Quruq gravitatsion boyitishda markazdan qochma kuch printsipi asosida
ishlaydigan havo separatorlari qoʻllaniladi (1.23 – rasm).
Separator konussimon tugallangan (2) tsilindr (1) dan iboratdir. Silindr ichiga
konusli (4) tsilindr oʻrnatilgan boʻlib, u tarelka (5) va elektromotor yordamida
harakatlanadigan qanotsimon ventilyator (6) bilan jihozlangan.
Tarelka va
ventilyator harakatga keltirilganda tsilindr ichida (strelka bilan koʻrsatilgan
yoʻnalishda) havo oqimi hosil boʻladi.
Maydalangan material aylanuvchan tarelkaga tushirilganda u ichki tsilindr
kesimi boʻylab sochiladi. Materialning mayda qismlari havo oqimi bilan tashqi va
ichki tsilindr oraligʻidagi boʻshliqqa chiqarib yuboriladi va ular tashqi tsilindr
devorchalariga urilib konus (2) orqali (maydalangan qismlar) chiqib ketadi.
Yirik qismlar esa ichki tsilindrning oʻziga tushib, tsilindr (1)
orqali chiqib
ketadi va bu qism qayta maydalanib, yana boyitish jarayoniga kiritiladi.
Xomashyoni boyitishning elektromagnit usuli. Elektromagnit usuli bilan
boyitish qattiq minerallarni magnit maydoniga nisbatan munosabatiga asoslangan.
1.24 – rasm. Elektromagnit separator (ajratgich) sxemasi:
1 – transportyor lentasi; 2 –
transportyor barabani; 3 – elektromagnit; 4,5 –bunker
(yigʻgich) lar.
Maydalangan ruda magnit maydoniga ega ajratgich (separator) orqali
oʻtkazilgach,
ikkiga ajraladi, yaʻni magnitga tortiladigan metallar – minerallar va
magnitga tortilmaydigan metallmaslar – minerallar. Elektromagnit ajratgichning
sxemasi 1.24 – rasmda koʻrsatilgan. Bu ajratgichda
magnit maydoni elektr toqi
yordamida hosil qilinadi. Elektromagnit usuli, asosan, metallurgiya sanoatida
rudalarni boyitishda keng qoʻllaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: