Саноат ва кишлок хужалик асослари ма
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
sanoat va qishloq xojalik geografiyasi
Binokorlik sanoati
Binokorlik sanoati qurilish uchun turli xil materiallar ishlab chiqaradi va quyidagi tarmoqlarga bo’linadi: gisht, sement, beton, tabiiy toshlar, oyna, shifer va boshqa materiallar ishlab chiqarish. 64 G’isht ishlab chiqarish juda keng tarqalgan. Oddiy, ichi g’ovak g’ishtlar hamda shlakobloklar ishlab chiqariladi. G’ishtni tuproq va oxakni bir-biriga qo’shib tayyorlanadi sovuqqa chidamli bo’ladi. Qurilishda qizil g’isht bilan bir qatorda pishirilmagan silikatli g’ishtlar ham ishlatiladi. Bunday g’ishtlar oxak va qumni bir-biriga aralashtirib qo’yilib, keyin qozonlarda yuqori bosim ostida bug’latib tayyorlanadi. Sement qurilishda keng ishlatiladigan material. Sement xom ashyosi bo’lib karbonatli (oxaktosh, bo’r, mergel) va gilli (gil, soz tuproq, gilli slanets) tog’ jinslari hamda sement ishlab chiqarish uchun yaroqli bo’lgan qator ishlab chiqarish tarmoqlarining chiqindilari (domna ko’llari, nefelin maydalari va boshqalar) hisoblanadi. Sement ishlab chiqarishda ishlatiladigan karbonat tog’ jinslarining tarkibi quyidagicha bo’lishi kerak: SaO — 43,5 foizdan yuqori; MgO — 2,5 foizgacha; gilli tog’ jinslarining tarkibi: — SiO 2 — 50—60 foiz; Al 2 O3 — 15—20 foiz; Fe 2 O3— 6—10 foiz. Jahonda sement ishlab chiqarish bo’yicha AQSH va Rossiya yetakchi. Sement zavodlari xom ashyo manbalariga yaqin joylashtiriladi. Beton ishlab chiqarish hozirda juda keng rivojlangan. Bunda temirbeton buyumlari ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega. Temir- beton asosan temir armaturasi va betondan iborat. Beton xom ashyosi bo’lib qum, shag’al va sement hisoblanadi. Oyna ishlab chiqarish. Oyna tayyorlash uchun kvartsli qum, soda (ishkor) va oxak ishlatiladi. Soda o’rniga glauber to’zini ishlatish mumkin. Oyna materiallarining eng keng tarqalgan turi deraza oynasidir. Bundan tashqari shisha idishlar, turli xil texnik qurilish detallari, shisha bloklar, quvurlar va plitalar tayyorlanadi. Oynasozlik zavodlarini joylashtirishda xom ashyo va yoqilg’i resurslari hisobga olinadi. Bir tonna oyna (shisha) olish uchun 1 tonna qum va 1 tonna yoqilg’i sarflanadi. Tabiiy toshlar ham qurilishda keng qo’llaniladi. Ular marmar, granit, kvartsli porfir, oxaktosh, qumtosh, sienit, diorit, gabbro, bazaltdan iborat. Bulardan tashqari, binokorlik materiallari sanoatiga shifer, ruberoid, tayyor uy bloklari ishlab chiqarish ham kiradi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling