1-§. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va uslublari. Kimyoviy va mexanik texnologiyalar haqida tushuncha


-rasm. Rudani boyitish qurilmasini


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/45
Sana29.10.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1733408
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45
Bog'liq
1-maruza. Kirish doc

1.6-rasm. Rudani boyitish qurilmasini 
 
Gidrostatika – suyuqliklarning tinch holatdagi muvozanat qonunlarini 
oʻrganadi. 


Gidromexanika – suyuqlik, gaz, bugʻlar harakati haqidagi taʻlimot 
hisoblanadi. Gidravlikada suyuqliklar, gazlar, umuman bitta nom bilan – 
suyuqliklar deb ataladi. Suyuqliklar esa biror sigʻimni toʻldirgan oquvchanlik va 
zichlik xususiyatiga ega boʻlgan moddalardir. Suyuqliklar qovushqoqligi va sirt 
tarangligi bilan xarakterlanadi. Suyuqliklarning yuqorida keltirilgan xususiyatlari 
sanoat materiallari ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining bajarilish 
xarakteriga katta taʻsir koʻrsatadi. 
Bir jinsli boʻlmagan sistemalarni ajratish uchun ishlab chiqarishda tindirish, 
filtrlash va sentrifugalash kabi jarayonlar qoʻllaniladi. 
Tindirish – tortish kuchi taʻsirida choʻkish jarayoni hisoblanadi. U asosan bir 
jinsli boʻlmagan sistemalarni dastlabki va xomaki ajratishda qullaniladi. 
Tindirish protsessida idish tubidagi dispers faza zarrachalar choʻkadi yoki 
suyuqlik yuzasiga qalqib chiqadi. 
Tindirish – suyuqliklarni mexanik aralashmalardan tozalashning eng koʻp 
tarqalgan usullaridan biri hisoblanadi. Bu usul suvni sanoat va maishiy 
maqsadlarda ishlatish uchun, kanalizatsiya ariqlarini tozalashda, neftni qayta 
ishlash sanoatida, ishlanmagan neftni suvsizlantirish hamda tuzsizlantirishda va 
sanoatning boshqa sohalarida keng qoʻllaniladi. 
6.3, 6.4 – rasmlarda tindirish jarayonining sxemasi keltirilgan. Bir jinsli 
boʻlmagan sistemalarni tindirishda zarrachalar konsentratsiyasi yuqoridan pastga 
qarab asta sekinlik bilan koʻpayib borishi rasmda koʻrsatilgan. Rasmda 
koʻrsatilganidek, choʻkindi qatlami ustida quyuq suspenziya zonasi hosil boʻlib, 
suyuqlikdagi zarrachalar toʻqnashganda ular orasida sodir boʻladigan ishqalanish 
natijasida zarrachalar zichlashib choʻkadi. Maydaroq zarrachalar yirikroq 
zarrachalar harakatiga toʻsqinlik qiladi, yiriklari esa maydalarini oʻzi bilan 
harakatlantiradi. 
Suspenziyalarni ajratishda ishlatiladigan apparatlar tindirgichlar yoki 
toʻkkichlar deb atalib, ular uzlukli va uzlusiz ishlaydigan turlarga boʻlinadi. 
Shunga muvofiq holda uzluksiz ishlaydiganlar tindirgichlar bir, ikki va koʻp 
yarusli boʻladi. 
Oz miqdordagi suyuqlik tindirgichlarda tindiriladi. Tindirgichlar tublari 
konussimon ishlangan vertikal tsilindirik idishlardan iborat boʻlib, ular koʻp 
miqdordagi suyuqlikni tindirishga moʻljallangan boʻladi. Katta oʻlchamli beton 
hovuzlar yoki yarim uzluksiz usulda ishlaydigan bir nechta oʻzaro biriktirilgan 
sigʻimlardan foydalaniladi. 
Bir jinsli boʻlmagan suyuq sistemalarni ham markazdan qochma kuch 
taʻsirida ajratish mumkin. Qattiq va suyuq fazalarni yanada samaraliroq ajratishda 
maxsus tizimdagi yoki loyihadagi siklonlardan foydalaniladi. Filtrlash – 
suspenziya yoki emulsiyaning gʻovak toʻsiq yordamida boʻlinishi jarayoni filtrlash 
deb ataladi. Toʻsiq suyuqlik yoki gazni oʻtkazib yuborib, qattiq zarrachalarni 
ushlab qoladi. 1.7, 1.8, 1.9, 1.10, 1.11. – rasmlarda filtrlash jarayonining sxemasi 
va filtr(filtrlovchi idish) ning umumiy koʻrinishi keltirilgan. 



Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling