1-§. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va uslublari. Kimyoviy va mexanik texnologiyalar haqida tushuncha


-rasm. Suvni laboratoriya sharoitida filtrlash


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/45
Sana29.10.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1733408
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45
Bog'liq
1-maruza. Kirish doc

1.7-rasm. Suvni laboratoriya sharoitida filtrlash 
 
 
1.8-rasm. Suvni tindirish qurilmasi 
1.9-rasm. Suvni tindirish qurilmasi 


1.10-rasm. Suvni tindirish qurilmasining sxemasi 
 
Rasmdan filtrlovchi (filtrlash) toʻsiqqa tegib turuvchi idishning bir qismiga 
suspenziyaning uzatilishi koʻrinib turibdi. Idishning boʻlingan qismlari orasida har 
xil bosimlar hosil qilishi natijasida suyuqlik filtrlash toʻsigʻining teshiklaridan 
oʻtadi va suspenziyaning qattiq zarrachalari toʻsiq yuzasida tutilib qoladi. 
Tutib qolingan zarrachalar choʻkindi deb ataladi. Zarur boʻlganda choʻkindi 
uzatilayotgan suyuqlik bilan yuvilib, havo bilan quritiladi. Baʻzan filtrlash 
toʻsigʻiga suspenziyaning qattiq zarrachalari kirib tutilib qoladi, natijada filtrlash 
jarayoni sekinlashadi. Toʻsiqlarning teshiklarini berkilib qolishini oldini olish yoki 
kamaytirish uchun yordamchi modda sifatida qogʻoz, koʻmir, oqartiruvchi asbest 
va boshqa turli xil yordamchi moddalardan foydalaniladi. 
Filtrlarni tanlashda asosan qoʻyidagi omillarni hisobga olish lozim boʻladi: 

filtrlash jarayonining asosiy maqsadi – faqat qimmatbaho choʻkindi yoki filtrat 
olish yoxud keyin foydalanish uchun bir vaqtning oʻzida choʻkindi va filtrat 
olish; 

suspenziya va choʻkindining xususiyatlari; 

jarayonning boshqa shartlari – korxona koʻlami, xizmat koʻrsatishning oddiyligi, 
apparat bahosi, ekspluatatsion xarajatlar va hokazolar. 
Sanoatda ishlatiladigan filtrlar uzlukli va uzluksiz ishlatiladigan turlariga, ish 
bosimining miqdoriga qarab vakuum filtrlar va bosim ostida ishlaydigan filtrlarga 
boʻlinadi. 
Uzluksiz ishlaydigan filtrlar choʻkindi avtomatik ravishda yuviladigan va 
tozalanadigan qisqa filtrlash tsikllarida ishlaydi. Bunday filtrlarning filtrlash tezligi 
uzlukli ishlaydigan filtrlarnikiga qaraganda ancha past boʻladi. 



Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling