabrikalarida amalga oshirilishi mumkin, ammo transport harajatlari (har bir fabrikadan yuklarni olib ketish va tushirish) maxsulot tannarxini oshirib yuboradi. Demak, to’qimachilik ishlab chiqarishini bir korxonada — kombinatda to’plash foydaliroq bo’ladi. Xom ashyoga dastlabki ishlov berish korxonalari xom ashyo manbalariga yaqin joylashtiriladi. To’qimachilik korxonalarida ko’proq ayollar ishlaydi, shuning uchun ushbu sanoatni aholi ko’p to’plangan shaharlarda va og’ir sanoat rivojlangan xududlarda joylashtiriladi. Trikotaj va tikuvchilik sanoati korxonalarini joylashtirishda ular maxsulotlaridan foydalanadigan xududlar hisobga olinadi. Chunki bu sanoat uchun kerak bo’lgan kalavalarni tashish tayyor maxsulotni tashishdan qo’layroq va arzonroq. Demak, to’qimachilik sanoati korxonalarini joylashtirishda iste’molchilar, mehnat resurslari va xom ashyo manbalari hisobga olinadi. Yengil sanoatning eng muhim tarmoqlaridan biri ko’n-poyabzal sanoatidir. Tabiiy ko’n (teri) bu sanoat tarmog’i uchun xom ashyo bo’lib hisoblanadi. Bundan tashqari, sun’iy teri, rezina, parusina (kanopdan to’qilgan dag’al qalin mato), jun (piyma uchun) ham xom ashyo sifatida ishlatiladi. Chorvachilikning turli xududlarda ixtisoslashuviga qarab, ushbu sanoatning xom ashyosi xilma-xil bo’ladi. Ko’n sanoatini joylashtirishda xom ashyo manbai muhim o’rin tutadi. Ammo go’sht kombinatlarining chiqindisi hisoblangan terilar ham bu sanoatni joylashishiga ta’sir ko’rsatadi. Poaybzal sanoati iste’molchiga yaqin joylarda barpo etiladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling