1-§. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va uslublari. Kimyoviy va mexanik texnologiyalar haqida tushuncha
-rasm. Oʻsimlik xom ashyolaridan olingan oraliq mahsulotlar
Download 2.1 Mb. Pdf ko'rish
|
1-maruza. Kirish doc
1.2.-rasm. Oʻsimlik xom ashyolaridan olingan oraliq mahsulotlar
Kraxmal toʻqimachilik sanoatida, rezina va kimyo sanoatida, quduqlar qazishda, loyli eritmalarga ishlov berishda, gugurt sanoatida, elektrodlar olishda keng qoʻllaniladi. Keyingi paytlarda sanoatda kraxmal, poliakrilamid hamda sellyulozaning suvda eriydigan efirlari – karboksil metiltsellyuloza (KMTS) bilan muvaffaqiyatli almashtirilgan. Shu bilan birga KMTS, koʻp miqdorda kraxmal oʻrnida, toʻqimachilik, qogʻoz va gugurt sanoatida oziqli un oʻrnida ishlatilmoqda. Hozir etilendan va yogʻochdan olinayotgan (har yili 800 million tonna) sintetik etil spirt tarkibi va sifati jihatidan oziqli xomashyolardan olinadigan etil spirtdan farq qilmaydi va shu bilan birga ancha arzon hisoblanadi. Shuning kabi gaz va neftni qayta ishlash mahsulotlaridan sirka kislota, glitserin va yogʻlar ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotlarni bu yoʻl bilan ishlab chiqarishda koʻp miqdorda ozuqali xomashyolar tejab qolinadi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi birmuncha arzonlashadi. Umuman texnikaning nihoyatda tezlik bilan rivojlanishi yangidan–yangi materiallarni, shuningdek yangi xomashyo materiallarini qidirib topish masalasini qoʻyadi, bu masala asosan qoʻyidagi yoʻllar bilan amalga oshirilishi mumkin: iloji boricha arzon xomashyolarni qidirib topish va ishlatish (masalan, gaz va neft); xomashyodan kompleks foydalanish (xomashyodan chiqindi chiqarmaslik); kontsentrlangan xomashyo va mahsulotlar ishlatish; juda toza mahsulotlar ishlatish; texnika maqsadlari uchun ishlatiladigan oziqaviy xomashyolarni oziqasiz xomashyo bilan almashtirish; iloji boricha mahalliy xomashyolardan foydalanish. Respublikamizdagi Olmaliq «Ammofos – Maksam» AJ ishlab chiqarish birlashmasi va Samarqand kimyo zavodining ammofos hamda Qoʻqon superfosfat zavodining superfosfat ishlab chiqarish quvvatlari hozirgi paytda yangi xomashyo – Qizilqum fosforitlari asosida ishlamoqda. Keyingi yillarda yangi ishga tushirilgan Shoʻrtan–gaz kimyo majmuasida ishlab chiqarilayotgan polietilen polimer materiallariga boʻlgan ehtiyojni qondirishda muhim oʻrin tutmoqda. Bundan koʻrinadiki, Oʻzbekiston Respublikasi samarali issiqlik –energetika va xomashyo resurslariga eng boy mamlakatlardan biri hisoblanadi. Download 2.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling