1-§. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va uslublari. Kimyoviy va mexanik texnologiyalar haqida tushuncha


Oʻsimlik va hayvonot xomashyolari


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/45
Sana29.10.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1733408
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45
Bog'liq
1-maruza. Kirish doc

Oʻsimlik va hayvonot xomashyolari. Oʻsimlik va hayvonot xomashyolariga 
yogʻoch, zigʻir, kanop, yogʻlar, oʻsimlik moylari, hayvon terilari va shunga 
oʻxshashlar kiradi. Bular xalq xoʻjaligida ishlatilishiga koʻra ozuqali va texnikaviy 
xomashyolarga boʻlinadi. Ozuqali xomashyolarga ozuqa sifatida ishlatiladigan 
birikmalar – oʻrmonchilik, baliqchilik va qishloq xoʻjalik mahsulotlari (kartoshka, 
qand, lavlagi, sut, donlar, oʻsimlik, baliq va hayvon yogʻlari va hokazolar) kiradi. 
Oʻsimlik va hayvonotlarning texnikaviy xomashyolariga xalq xoʻjaligining 
yuqorida koʻrsatilgan tarmoqlarining oziq uchun yaramaydigan mahsulotlari 
kiradi. Bunday mahsulotlarni mexanikaviy va kimyoviy qayta ishlab, turmushda va 
sanoatda ishlatiladigan xomashyolar–paxta, yogʻoch, yogʻoch smolalari, poxol, 
zigʻir, kanop, hayvonlaro terisi va juni, baʻzi bir oʻsimlik va hayvon yogʻlari, 
hayvon suyaklari va hokazolar olinadi. 
Oʻsimlik va hayvonot xomashyolarini «ozuqali» va «texnikaviy» turlarga 
ajratish birinchi xilidan oziq – ovqatlar va ikkinchisidan faqat texnika mahsulotlari 
olinadi, degan gap emas. Sanoatda birinchi xil xomashyolar texnikaviy mahsulotlar 
va aksincha, ikkinchi xil xomashyolardan ozuqali xomashyolar olish keng 
miqyosda uchrab turadi. Lekin hozirgi paytda, iloji boricha, birinchi xil 


xomashyolarni texnika maqsadlari uchun ishlatmaslikka harakat qilinadi va bu 
masala kimyo sanoatini rivojlanishidagi asosiy masalalardan hisoblanadi. 
Paxta, kanop va shu kabi oʻsimlik tolalari toʻqimachilik sanoatida ishlatiladi. 
Oʻsimlik xomashyolaridan kraxmal, alkaloidlar, dorivor moddalar, antibiotiklar, 
vitaminlar, boʻyoqlar olinadi. 
1.1-rasm. Oʻsimlik xom ashyolari 
Hayvonot xomashyosi hisoblangan jun va moʻyna engil sanoatda, hayvon 
suyaklari elimlar, suyak uni olishda; goʻsht sanoati chiqindilari albuminlar, 
zardoblar olishda; hayvon yogʻlari turli xil moylar, glitserinlar olishda keng 
qoʻllaniladi. 
Qishloq xoʻjalik chiqindilaridan ham kimyo sanoatida keng foydalaniladi. Har 
yili qayta tiklanadigan bu xomashyolar – makkajoʻxori poyasi, paxta sheluxasi, 
paxta momigʻi, kungaboqar, arpa va suli kepagi yaratiladi(1.1-rasm).
Bunday xomashyo turlarini kimyoviy qayta ishlab turli mahsulotlar olish 
mumkin, ularning manbalari koʻpligi, amaliy jihatdan bitmas–tuganmas zahiraga 


egaligi ular asosida koʻpgina yangi kimyoviy korxonalar tashkil etishga imkon 
beradi(1.2-rasm).
Hozirgi zamonning asosiy maqsadi texnika masalalari uchun ishlatiladigan 
ozuqali xomashyolar miqdorini keskin kamaytirish hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda kimyo va kimyoviy texnologiya yutuqlari muhim texnika 
xoʻjalik mahsulotlarini oziqsiz xomashyolardan olishga imkon beradi. 
Bunday xomashyolar sifatida toshkoʻmir, torf, slanets, neft, tabiiy gazlar
yogʻoch, oʻsimlik va qishloq xoʻjalik mahsulotlarining chiqindilari ishlatilmoqda. 
Masalan, sovun, yuvuvchi mahsulotlar, toʻqimachilik sanoati korxonalarida, rezina 
mahsulotlari ishlab chiqarishda, charm sanoatida, korroziyaga qarshi kurashishda, 
metallarni silliqlashda, metallarni qirqishda sovitgichlar sifatida har yili bir necha 
yuz ming tonnalab qimmatbaho ozuqali moylar ishlatiladi. 
Sanoatning 150 dan ortiq tarmogʻida keng miqyosda ishlatiladigan etil spirt 
ishlab chiqarish uchun ham juda koʻp yuqori sifatli don va kartoshkalar ishlatiladi. 
Xuddi shu singari sanoatda un, kraxmal sut kabi mahsulotlar texnika maqsadlari 
uchun ishlatiladi. Masalan, yogʻsizlangan sut tarkibida 3 – 4 % kazein bor. Bundan 
sanoat miqyosida kazein elim(kley)i olinadi, vaholanki bundan yaxshi pishloq 
olish mumkin. 

Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling