1-§. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va uslublari. Kimyoviy va mexanik texnologiyalar haqida tushuncha
Download 2.1 Mb. Pdf ko'rish
|
1-maruza. Kirish doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy texnologiya
Mexanikaviy texnologiya xomashyolarni qayta ishlash vaqtida materiallarda
sodir boʻladigan tashqi shakl va oʻlchamlar oʻzgarishlari hamda baʻzi vaqtda fizikaviy xossalarning oʻzgarishi bilan boradigan jarayon va usullarni oʻrganadi. Masalan, metall plastinkadan tishli gʻildirak ishlash yoki paxta tolasidan gazlama ishlab chiqarish shular jumlasidandir. Bunday ishlab chiqarishlarda asosan fizikaviy oʻzgarishlargina sodir boʻladi. Kimyoviy texnologiya boshlangʻich moddalarning kimyoviy tarkibi va ichki tuzilishi oʻzgarishi bilan boradigan jarayonlarni oʻrganadi. Kimyoviy texnologiya – tabiiy materiallar yoki sanoat (maishiy) chiqindilarini xalq isteʻmoli tovarlari va ishlab chiqarish vositalariga kimyoviy usulda qayta ishlashning eng iqtisodiy va ekologik toza usullari haqidagi fan. Zamonaviy kimyo texnologiyasi tabiiy va texnika fanlari yutuqlaridan foydalangan holda fizik – kimyoviy jarayonlar, mashinalar va qurilmalar majmuasini, bu jarayonlarni amalga oshirishning optimal usullarini va turli xil moddalar, mahsulotlar, materiallar, mahsulotlarni sanoat ishlab chiqarishida boshqarishni oʻrganadi va ishlab chiqadi. Taniqli fizik va kimyogar, akademik D.P.Konovalov kimyoviy texnologiyaning asosiy vazifalaridan biri, uning predmetini toza kimyodan ajratib, “jarayonlarning eng foydali yoʻnalishini belgilash va unga mos keladigan ishlab chiqarish qurilmalari va yordamchi mexanik qurilmalarini loyihalash” lozim deb hisoblaydi. Demak, kimyo texnologiyasini iqtisod, fizika, matematika, kibernetika, amaliy mexanika va boshqa texnik fanlar bilan yaqin aloqalarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Bunda moddalarning ichki tuzilishida va xossalarida chuqur oʻzgarishlar sodir boʻladi. Masalan, tabiiy gaz, neft, koʻmirni qayta ishlash natijasida tuzilishi va xossalari jihatidan boshlangʻich moddalardan tubdan farq qiladigan mineral oʻgʻitlar, plastlar, kimyoviy tolalar va boshqa turdagi mahsulotlar olinadi. Shu bilan bir qatorda mexanikaviy va kimyoviy texnologiyalar orasiga maʻjum bir chegara qoʻyib boʻlmaydi, yaʻni moddaning tashqi koʻrinishi va shaklining oʻzgarishi maʻlum bir kimyoviy jarayonlar orqali sodir boʻlishi mumkin, oʻz navbatida kimyoviy oʻzgarishlar mexanik jarayonlar bilan borishi mumkin. Kimyoviy texnologiya usullari va jarayonlarining fizik-kimyoviy sharoitlarini tekshirish, texnologik jarayonlarning sxemalarini ishlab chiqish, asbob va uskunalarning tuzilishi va ularni tayyorlash uchun zarur materiallarni aniqlash Kimyoviy texnologiya ning vazifasidir. Har qanday Kimyoviy texnologiya jarayonining asosiy elementlari-xom ashyo, energiya, asbob va uskunalardir. Kimyo, metallurgiya, qurilish materiallari, yoqilgʻi, toʻqimachilik, koʻn, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida Kimyoviy texnologiya usullaridan foydalaniladi. Zamonaviy kimyo sanoati rivojlanishining asosiy tendentsiyalari birinchi navbatda insoniyatning global muammolarini hal qilish bilan bogʻliq: yerning oziq – ovqat resurslari; sanoat uchun foydali qazilmalar; energiya manbalari; biosferaning ifloslanishining oldini olish. Kimyo texnologiyasida kimyo sanoati rivojlanib borar ekan, mustaqil ilmiy fanlar paydo boʻldi, masalan, kimyoviy texnologiya jarayonlari va qurilmalari, umumiy kimyoviy texnologiya, kimyoviy texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va modellashtirish va boshqalar. Bundan tashqari, ishlab chiqarish usullari va jarayonlarining umumiy, muhim asoslari va qonuniyatlarini oʻrganadigan umumiy kimyoviy texnologiya ham mavjud. Kimyoviy texnologiya tayyor mahsulot olish maqsadida xom ashyo va yarim mahsulotni tayyorlash, uning holati, xossalari, shaklini maʼlum ishlab chiqarish vositalari yordamida oʻzgartirish usullari va jarayonlarini oʻrganadi. Kimyoviy texnologiya anorganiq moddalar texnologiyasi (kislota, ishqor, soda, tuz, mineral oʻgʻitlar va boshqa sanoati) va organiq moddalar texnologiyasi (sintetik kauchuk, plastmassa, kimyoviy tolalar, boʻyagich moddalar, spirt, organiq kislotalar va boshqa sanoati)ga boʻlinadi. Download 2.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling