1-§. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va uslublari. Kimyoviy va mexanik texnologiyalar haqida tushuncha


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/45
Sana29.10.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1733408
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
1-maruza. Kirish doc



1-§. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va uslublari. Kimyoviy va 
mexanik texnologiyalar haqida tushuncha 
 
Texnologiya haqida umumiy tushunchalar. Kimyoviy texnologik 
jarayonlarni oʻrganishda texnologiya turlari, texnologiyaning rivojlanishidagi 
asosiy yoʻnalishlar, ularning asosiy qonuniyatlari belgilovchi omillar boʻlib xizmat 
qiladi. Texnologiyani oʻrganishdagi belgilovchi tushunchalar quyidagilardan 
iborat:
1. Texnologiya, mexanikaviy va kimyoviy texnologiya 
2. Kimyoviy texnologiya fani 
3. Kimyoviy texnologiyani rivojlanishidagi asosiy yoʻnalishlar 
4. Kimyoviy texnologiya asosiy qonuniyatlari. 
Xomashyodan tayyor mahsulot hosil qilinishiga qadar boradigan jarayonlar 
texnologiya hisoblanadi. 
TEXNOLOGIYA – maʻlum bir ishlab chiqarish jarayonlari yigʻindisidan 
iborat. Bu jarayonlarni oʻrganuvchi fan esa texnologiya fani hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish turlarining nihoyatda koʻp boʻlishligi texnologiya turlarining 
ham turli – tuman boʻlishini taqozo etadi. 
Ishlab chiqariladigan mahsulotlar, ularning turlari va sifat koʻrsatkichlariga 
bogʻliq ravishda texnologiya quyidagicha sinflanadi: 
texnologiya mahsulotlarining sifat koʻrsatkichlariga koʻra: metallar, 
mineral oʻgʻitlar, yoqilgʻilar, qurilish materiallari, oziq – ovqat mahsulotlari, engil 
sanoat mahsulotlari texnologiyasi (xalq isteʻmol buyumlari texnologiyasi) ga; 
xomashyo koʻrsatkichlariga koʻra: mineral, oʻsimlik va hayvonot 
xomashyolarini qayta ishlash texnologiyasiga
ishlab chiqarish bosqichiga koʻra: yigirish, qoʻshish, yigʻish, suyultirish,
kuydirish texnologiyasi kabilarga boʻlinadi. 
TEXNOLOGIYA – termini grekcha soʻzdan olingan boʻlib: “texnos” – 
sanʻat yoki hunar va “logos” – fan soʻzlaridan tarkib topgandir. Demak, bu 
soʻzning toʻliq maʻnosi “hunar fani” demakdir. Lekin bu ibora hozirgi zamon 
texnologiyasini toʻla tasvirlab bera olmaydi. 
Bu fan xomashyolarni keng miqyosda xalq isteʻmol buyumlari va 
mahsulotlariga hamda ishlab chiqarish vositalariga aylantirish jara¬yonlarini 
oʻrganadi. 
Masalan, texnologiya fani rudalardan metallar olish, paxta tolasidan 
gazlamalar ishlab chiqarish, don mahsulotlaridan ozuqa mahsulotlari olish hamda 
boshqa turdagi xomashyolardan turli xil kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda 
sodir boʻladigan barcha jarayonlarni oʻrganadi. 
Shu bilan birga ana shu mahsulotlarni olishdagi iqtisodiy jihatdan qulay
boʻlgan turli xil usullarni izlab topadi. 
Qayta ishlash vaqtida yuz beradigan jarayonlar fizik – mexanikaviy va 
kimyoviy boʻlishi mumkin. Shuning uchun ishlab chiqarishning barcha turlarini 
ikki katta guruhda: mexanikaviy va kimyoviy texnologiyalarga boʻlib 
oʻrganiladi. 



Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling