1-§. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va uslublari. Kimyoviy va mexanik texnologiyalar haqida tushuncha
Download 2.1 Mb. Pdf ko'rish
|
1-maruza. Kirish doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.5-jadval Gaz tozalash jihozlari va ularning qiyosiy tavsifi
Sanoat gazlarini tozalash. Bu jarayon sanoatning asosiy jarayonlaridan biri
hisoblanib, oʻz oldiga quyidagi vazifalarni qoʻyadi: havo va atrof muhitning ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik; qayta ishlash maqsadida qimmatbaho sanoat materiallari olish uchun gazdan qimmatbaho yoki zararli aralashmalarni ajratib olish; zararli gazlarning apparatlarni emirsh xususiyatini yoʻqotish. Bu vazifalarni bajarish uchun sanoatda quyidagi usullar qoʻllaniladi: a) ogʻirlik kuchi va markazdan qochma kuch taʻsirida tindirish; b) elektrostatik va inersiya kuchlari taʻsirida tindirish; c) yuvish va filtrlash. Sanoat chiqindi gazlari tarkibidagi gazsimon yoki bugʻsimon aralashmalar – suyuqliklar (absorbsiya) yoki kattiq moddalar (adsobrsiya) yordamida, shuningdek katalitik oksidlash yoki kuydirish bilan ajratib olinadi. Gazlarni bunday tozalash usullari turli xil sanoat ishlab chiqarishlari uchun oʻziga xos xususiyat hisoblanadi(1.5- jadval; 1.17, 1.18-rasmlar.). 1.5-jadval Gaz tozalash jihozlari va ularning qiyosiy tavsifi Jihoz turlari Dastlabki chang miqdori, mg/m 3 Ajralib chiqadigan changning oʻlchamlari, mkm Gidravlik qarshilik, mm suv ust. Tozalash darajasi, % Chang yigʻish kameralari – 100 – 40–60 Jalyuzali chang tutgichlar 200–10 4 25 90 60–75 Konussimon siklonlar 1000 15 40–70 90 va undan koʻp Batareyali siklonlar – 15 – 95va undan koʻp Shlangli filtrlar 200 2 70–100 99,5 va undan koʻp Hoʻl skrubberlar – 0,1 – 99,0 va undan koʻp Elektr filtrlar – 0,005 – 99,5 va undan koʻp Gazlarni tozalash uchun jihozlar tanlash koʻpgina omillarga bogʻliq boʻladi. Bular asosan quyidagilar hisoblanadi: 1) changning xususiyatlari (quruq, qovushqoq, tolalilik va hokazolar) va ular zarrachalarining oʻlchamlari; 2) gazning namligi va ular tarkibida dastlabki changning boʻlishi; 3) gazni zarur tozalash darajasi. Gazlarni zarur tozalash darajasiga erishish uchun turli turdagi gaz tozalash jihozlaridan iborat ikki va koʻp pogʻonali qurilmalardan foydalaniladi. Jadvaldan koʻrinib turibdiki, jalyuzali changtutgichlarning samaradorligi batareyali siklonlarnikidan kam boʻladi. Barcha changtutgichlar gazlarni faqat quruq, yopishqoq va tolali boʻlmagan changdan tozalash uchun yaroqlidir Gazni markazdan qochirma kuch taʻsirida tozalash usuli tezligi kamayib boruvchi gaz oqimining harakat yoʻnalishini keskin oʻzgartirishga asoslangan. Bu jarayon changlangan gazning harakat yoʻliga oʻrnatiladigan toʻsiq yordamida amalga oshiriladi. Chang zarrachalari toʻsiq sirtiga urilganda oʻzining dastlabki harakat yoʻnalishini saqlashga intilib, oqimdan ajraladi. Download 2.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling