1-§. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va uslublari. Kimyoviy va mexanik texnologiyalar haqida tushuncha
-§. Ishlab chiqarish xomashyolari, mahsulotlari, oraliq mahsulotlari, tayyor
Download 2.1 Mb. Pdf ko'rish
|
1-maruza. Kirish doc
4-§. Ishlab chiqarish xomashyolari, mahsulotlari, oraliq mahsulotlari, tayyor
va qo‘shimcha mahsulotlari, tashlandiqlari va chiqindilari haqida asosiy tushunchalar va ta'riflar Bizning mamlakatimiz xalq xoʻjaligini mineral xomashyoga boʻlgan talabini amalda toʻla taʻminlanishiga imkoniyati boʻlgan qudratli xomashyo bazasiga egadir. Oʻzbekiston hududida tabiiy gaz, neft, koʻmir, oltingugurt, rangli metallar rudasi va boshqa xomashyolar boʻlganligi uchun mamlakatimiz yirik kimyo sanoatlariga ega. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning «Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari, taraqqiyot kafolatlari» asarlarida alohida koʻrsatib oʻtilganidek: «Oʻzbekiston oʻz yer osti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi – bu yerda mashhur Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan….». Xomashyoning koʻpligi etakchi kimyo sanoati korxonalari–Olmaliq «Ammofos – Maxsam» AJ, «Maxsam – Chirchiq» AJ, «Navoiyazot» AJ, «Fargʻonaazot» AJ, Namangan "Karbonam" aksiyadorlik jamiyati, "Toshkent lok– boʻyoq zavodi" QK aksiyadorlik jamiyati, Qoʻngʻirot soda zavodi, Ustyurt gaz– kimyo majmuasi va plastmassalarni ishlab chiqaradigan va qator boshqa kimyo korxonalarini vujudga keltirish imkonini yaratdi. Hozirda kimyo sanoati rivojlangan hududlar – Olmaliq, Chirchiq, Fargʻona, Qoʻqon, Navoiy kabi yirik kimyo sanoati markazlari ishlab turibdi. Xomashyodan foydalanilishi nuqtai nazardan kimyo sanoatining asosiy xususiyatlari: 1) yer osti xomashyo resurslari (fosfatli xomashyolar, kaliyli tuzlar, oltingugurt, tabiiy gaz, neft, koʻmir), qishloq xoʻjalik mahsulotlari, havo va suv, shuningdek kimyo sanoatida xomashyoni qayta ishlash mahsulotlari (ftorli gazlar, sulfatlar, fosfogips va h.o.) va bir–biriga bogʻliq tarmoqlar (masalan, rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash va koks kimyosi chiqindi gazlari) ni inobatga olgan holda xomashyo bazasining koʻp variantliligi; 2) turli xil kimyoviy mahsulotlar olish uchun birgina xomashyodan kompleks foydalanishning keng imkoniyatlarining mavjudligi; 3) birgina xomashyodan turli xil kimyoviy mahsulotlar olishga imkon beradigan koʻp turdagi kimyoviy qayta ishlash usullarining mavjudligi kabilarda yaqqol namoyon boʻladi. Masalan, benzoldan kauchuk, polistirol, kaprolaktam, yadoximikatlar va boshqa mahsulotlar olinishi mumkin. Shu bilan birga usullarning xilma–xilligi bitta mahsulotning turli xil xomashyolardan olish imkonini beradi. Masalan, atsetilen ishlab chiqarishda tabiiy gaz, neftni qayta ishlash gazlari, neft qazib olish yoʻldosh gazlari, kaltsiy karbid; kaprolaktam ishlab chiqarish uchun esa–benzol, fenol, anilin yoki toluol ishlatilishi mumkin. Koʻpgina kimyoviy mahsulotlar bir necha yoʻllar bilan olinishi mumkin. Masalan, sulfat kislota ishlab chiqarishning kontaktli va minorali usullari, superfosfat ishlab chiqarishning kamerali, oqimli va boshqa usullari, etil spirti ishlab chiqarishning bugʻ – fazali va sulfat kislotali gidratatsiya usullari va h.o. larni koʻrsatish mumkin. Kimyo sanoatida togʻ – kon ruda, neft, gaz, oʻrmon va tsellyuloza–qogʻoz sanoatlari, qora va rangli metallurgiya korxonalarining mahsulotlari xomashyo sifatida ishlatiladi. Masalan, misli, ruxli, qoʻrgʻoshinli ruda va kontsentratlarini kuydirishda hosil boʻladigan rangli metallurgiya chiqindi gazlaridan ajratib olinadigan sulfit angidrid sulfat kislota ishlab chiqarishning qimmatbaho xomashyosi hisoblanadi. Oltingugurtli xomashyoni kuydirishga sarflanadigan maxsus xarajatlarsiz har bir tonna mis metali suyuqlantirib olish hisobiga 10 t dan ortiq sulfat kislota olish mumkin boʻladi. Xomashyodan toʻla va kompleks foydalanish, tarkibidagi asosiy modda miqdori kam boʻlgan xomashyolarni qayta ishlash imkoniyatini yaratish, kimyo sanoati va boshqa tarmoqlar chiqindilarini ichki qayta ishlash orqali mahsulotga aylantirish va h.o.lar kimyo sanoati xomashyo bazasini rivojlantirishda muhim oʻrin tutadi. Xomashyolarni klassifikatsiyalash. Ishlab chiqarishda kimyoviy mahsulotlar: boshlangʻich moddalar (xomashyolar), oraliq mahsulotlar (yarim mahsulotlar) va tayyor mahsulotlarga boʻlinadi. Boshlangʻich xomashyoni kimyoviy qayta ishlashning yarim mahsulotlari oʻz navbatida boshqa moddalar olish uchun xomashyo vazifasini oʻtaydi. Yarim mahsulotlar bir korxonaning mahsuloti va ikkinchi korxonaning xomashyosi boʻlishi ham mumkin. Masalan, rangli metallurgiya korxonasida mahsulot sifatida ishlab chiqarilgan sulfat kislota mineral oʻgʻitlar, xususan, fosforli oʻgʻitlar sanoatining xomashyosi vazifasini oʻtaydi. Kimyo – texnologiya jarayonlarida asosan davriy jadvaldagi atigi 60 element ishlatiladi, bunda ular ishlab chiqarishda bir necha kilogrammdan to bir necha oʻn million tonnagacha ishtirok etishi mumkin. Kimyo sanoatining xomashyosi turli belgilarga koʻra klassifikatsiyalarga boʻlinadi: kelib chiqishiga koʻra–tabiiy (minerallar, oʻsimliklar va hayvonlar) va sunʻiy (koks, sanoat gazlari, kimyoviy tolalar va hokazo); agregat holatiga koʻra – qattiq (minerallar, rudalar, koʻmir, yogʻoch); suyuq (suv, neft, tuz eritmalari) hamda gazsimon (havo va gazlar); kimyoviy tarkibiga koʻra – organik va noorganik, ishlatilishiga koʻra ozuqali va texnikaviy turlarga boʻlinadi. Download 2.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling