Саноат ва кишлок хужалик асослари ма
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
sanoat va qishloq xojalik geografiyasi
68 Mavzu: QISHLOQ XO’JALIK GEOGRAFIYASI REJA: 1. Umumiy tushunchalar. 2. Dehqonchilik. 3. Chorvachilik. 4. Qishloq xo’jaligini xududiy tashkil etilishi va tabiiy zonalari buyicha ixtisoslashuvi. Qishloq xo’jalik geografiyasi qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi joylashuvining xududiy muammolari va asosiy qonuniyatlari bilan shug’ullanadi. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi inson xo’jalik faoliyatining ilk va eng qadimgi shakllaridan biri hisoblanadi. Sanoatdan farq qilib, qishloq xo’jaligi bir kancha o’ziga xos hususiyatlarga ega. Birinchidan, u rel’ef, iqlim va qo’proq sharoiti turlicha bo’lgan maydonlarda olib boriladi. Ikkinchidan, qishloq xo’jaligi mavsumiydir. Uchinchidan, tabiiy sharoit qishloq xo’jaligining rivojlanishiga, joylashishiga va ixtisoslashuviga juda katta ta’sir qiladi. Qutbiy mintaqalarda juda ko’p joylar qor bilan qoplanib yotganligi uchun hozircha xo’jalikda foydalanilmaydi. Bu o’lkalarning janubida va shimolida bug’uchilik rivojlangan. Mo’tadil mintaqaning igna bargli o’rmonlari ham qishloq xo’jaligini yuritish chegaralangan. Faqat ushbu o’rmonlarning janubiy qismining ochiq yerlarida bir oz dehqonchilik qilinadi, ammo yoz (issiq) mavsumining qisqaligi dehqonchilikni rivojlantirishni cheklab qo’yadi. Umuman, o’rmon zonasining (tayga, aralash va keng bargli) asosiy hususiyati yog’ingarchilikning ko’pligi, yozgi haroratning nisbatan pastligidir. Shu sababli, bu yerlarda dehqonchilikning ayrim tarmoqlari rivojlangan (zig’irchilik, kartoshkachilik, oziq o’simliklari va pichanbop o’simliklar yetishtirish). Ammo tuproqlari unumdor, o’simliklar asosiy oziqni tuproqdan oladi. Jahon bo’yicha o’rmon-dasht, dasht, chala cho’l va cho’l (voxalarda) zonalari asosiy ekin ekiladigan yerlar hisoblanadi. O’rmon-dasht va dasht zonasida eng hosildor bo’lgan qora tuproqlar tarqalgan, shuning uchun ushbu zona yuqori o’zlashtirilgan xudud hisoblanadi. Chala cho’l va cho’l zonalarida sugorma dehqonchilik rivojlangan. Bu yerlarda musbat haroratlar yigindisi yuqori bo’lgani uchun issiqsevar ekinlar qo’proq yetishtiriladi. 69 Tabiiy sharoit qanday bo’lishidan qat’i nazar, qishloq xo’jaligining rivojlanish darajasi sarf qilingam mehnatning miqdori va sifatiga, texnika va o’gitlardan foydalanish darajasiga bog’liq. Ushbu ko’rsatkichga qarab, qishloq xo’jaligi ekstensiv va intensiv xo’jalikka bo’linadi. Qishloq xo’jalik maxsulotlarini ekin maydonlarini kengaytirish va chorva mollari sonini oshirish hisobiga yetishtirish ekstensiv xo’jalik deb ataladi. Insoniyat tarixining juda katta davri mobaynida qishloq xo’jaligi asosan ekstensiv yo’l bilan rivojlandi. Yangi yerlar ko’pincha o’rmonlar hisobiga kengaytirilgan. Hozirgi davrda ham juda ko’p rivojlanayotgan, kam rivojlangan davlatlarda qishloq xo’jaligi ekstensiv yo’l bilan rivojlanmoqda. Maydon birligida (1 ga ekin maydonidan) agrotexnika vositalaridan qo’proq foydalanish yoki chorva mollarining qo’proq maxsuldor zotlarini yaratish hisobiga qishloq xo’jalik maxsulotlari yetishtirish intensiv xo’jalik deb ataladi. Intensiv xo’jalik rivojlangan davlatlar uchun xos bo’lib, qishloq xo’jaligida sodir bo’lgan «Yashil inqilob» ga asoslanadi. Ushbu davlatlarda asosan tovar qishloq xo’jaligi rivojlangan. Chunki bu davlatlarda qishloq xo’jaligida barcha ko’l mehnatini asosan mashinalar bajaradi. Yuqori sifatli mineral o’g’itlardan foydalaniladi, zararkunandalarga qarshi zaharli kimyoviy dorilardan, chorva mollari kasalliklariga qarshi kurash vositalaridan keng foydalaniladi. Mexanizatsiyalashtirish, elektrlashtirish va kimyolashtirish qishloq xo’jaligini yanada rivojlantirish va jadallashtirishning asosiy yo’lidir. Yer qishloq xo’jaligida mehnat majmui va ayni paytda mehnat vositasi bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun yerdan to’gri foydalanish va uning hosildorligini saqlash qishloq xo’jaligining muhim vazifaliridan biridir. Intensiv xo’jalikni barpo qilish uchun yerlarni melioratsiya qilish, ya’ni yer xolatini yaxshilash ishlarini (sugorish, zax va botkoklarni kuritish, tuproqka oxak solish, daraxt o’tkizish va h.k.) olib borish kerak. Bunda kompleks melioratsiya tadbirlari yaxshi natija beradi (shamol va suv eroziyasiga karshi ko’rash, gumrok hosildorligini oshirish). Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlar qishloq xo’jalik yerlari deb ataladi. Qishloq xo’jalik yerlari quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: xaydaladigan yerlar (sug’oriladigan va lalmikor yerlar); bog’ va 70 uzumzorlar; pichanzorlar; yaylovlar; bug’u yaylovlari; o’rmonlar, butazorlar va h.k. Jahonda sug’oriladigan yerlar xaydaladigan (shudgor qilinadigan) yerlarning 15 foizi (230 mln ga)ni tashkil qiladi. Bu ko’rsatkich Xitoyda 30 foiz, Xindistonda 28 (foiz, AQSHda 15 foiz, Pokistonda 70 foizni) tashkil qiladi. Qishloq xo’jaligi ikkita katta tarmoqdan iborat: dehqonchilik va chorvachilik. Qishloq xo’jaligi xodimlarining asosiy vazifasi xo’jalik yuritishni jadallashtirish yo’li bilan ekinlar hosildorligini va chorvachilik maxsuldorligini oshirishdir. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling