1.31-rasm. Uzluksiz jarayonlar tizimi
Uzluksiz jarayonlar koʻp yillar davomida kimyo sanoatida ishlatilgan.
Soʻnggi paytlarda ushbu texnologiya farmatsevtika
sanoatida va nozik organik
sintezda tobora koʻproq qoʻllanilmoqda. Texnologlarni
iqtisodiy samaradorlik,
moslashuvchanlik, yuqori darajadagi xavfsizlik va olingan
mahsulotlarning sifati
oʻziga jalb qiladi.
Kimyoviy
texnologik
jarayolarni
intensivligini
oshirishda
modda
almashinuvi, selektivlik va mahsulotning hosil bolish tezligini oshirish muhim rol
oʻynaydi.Reaktorlar ishlashining samaradorligini oshirishning
asosiy omillaridan
biri bu reaktsiyalarni boorish mexanizmini chuqur oʻrganish hisoblanadi. Masalan
qaytar jarayonlarda kimyoviy muvozanatni mahsulot hosil boʻlishi
tomonga
siljitadigan omillarni ishga solish maqsadli mahsulotni hosil boʻlishini tezlashtiradi
va jarayon unumdorligini oshiradi.
Savollar va topshiriqlar
1. Texnologiya so'zining ma’nosini tushuntirib bering.
2. Mexanik va kimyoviy texnologiyaning farqi nimada?
3. Kimyoviy texnologiya nazariy asoslari fani predmeti va ahamiyatini
tushuntiring.
5. Kimyo sanоatining xоm ashyo bazasi to’g’risida nimalarni bilasiz?
6. Minеral xоm ashyolarni tushuntiring.
7. Diffuziya koeffitsientini haroratga bog‘liqligini tushuntiring.
8. Ishlab chiqarishni loyihalash va modellash (kimyoviy, fizik va matematik)
bosqichlarini tushuntiring.
9. Jarayonlar, materiallar balansini qanday tuziladi.
10. Iqtisodiy samaradorlik nima va u ganday hisoblanadi?