1-§. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va uslublari. Kimyoviy va mexanik texnologiyalar haqida tushuncha
-rasm. Donachali filtrlar orqali suvni tozalash sxemasi
Download 2.1 Mb. Pdf ko'rish
|
1-maruza. Kirish doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.12- rasm. Ochiq nutch filtrlar sxemasi
1.11-rasm. Donachali filtrlar orqali suvni tozalash sxemasi
Uzlukli ishlaydigan filtrlar uzun filtrlash tsikllarida ishlaydi, chunki filtrni tez – tez tozalab turish, yigʻish va ishlatish, ularning ish unumini tez kamaytirsada, biroq ular kichik korxonalar uchun oʻz ahamiyatini mutlaqo yoʻqotmaydi. Elash – maydalangan rudani elakning turli katta – kichiklikdagi teshiklardan oʻtkazishga asoslangan, yaʻni ruda maydalanganda undagi foydali va bekorchi jinslar tashkil etgan minerallar (yoki birikmalar) ning qattiqlik darajasiga qarab boʻlakchalarga ajraladi. Maydalangan fraktsiya elangan vaqtda bu boʻlakchalar elakning teshiklaridan oʻtib, alohida – alohida qismlarga ajratiladi. Sanoatda ishlatiladigan elaklar ikki xil: vertikal (tsilindr shaklida) va gorizontal boʻladi. Sanoatda nutch – filtr (1.12-1.13-rasmlar)asosan suyuqliklarni (kislota, ishqor va boshqalar) kristall moddalardan filtrlashda ishlatiladi. 1.12- rasm. Ochiq nutch filtrlar sxemasi Ular juda katta boʻlib, filtrlash yuzasi kichik, biroq muayyan sharoitlarda filtr–presslarga nisbatan samaraliroq hisoblanadi. Nutch filtrlar odatda ochiq va yopiq turda boʻladi. Ochiq turdagi nutch filtrlar siyraklashtirilgan havo muhitida ishlsydi. Nutch – filtrlarning ishlash bosqichlari: suspenziya bilan toʻldirish; filtrlash; filtrni yuvish uchun suyuqlik bilan toʻldirish; choʻkmani yuvish; choʻkmani quritish; filtrlovch toʻsiqdan choʻkmani ajratish; filtrlovchi toʻsiqni regeneratsiyasi. 1.13-rasm. Nutch filtrlar: yopiq nutch filtrlarning sxemasi Barabanli filtrlarsuyuqliklarni quyultirish va tindirishda ishlatilib, unda teshikli qattiq moddalardan tayyorlangan ancha puxta filtrlash toʻsiqlari bor. Barabanli vakuum – filtrlar yaxshilab yuvilgan va quritilgan choʻkindi hamda kontsentrlangan filtratni ayni vaqtda olishga moʻljallangan. Katta filtrlash yuzasi talab etilganda va choʻkindini yaxshilab yuvish talab etilmaganda uzluksiz ishlaydigan diskli vakuum – filtrlar ishlatiladi. Barabanli va diskli filtrlar bosim ostida ishlab, ulardan qiyin filtrlanadigan suspenziyalarni ajratish va qattiq fazani uchuvchi suyuqliklardan ajratishda foydalaniladiFiltrlash jarayoni suyuq bir jinsli boʻlmagan sistemalarni ajratishda samarali usul hisoblanadi. U laboratoriya – tekshirish ishlarida unumli ishlatiladi. Unda kimyo, oziq – ovqat, neftni qayta ishlash va xalq xoʻjaligining boshqa sohalarida keng foydalaniladi(1.14-rasm). Sentrifugalash – bir jinsli boʻlmagan suyuq sistemalarni markazdan qochma kuchlar yordamida ajratish usullaridan biridir. Sentrifugalash jarayonlari sentrifugalar deb ataluvchi apparatlarda olib boriladi(1.15-rasm). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling