1-§. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va uslublari. Kimyoviy va mexanik texnologiyalar haqida tushuncha


-rasm. Sanoat uchun maqsadli va qoʻshimcha va yoʻldosh mahsulotlar


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/45
Sana29.10.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1733408
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45
Bog'liq
1-maruza. Kirish doc

1.5-rasm. Sanoat uchun maqsadli va qoʻshimcha va yoʻldosh mahsulotlar 
Ikkilamchi material resurslari xalq xoʻjaligiga kerakli mahsulotlarni ishlab 
chiqarishda qisman yoki toʻla birlamchi xomashyolarga almashtirilmoqda. Kimyo 


sanoati, shunday qilib, nafaqat tabiiy resurslarning isteʻmolchisi, balki tabiiy 
xomashyolarlarni tejaydigan tarmoq sifatida ham oʻz oʻrniga egadir.
Xomashyo resurslaridan kompleks va samarali foydalanish. Zamonaviy 
sanoatga yirik, toʻxtovsiz oʻsib boruvchi miqdordagi tabiiy mineral xomashyo 
talab etiladi. Xomashyodan kompleks foydalanish muammosi xalq xoʻjaligining 
muhim masalalaridan biri boʻlib, hozirgi zamon kimyosi va kimyoviy 
texnologiyasi bu masalani toʻgʻri hal qilishi uchun keng imkoniyatlarga egadir. 
Toʻgʻri tashkil etilgan texnologik jarayonlarda havoga yoki suvga chiqarib 
yuboriladigan biror gaz, suyuqlik yoki qattiq holatdagi chiqindi boʻlishi kerak 
emas. Bunday chiqindilar qancha kam boʻlsa, asosiy mahsulotning tannarxi 
shuncha arzon boʻladi va ishlab chiqarish hududining eqologik holati belgilangan 
meʻyor darajasida saqlab turiladi. 
Hozirgi vaqtda 20% dan ziyodroq kimyoviy birikmalar neftni qayta ishlash, 
yogʻochni kimyoviy yoʻl bilan qayta ishlash hamda rangli va qora metallurgiya 
sanoati korxonalarida xomashyodan kompleks foydalanish natijasida ishlab 
chiqarilmoqda. Masalan, tabiiy gaz termooksidlanganda asosiy mahsulot atsetilen 
bilan bir qatorda vodorod bilan is gazi aralashmasi (sintez gazi) hosil boʻladi va bu 
aralashma tozalanib metil va boshqa spirtlar olishda ishlatiladi. Neftni qayta 
ishlash vaqtida ajralib chiqadigan uglevodorod gazlari spirt, kauchuk, polietilen, 
polipropilen va shunga oʻxshash mahsulotlar olishda ishlatiladi. Domna jarayoni 
natijasida hosil boʻladigan azot va is gazi mineral oʻgʻitlar olishda ishlatiladi, yoki 
rangli metallurgiyaning gaz holatidagi chiqindilari eng arzon sulfat kislota ishlab 
chiqarishda xomashyo sifatida ishlatiladi. 
Xomashyodan kompleks foydalanishning yana asosiy yoʻllaridan biri 
murakkab tarkibli xomashyoni ketma-ket qayta ishlash orqali qimmatli 
mahsulotlarga aylantirishdir. 
Sulfidli polimetall rudalarni kompleks qayta ishlash yoʻli bilan rangli 
metallar, oltingugurt, sulfat kislota hamda choʻyan olishda ishlatiladigan temir 
oksidlari olinadi. Neft va gazni dastlabki tozalash orqali oltingugurtni ajratib 
olinishi, birinchidan xomashyodan kompleks foydalanish imkoniyatini yaratadi
ikkinchidan esa, neft va gazdan olinadigan mahsulotlarning sifat tarkibini 
yaxshilaydi. 
Yoqilgʻini (koʻmir, torf, neft) yuqori haroratda qayta ishlab turli xil qimmatli 
mahsulotlar 
olish 
murakkab 
tarkibli 
organik 
xomashyodan 
kompleks 
foyldalanishga yaqqol misol boʻladi. Masalan, koʻmir kokslanganda metallurgiya 
uchun ishlatiladigan koksdan tashqari smola, koks gazi hosil boʻladi, boʻlardan esa 
qimmatli koʻpgina birikmalar – aromatik uglevodorodlar, fenollar, ammiak, etilen, 
vodorod va boshqalar olinadi. 
Keltirilgan misollar kimyo sanoatining xomashyosidan kompleks foydalanish 
xalq xoʻjaligining toʻgʻridan–toʻrgʻri iqtisodiy va eqologik samaradorligini oshirish 
bilan bogʻliq boʻlgan rivojlanuvchi yoʻnalish ekanligini koʻrsatib turadi. 

Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling