1-§. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va uslublari. Kimyoviy va mexanik texnologiyalar haqida tushuncha
Download 2.1 Mb. Pdf ko'rish
|
1-maruza. Kirish doc
Mineral xomashyolar. Yer ostidan qazib olinadigan mineral birikmalarga
mineral xomashyolar deyiladi. Bunday minerallar yer yuzida 2500 dan ortiq boʻlib, bular yer sharining turli qismlarida turlicha miqdorda boʻladi. Oʻzbekistonning yer maydoni turli xomashyolarga juda boy oʻlkadir. V.I.Vernadskiy, N.S.Kurnakov, A.E.Fersman va I.M.Gubkinlar er osti mineral boyliklarini qidirib topish, qazib olish va qayta ishlash asoslarini yoritib berdi. Xalq xoʻjaligida ishlatiladigan minerallar uch turga boʻlinadi: rudali; rudasiz; yonuvchi mineral xomashyolar. Bu minerallarning koʻpchiligi qattiq holatdadir. Suyuq mineral boyliklarga faqat neft hamda tuz eritmalari, gaz holidagisiga esa tabiiy gaz kiradi. Rudali mineral xomashyolar foydali jinslar boʻlib, metallar olish uchun asosiy manbadir. Nodir metallardan (Au, Pt, Mo …) boshqa qora va rangli metallar bu rudalar tarkibida oksid (Me n O m ) yoki sulfid (Me n S m ) holida uchraydi. Koʻpincha rudali xomashyolar oʻz tarkibida bir nechta metall: qoʻrgʻoshin, rux, mis sulfidlari, kaltsiy birikmalari, kumush, oltin va boshqa metallar aralashmasi boʻlishi mumkin. Bunday rudalar polimetall (koʻp metalli) yoki kompleks rudalar deyiladi. Bu polimetall rudada qaysi metall koʻproq boʻlsa, ruda shu metall nomi bilan ataladi. Lekin har qanday polimetall ruda tarkibida hamma vaqt temir sulfid (FeS) va temir kolchedani (FeS 2 ) boʻladi. Rudalar, asosan, metallurgiya sanoatining xomashyosi hisoblanib, ulardan turli xil metallar olinadi. Baʻzi vaqtlarda ayrim metalli rudalar kimyo sanoatida ham ishlatiladi. Masalan: Fe 2 O 3 va Pb 2 O 4 , TiO 2 lar boʻyoq olishda ishlatiladi. Baʻzi rudali xomashyolarning tavsifi 1.2 va 1.3 – jadvallarda keltirilgan. Rudasiz mineral xomashyolar ham togʻ jinslari boʻlib, ular metall olish uchun (magniy va ishqoriy metallarning xlorli tuzlaridan boshqalari) ishlatilmaydi. Bunday mineral xomashyolar hech qanday kimyoviy qayta ishlanmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri xalq xoʻjaligida yoki metallsiz ishlab chiqarishlarda xomashyo sifatida ishlatiladi. Rudasiz minerallar shartli ravishda quyidagi turlarga boʻlinadi: qurilish materiallari toʻgʻridan-toʻgʻri yoki fizik-kimyoviy qayta ishlangach, qurilish ishlarida ishlatiladigan mineral xomashyo (shagʻal, qum, loy, toshlar va hokazo); industriya xomashyolari – kimyoviy qayta ishlanmasdan sanoatning turli tarmoqlarida ishlatiladigan minerallar (granit, asbest, slyuda, magnezit va hokazo); Download 2.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling