1-§. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va uslublari. Kimyoviy va mexanik texnologiyalar haqida tushuncha


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/45
Sana29.10.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1733408
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45
Bog'liq
1-maruza. Kirish doc

1.14-rasm. Barabanli filtrlar 
1.15-rasm Sentrifuga ishlash sxemasi 
Suspenziyalarni sentrifugalarda ajratishning quyidagi usullari mavjud:
1) markazdan qochma usulda ajratish;
2) markazdan qochma usulda tindirish;
3) markazdan qochma usulda tindirib tozalash. 


1.16-rasm. Sanoat sentrifugasi 
1.Markazdan qochma usulda ajratish – suspenziyalarni teshikli barabanli 
tsentrifugalarda ajratish jarayoni boʻlib, bunda har bir faza filtrlash toʻsigʻidan 
oʻtadi, qattiq faza esa toʻsiqning ichki tomonida choʻkindi sifatida tutib qolinib, 
keyin esa olib tashlanadi.Markazdan qochma filtrlash usuli yordamida choʻkindini 
suvsizlantirishning yuqori darajasiga erishish mumkin. 
2.Markazdan qochma usulda tindirish suspenziyalarni yaxlit devorli 
barabanlari bor boʻlgan tsentrifugalarda ajratish jarayonidan iborat. Ajraladigan 
suyuqlik barabanning pastki tomoniga kiritiladi va markazdan qochma kuch 
taʻsirida devorlarga otilishi natijasida choʻkindi qatlami hosil boʻladi, suyuqlik esa 
ichki qatlamni hosil qiladi, bu qatlam suspenziyaning yangi portsiyasi yordamida 
barabandan tashqariga siqib chiqariladi. 
3.Markazdan qochma usulda tindirib tozalash – kolloid eritmalarda 
markazdan qochma kuch taʻsirida suspenziyani ajratish jarayonidir. Sanoatda 
ayniqsa gorizontal, shnekli sentrifugalar va choʻkindini inertsiya bilan chiqarib 
tashlaydigan sentrifugalardan keng foydalaniladi. Sentrifugalar ishlashiga qarab 
uzlukli va uzluksiz ishlaydiganlarga boʻlinadi. 
Uzluksiz ishlaydigan sentrifugalarning uzlukli ishlaydiganlarga qaraganda ish 
unumi koʻproq va ancha engil boʻlganligi uchun sanoatda koʻproq joriy 
qilinmoqda.


Hozirga paytda avtomatik sentrifugalar ancha unumli boʻlib, unda 
sentrifugalash jarayonlari avtomatik ravishda bajariladi va bunda kam xizmat 
koʻrsatuvchilar ishtirok qilishadi(1.16- rasm). 

Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling