1-ma’ruza Fanga kirish. Nozik organik sintez sanoatining rivojlanishi, ularning ahamiyati va klassifikatsiyasi Reja: - Nozik organik sintez sanoati
- Nozik organik sintez mahsulotlarining qo’llanilish sohalari
- Nozik organik sintez tarixi
- Xushbo’y hidli moddalarning klassifikatsiyasi
- Nozik organik sintez organik kimyo fani ildizidan hosil bo’lgan bo’lib kimyoviy texnologiyaning ajralmas bir qismi hisoblanadi.
- Agar asosiy organik sintezdagi 1 kg mahsulot ishlab chiqarish uchun ekologik faktor 0,1-5 oraliqda bo’lsa, nozik organik sintezda esa bu ko’rsatkich 5-50 oraliqda bo’ladi, dori vositalari komponentlarini ishlab chiqarishda esa 100 ga yetishi ham mumkin (ekologik faktor – 1 kg kerakli mahsulotni ishlab chiqarishda hosil bo’ladigan chiqindilarning kglardagi miqdori).
- Nozik organik sintez mahsulotlariga sintetik organik bo’yoqlar, polimerlarga kimyoviy qo’shimchalar, katalizatorlar, kimyoviy reaktivlar, qishloq xo’jaligi uchun kimyo vositalari va kinofotomateriallari, hid beruvchi vositalar, dori vositalari va vitaminlar, ozuqa qo’shimchalari, yuvuvchi vositalar, dezodorantlar va boshqalar kiradi. Kundan kunga organik mahsulotlarning qo’llanilishiga bo’lgan talab oshib borayotgani sababli ushbu ro’yxat ham boyib bormoqda.
Nozik organik sintezning sohalari – bo’yoq ishlab chiqarish sanoati, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, tibbiyotning maxsus qismlari, zamonaviy materiallarni ishlab chiqarish, xo’jalik kimyo vositalari, qishloq xo’jaligi, kinofotomateriallar ishlab chiqarish, polimlerlar kimyosi. - Nozik organik sintezning sohalari – bo’yoq ishlab chiqarish sanoati, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, tibbiyotning maxsus qismlari, zamonaviy materiallarni ishlab chiqarish, xo’jalik kimyo vositalari, qishloq xo’jaligi, kinofotomateriallar ishlab chiqarish, polimlerlar kimyosi.
Nozik organik sintez sanoatining organik sintez sanoatidan farqi - sintez qilinayotgan mahsulotning molekulasi tuzilishi jihatidan murakkab ekanligi;
- mahsulotni olishda ko’p bosqichliligi;
- kiruvchi va chiquvchi moddalarni yuqori tozalik darajasi;
- ishlab chiqarish hajmining nisbatan past ekanligi;
- chiquvchi mahsulotlarning turlari ko’p ekanligi;
- ishlab chiqarish hajmini oshirishda murakkabliklar yuzaga kelishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |