1832 yilda achchiq bodom tarkibidan efir yog’i tarkibida benzoy aldegid tarkibiga kiruvchi benzoil radikalli ko’pgina organik moddalar moddalar tarkibiga kiradi. Ushbu yangilikning ochilishi natijasida benzolning turli xosilalarini kvalifikatsiyalashga erishildi va organik kimyoda aromatik uglevodorodlar guruxiga asos solindi. siklik birikmalar kimyoviy xossalarini o’rganish natijasida ayrim xushbo’y yoqimli moddalar siklik tuzilishga ega ekanligi aniqlandi. Masalan, terpendir. Xushbo’y hidli moddalarning tuzilishga bog’liqi Organik moddada bir necha funksional guruhlarning bo’lishi uning hidini kuchayishiga olib kelmasdan, uning yo’qolishiga olib keladi. Masalan, bir atomli spirtlarda yo’qoladi. Hid organik moddaga uglerod atomlarining soniga holi bog’liq. 17-18 uglerod atomi bo’lgan organik moddalar hidi yo’qoladi. Organik moddalar molekulasida o’rinbosarning holati uning hidiga katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan, 4-oksi-2-metoksibenzaldegid (vanilin) juda kuchli hidga ega bo’lib, uning izomeridan 3-oksi-4-metoksibenzaldegid oddiy haroratda hidsiz moddadir. Ba’zi bir organik moddalar tuzilishi xar xil bo’lsa ham hidi bir xil bo’lishi mumkin. Xushbo’y hidli moddalarning tuzilishga bog’liqi XBX moddalarning o’ziga xos hidini uning ayrim funksional guruhlarini bo’lishi bilan emas, balki butun molekulani tashkil etgan elementlar guruhlari ham bog’liq. Ba’zi vaqtlarda moddalarning umumiy molekulyar tuzilishi bilan uni hidini xarakterlash mumkin. Har xil molekulali tuzilishga ega organik moddalarning, siklli tuzilishi bo’lishlari 15-18 gacha (bir-biriga o’xshash bo’lgan bo’limlardan iborat bo’lsa, ular bir-biriga yaqin bo’lgan muskus hidga ega bo’ladi. Ularning tarkibida molekula halqasida har xil funksional guruhlar bo’lishiga qaramasdan keton, amin, lakten va boshqalar). sikldagi bo’limlar soni 15 tagacha bo’lsa hidlar bir-biriga nisbatan ayrim o’zgarish mumkin. Bo’limlar soni 18-19 tagacha bo’lsa hid yo’qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |