1-§. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va uslublari. Kimyoviy va mexanik texnologiyalar haqida tushuncha


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/45
Sana29.10.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1733408
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45
Bog'liq
1-maruza. Kirish doc

Ikkilamchi material resurslari. Kimyoviy xomashyolarning muhim 
manbalaridan biri bu ikkilamchi material resurslaridir. Ularga ishlab chiqarish 
chiqindilari, isteʻmol chiqitlari va qoʻshimcha mahsulotlar kiradi(1.3-rasm). 
Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻladigan xomashyo, materiallar 
va yarim mahsulotlar qoldiqlari ishlab chiqarish chiqindilari deb atalib, ular 
oʻzining sifatini toʻla yoki qisman yoʻqotgan boʻladi va standart (texnik shart) 
talablariga javob bermaydi. Kimyo va neftni qayta ishlash sanoatlari 
korxonalarining chiqindilari xossasi va tarkibiga koʻra uchta asosiy guruhga 
ajratiladi: 

boshlangʻich xomashyoga oʻxshash; 

maqsadli mahsulot; 

boshqa ishlab chiqarish yoki tarmoq xomashyosi. 
Iqtisodiy jihatdan qayta tiklanishi maqsadga muvofiq boʻlmagan isteʻmoldagi 
eskirgan turli xil buyum va moddalar isteʻmol chiqitlari deb ataladi. Masalan, 
ularga ishlab boʻlgan va yaroqsiz mashinalar, shisha, rezina va plastmassadan 
yasalgan ishlab chiqarish buyumlari, ishlatilgan reaktivlar, katalizatorlar va h.o. lar 
kiradi. 


1.3-rasm. Sanoat va isteʻmol chiqitlari 
Xomashyoni qayta ishlash jarayonida ishlab chiqarishning asosiy mahsuloti 
bilan bir paytda, ammo ishlab chiqarish jarayoning maqsadi boʻlmagan qoʻshimcha 
mahsulotlar ham hosil boʻladi. Lekin qoʻshimcha mahsulotlar, odatda, tayyor 
mahsulot sifatida ham foydalanilishi mumkin(1.5-rasm). 
1.4-rasm. Sanoat va isteʻmol chiqitlari 
Masalan, respublikamizning yogʻ–moy korxonalaridan asosiy mahsulotdan 
tashqari, rezina sanoatining xomashyosi boʻlgan olein kislotasi ham qoʻshimcha 
mahsulot sifatida ishlab chiqariladi. 
Qoʻshimcha mahsulotlar ayrim hollarda asosiy xomashyolarni qazib olish 
yoki boyitishda ham olinadi, ularni yoʻldosh mahsulotlar (masalan, yoʻldosh 
gazlar) ham deb yuritiladi. Qoʻshimcha va yoʻldosh mahsulotlar, odatda, boshqa 
sanoat uchun maqsadli mahsulot ham boʻlishi mumkin(1.5-rasm). 



Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling