1-§. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va uslublari. Kimyoviy va mexanik texnologiyalar haqida tushuncha
Download 2.1 Mb. Pdf ko'rish
|
1-maruza. Kirish doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-§. Oʻzbekistoda kimyo sanoatining rivojlanishi
1.1 - jadval
Kimyo sanoatining ayrim tarmoqlari geografiyasi Sulfat kislota ishlab chiqarish Mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish Plastmassa ishlab chiqarish Kimyoviy tolalarni ishlab chiqarish Sintetik kauchuk ishlab chiqarish AQSh Xitoy AQSh Xitoy AQSh Xitoy AQSh Yaponiya AQSh Yaponiya Rossiya Kanada Germaniya Tayvan Fransiya Yaponiya Hindiston Fransiya Koreya Germaniya Ukraina Belorusiya Koreya Yaponiya Braziliya Frantsiya Ukraina Xitoy Germaniya Italiya Germaniya Frantsiya Niderlandiya Indoneziya Xitoy Kanada Germaniya Italiya Italiya Gollandiya Ispaniya Indoneziya Rossiya Tailand Kanada Braziliya Oltingugurt ishlab chiqaradigan davlatlar – AQSh, Kanada, Meksika, Germaniya, Frantsiya, Polsha, Ukraina, Rossiya, Turkmaniston, Yaponiya va boshqalar. Sulfat kislotaning yirik ishlab chiqaruvchilari AQSh, Xitoy, Yaponiya va Rossiya (ular dunyo ishlab chiqarishining yarmidan koʻprogʻini tashkil qiladi). Mehnat unumdorligi boʻyicha kimyo sanoati farmatsevtika sanoatidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Shu bilan birga, u avtomobilsozlik va kompyuterlarni ishlab chiqarishdan 1,4 marta, umumiy mashinasozlikdan – 1,7 marta, ishlab chiqarish sanoatidan – 1,9 marta va oziq-ovqat sanoatidan – 3,3 marta oldinda turadi. 3-§. Oʻzbekistoda kimyo sanoatining rivojlanishi Kimyo sanoati Oʻzbekiston iqtisodiyotining bazaviy tarmoqlar sirasiga kiradi va qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishni jadallashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqib mineral oʻgʻitlar chiqaruvchi korxonalarni qurish orqali tashkil topgan. Resʻublikaning zamonaviy kimyo sanoati tarixi Shoʻrsuv oltin gugurt koni 1932 yilda ishga tushirilishi bilan boshlanadi. 1940 yilda kimyo sanoatining eng yirik korxonasi – Chirchiq elektrkimyo kombinati (bugungi kunda «Maksam – Chirchiq» AJ) mahsulot bera boshladi. 1962 yilda Fargʻona azotli oʻgʻitlar zavodi(bugungi kunda «Fargʻonaazot» AJ) ishga tushirildi. 1964 iylda Navoiy kimyo kombinati (bugungi kunda «Navoiyazot» AJ) mahsulot bera boshladi. 1969 yilda Olmaliq kimyo zavodi (bugungi kunda «Ammofos – Maksam» AJ) ishga tushirildi. Hozirgi vaqtda «Maksam – Chirchiq», «Navoiyazot» va «Fargʻonaazot» aktsiyadorlik jamiyatlari azotli oʻgʻitlar – ammiakli selitra, karbamid, ammoniy sulfati ishlab chiqaradilar. «Ammofos – Maksam», «Samarqankimyo» va «Qoʻqon suʻerfosfat zavodi» ochiq aktsiyadorlik jamiyatlar fosforli oʻgʻitlar – ammofos, suprefos, oddiy ammoniyli superfosfat, ammoniysulfofosfat va nitrokaltsiyfosfat – ishlab chiqaradilar. Ularni xom ashyo bilan Qizilqum fosforit kombinati tahminlaydi. «Elektroximzavod» QK – AJ oʻsimliklarni muhofaza qilish kimyo vositalarni ishlab chiqaradi. «Oʻzkimiyosanoat» AJ korxonalarini ishlab chiqaradigan mahsulotlar turlaridan kelib chiqib quyidagi ishlab chiqarish majmualarga boʻlish mumkin: mineral oʻgʻitlar, noorganik moddalar va energetika, oltinkon va kimyo sanoatlari uchun kimyo reagentlar ishlab chiqarish majmuasi; organik kimyo, sunhiy tola va ʻolimer materiallar ishlab chiqarish majmuasi; oʻsimliklarni muhofaza qilish kimyo vositalari ishlab chiqarish majmuasi; kaltsiylashtirilgan soda ishlab chiqarish majmuasi. “Oʻzkimiyosanoat” AJ korxonalari 170 – dan ortiq kimyo mahsulotlar turlari ishlab chiqariladi. “Oʻzkimyosanoat” AJning hozirgi investitsiya faoliyati Oʻzbekistonda ishlab chiqarish foydali boʻlgan, eng koʻp talab qilinadigan mahsulotlarni koʻpaytirishga qaratilgan: zamonaviy kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va xorijiy va mahalliy sarmoyalarni jalb qilgan holda mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va rekonstruktsiya qilish loyihalarini amalga oshirish; Oʻzbekistondagi kimyoviy korxonalarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlariga xorijiy investorlarni jalb qilish. Kompaniyaning investitsion faoliyatining koʻrsatilgan yoʻnalishlari Oʻzbekistonda kimyo sanoatini rivojlantirish, uning ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va bozor iqtisodiyoti mexanizmlarining ishlashini taʻminlashda muhim boʻgʻin hisoblanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlarida yuqori qoʻshimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish va kimyoviy sanoatda murakkab texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun yirik loyihalarni amalga oshirish uchun qulay ishlab chiqarish infratuzilmasi, aloqa va logistika mavjud. Oʻzbekiston kimyo sanoati xalq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi boʻlib, respublikamiz qishloq xoʻjaligini azot va fosforli mineral oʻgʻitlar bilan taʻminlaydi, turli xil kimyoviy tolalar, paxta tsellyulozasi, poliester qatronlar, boʻyoqlar va laklar, kaustik soda, defoliantlar, yemiriladigan alkogol, yuvish vositalari va boshqa kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Respublikada sanoatning rivojlanishi va kengayishi uchun barcha zarur sharoitlar mavjud, chunki Oʻzbekistonda kimyo sanoatida ishlatiladigan katta miqdordagi xom ashyo – tabiiy gaz, gaz kondensati, neft, oltingugurt, fosforitlar va boshqalar mavjud. Kimyo sanoati ogʻir sanoatning asosiy tarmogʻi boʻlib, xalq xoʻjaligida ahamiyati kattadir. Oʻzbеkiston kimyo sanoati ancha yaxshi taraqqiy etgan boʻlib, hozirgi zamonga mos kimyo mahsulotlarini ishlab chiqariladi, plastmassalar, sunʻiy tola va sintеtik kauchuk, lak – buyoqlar, kislota va ishqorlar, dori – darmonlar, shuningdеk koʻplab kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaradi. Hozirgi vaqtda kimyo sanoati mahsulotlariga boʻlgan talab kundan kunga ortmoqda, shuning uchun Rеspublikada bu sanoat tarmogʻini rivojantirishga juda katta eʻtibor bеrilmoqda. Bu sanoatni rivojlantirish uchun Oʻzbеkistonda ham Osiyo mamlakatlari singari katta manbalarga egadir, ayniqsa gaz, nеft, gaz kondеnsatlari, elеktr quvvati, koʻmir, sanoati va qishloq xoʻjaligi chiqindilari, minеral xom ashyolar hamda mеhnat rеsurslari juda koʻpdir. Oʻzbеkistonda bundan tashqari osh tuzi, fosforit, kaliy tuzi, ohak, gips, oltingugurt konlari, rangdor mеtallurgiya va paxtachilik sanoat chiqindilari va boshqa xom ashyolarga boydir. Shuning uchun hozirgi zamon kimyo sanoati Oʻzbеkistonda rivojlanishi qulay va zururdir. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda kimyo sanoatini barpo etish va uni rivojlantirish uchun zarur boʻlgan xomashyo bazasi va shart – sharoitlar hammasi yetarli darajada mavjud boʻlgan boʻlsa ham kimyo sanoati nisbatan ancha kech paydo boʻldi. Oʻzbekistonda eng keksa kimyoviy ishlab chiqarish korxonasi (kichik –kichik sopol buyumlari ishlab chiqarishni hisobga olmaganda) 1906-yil Fargʻonada qurilgan Neftni qayta ishlash zavoddir. Ikkinchi shunday zavod Fargʻonada (Melnikov nomli) 1915-yilda qurildi. Ularda asosan kerosin olinar edi va yoritish maqsadida ishlatilgan (chiroqlarda yoqilgan). Keyinchalik Toshkentda lak – boʻyoq va soda zavodlari (1920 yil), Bekobod sement va ohak zavodlari (1926 yil) qurilib ishga tushirilgan. Oʻzbekiston sobiq ittifoq tarkibida eng yirik paxta yetkazib beruvchi xoʻjalik boʻlgani uchun, unda kimyo sanoatining vujudga kelishi asosan paxtachilik uchun zarur boʻlgan mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish korxonalarining qurilishidan boshlandi. 1940-yilda Respublikamiz kimyo sanoatining gigant Chirchiq elektrokimyo kombinati qurilib ishga tushirildi. Kombinat oʻsha yilning oʻzidayoq qishloq xoʻjaligimiz uchun 1 ming 600 tonna mineral oʻgʻit ishlab chiqarildi. 1942-yilda Qoʻqon superfosfat zavodi, 1964-yilda Navoiy kimyo kombinati, 1969-yilda Olmaliq ammofos zavodlari, 2001-yilda Qizilqum fosforit zavodi qurilib ishga tushirildi. 1985-yilga kelib Respublikamizda toʻyimli moddalarni 100% ga aylantirib hisoblaganda 1 mln. 592 ming tonna mineral oʻgʻit ishlab chiqarildi va oʻgʻit ishlab chiqarish boʻyicha Bolgariya, Vengriya, Polsha, Yugoslaviya, Chexoslovakiyadan ham oʻzib ketdi. Hozirgi paytda Oʻzbekiston Yaponiya bilan taxminan teng miqdorda oʻgʻit ishlab chiqarmoqda. Respublikamizda qurilish materiallarining asosi boʻlgan sement ishlab chiqarishning toʻngʻich korxonasi Bekobod sement zavodidir (1926-yil), keyingi yillarda Quvasoy (1932-yil) va Angren (1949-yil) sement zavodlari, 1968-yilda Ohangaron, 1978-yilda Navoiy sement zavodlari qurilib ishga tushirildi. Natijada Respublikamizning sementga boʻlgan ehtiyoji toʻla qondirildi. Bu esa Oʻzbekistonda qurilish ishlarining rivojlanishiga katta ijobiy taʻsir koʻrsatdi. Ikkinchi jahon urishidan keyingi tinch qurilish yillarida, chinni sanoati barpo etildi. Eng avval Toshkent chinni zavodi (1954-yil), keyinchalik Samarqand chinni zavodi (1975-yil), Angren chinni va sopol buyumlari ishlab chiqarish kombinati (1976-yil), Quvasoy chinni va shisha buyumlari zavodlari (1979-yil), Olmaliq (1980-yil) sulfat kislota ishlab chiqarish zavodlari, koʻpgina boshqa anorganik moddalar ishlab chiqarish korxonalari: Olmaliq togʻ-kon metallurgiya kombinati, Angren kimyometallurgiya zavodi, Qoʻytosh ruda kombinati, Muruntov togʻ metallurgiya kompleksi, Zarafshon gidrometallurgiya zavodi va boshqalar qurilib ishga tushirildi. Oʻzbekistonda organik kimyo sanoati boshqa sanoat tarmoqlariga qaraganda juda tez surʻatlar bilan rivojlandi. Organik kimyo sanoatining xomashyosi asosan, koʻmir, neft, gaz, yogʻoch chiqitlaridir. Bizda ayniqsa, gaz, ancha katta neft va koʻmir zahiralari ham bor. Mana shu ashyolar respublikamiz organik kimyo sanoatining paydo boʻlishi va rivojlanishiga sabab boʻldi. Oʻzbekistonda 1976 – yilda 361 mlrd. m 3 gaz ishlab chiqarildi va bu sohada shu yiliyoq Polsha,Yaponiya, Fransiya kabi yirik mamlakatlaridan ham oʻzib ketdi. Organik moddalar ishlab chiqarish sanoatining gigantlaridan biri 1964 – yilda qurilib ishga tushirilgan Navoiy azot ishlab chiqarish birlashmasidir. Unda tabiiy gaz kompleks qayta ishlanadi. Ushbu korxonaning ishga tushirilishi natijasida respublikamizda birinchi marta yangi sanoat mahsulotlari, yuzlab organik sintez mahsulotlarining xomashyosi hisoblangan atsetelin: atsetaldigid, sirka, kislota, metilspirti, akrilonitril va boshqa bir qancha mahsulotlar ishlab chiqarila boshlandi. Hozirgi paytda bu kombinat yiliga 41 ming tonna turli rangda boʻyalgan nitron ishlab chiqarila boshlandi. 1969-yilda Fargʻona sunʻiy tola – atsetat ipagi ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi. Bu zavod yiliga 70 – 80 ming tonna atsetat ipagi ishlab chiqaradi. 1982 – yilda Chirchiq elektrokimyo kombinatida kaprolaktram ishlab chiqaruvchi yirik sex ishga tushirildi. Shuningdek, 1979 – 81 – yillarda ishga tushgan Olmaliq kimyo zavodida endilikda sintetik kir yuvish vositalari, shampunlar, mashina matolari, naftalin, loklar, boʻyoqlar, bolalar oʻyinchoqlari va boshqa oʻnlab mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Namangan kimyo zavodida polietilen plyonkalari, Jizzax va Ohangaron plastmassa quvurlari ishlab chiqarilmoqda. Shoʻrtan gaz kompleksi 2002-yilda qurilib ishga tushirildi. Unda har yili 125 tonna polietilen, 100 ming tonna oltingugurt va 1000 tonna suyuq propan gazi ishlab chiqarilmoqda. Bulardan tashqari respublikamizda Fargʻona furan birikmalari kimyo zavodi (1942-y), Yangiyoʻl biokimyo zavodi, Andijon gidroliz zavodi (1953-y), Toshkent va Fargʻonada polivinilxlor asosida sunʻiy charm zavodi, Toshkent va Guliston margarin zavodlari, Toshkent farmatsevtika, Fargʻona sunʻiy qorakoʻl zavodlari va boshqa oʻnlab qorxonalar organik kimyo mahsulotlari ishlab chiqarmoqda. Hozirgi paytda respublikamizda jami 36 ta kimyo va neft kimyosi sanoati korxonalari, 3 ta qora metallurgiya sanoati korxonasi, 9 ta chinni va shisha buyumlari sanoati korxonalari, 13 ta yoqilgʻi sanoati korxonalari ishlab turibdi. Download 2.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling