tannarxini kamaytirishga va uning sifatini yaxshilashga olib keladi. Lekin
tabiatdagi hamma xomashyoning konsentratsiyasi
sanoat talabiga javob
beravermaydi. Sanoatning bu talablariga javob berish uchun xomashyolar
boyitiladi.
Boyitish deb, xomashyo tarkibidagi foydali birikmalar konsentratsiyasini
(miqdorini) sunʻiy ravishda oshirishga aytiladi. Gaz,
suyuq va qattiq holatdagi
xomashyolar boyitiladi, gaz holatdagi xomashyolar, asosan,
filtrlash va tozalash
yoʻli bilan boyitiladi; suyuq holatdagi xomashyolar esa tindirish hamda bugʻlatish
orqali boyitiladi. Koʻpincha qattiq holatdagi xomashyolar boyitiladi.
Boyitish
jarayoni mexanikaviy, kimyoviy va fizik–kimyoviy usullarga boʻlinadi.
Xomashyoni
boyitishning
mexanik
usuli.
Foydali
va
bekorchi
birikmalarning turli xil fizikaviy xossalariga (
zichligi, boʻlakchalarning shakli,
mustahkamligi, elektr oʻtkazuvchanligi, magnit maydoniga boʻlgan munosabati,
namlanuvchanlik darajasi) asoslangan boʻlib, boʻlardan eng koʻp qoʻllaniladigani
elash,
gravitatsiya, quruq gravitatsiya, termik va elektromagnit usullardir(1.6-
rasm).
Kimyo sanoatining koʻpchilik texnologik jarayonlari suyuqlik, gaz, bugʻning
quvurlarda harakatlanishi va siljishi bilan bogʻliq boʻlib boʻlib,
bu quvurlarda
ishlab chiqarishning ikkinchi darajali begona mahsulotlari ham uchraydi.
Aralashmalar (suspenziyalar) tarkibidagi zarrachalarni ajratish jarayonlari tindirish,
filtrlash va tsentrifugalash orqali bajariladi. Kechadigan jarayonlar gidromexanika
qonunlarida taʻriflangan oqimlar harakatiga bogʻliq boʻladi. Shu boisdan yuqorida
keltirilgan
jarayonlar gidromexanik jarayonlar deb ataladi. Gidromexanika
qonunlari va jarayonlari gidravlikada oʻrganilib, u ikki: gidrostatika va
gidromexanika boʻlimiga ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: