Саноат ва кишлок хужалик асослари ма
Yerdan haq to’lash sharti bilan ma’lum muddatda foydalanish
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
sanoat va qishloq xojalik geografiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Renta turlari
Yerdan haq to’lash sharti bilan ma’lum muddatda foydalanish
yuzasidai kelib chiqqan iqtisodiy aloqalar ijara munosabatlari deyiladi. Yer egasi ijaraga beruvchi, yerni ishlatuvchi esa ijaraga oluvchi 77 bo’ladi. Ularning munosabati ijara bitimi bilan qonunlashtiriladi. Ijara mulk egasini o’zgartirmaydi, ammo ijarachi yerining mulkdori bo’lmasa- da, mutasqil xo’jalik yurita oladi, ijara muddati davomida yerdan foydalanish uning ixtiyorida bo’ladi. Yerdan qanday foydalanish, nimani va qancha yetishtirish, kimga sotish, kimdan qarz olish, resurslarni qaerdan topish - bular ijarachining o’z ishi hisoblanadi. Uning vazifasi yer egasi bilan aloqasi vaqtida ijara haqini to’lab turishdan iborat bo’ladi. Ijaraga ko’lidan kelganicha boylik orttirishi mumkin, tushgan daromadni mustaqil taqsimlaydi va ishlatadi, boshqa iqtisodiy sub’ektlar bilan aloqa qiladi. Ijarachi erkin xo’jalik yurituvchi bo’lganidan ish yuzasidan bo’lgan majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi, o’rnatilgan tartib-qoidalarga rioya qiladi. Ijarachi yerga mablag’ soladi, yerda tadbirkorlik yuritib, foyda ko’radi, o’z manfaatiga erishadi. Yer egasi ham ijara haqi olib manfaatini yuzaga chiqaradi, ya’ni mulki unga daromad keltiradi. yerdan foydalanganlik uchun uning egasiga to’lanadigan haq renta deyiladi. Renta mohiyatan qishloq xo’jaligidagi qo’shimcha mahsulotning yer egasiga tekkan qismidir. Yerda ishlovchilar mehnati ham qo’shimcha mahsulot yaratadi, uning qiymati mahsulotning bozor narxiga kiradi. Maxsulot sotilganda xaridorlar shu mahsulot ekvivalentini (unga teng pulni) to’laydilar, binobarin, uning qiymati pul shakliga kiradi va shu hisobdan renta to’lanadi. 2. Renta turlari Renta yerga bo’lgan mulkning iqtisodiy realizatsiyasi, ya’ni amalga oshishidir. Yer egasi manfaati yuzaga chiqishi uchun u o’z uchastkasini ishga solib, pul topishi kerak bo’ladi. U o’z yerida dehqonchilik qiladi, korxona yoki har xil xo’jalik, turar-joy binolarini quradi, yerni ijaraga beradi, uni sotadi yoki garovga qo’yib, pul oladi va shu pulni ishlatadi. Yerni ishlatishning bir-biridan farq qiladigan muqobil usullari ko’p. Bu usullardan qay birini tanlash yer egasining ishi. Albatta, mulkdor o’z manfaatidan kelib chiqqan holda, o’zi uchun eng qulay usulni tanlaydi. Bozor iqtisodiyoti tizimida yerni ishlatishdagi (keng tarqalgan usul uni ijaraga berib, renta olishdir. Renta turlari ko’p, jumladan, absolyut (mutlaq), differensial, monopol renta, qurulish uchastkalaridan va undirma sanoatda olinadigan renta kabilar uning ko’rinishlaridir. Ularning hammasi yerga kapital ko’yilib, mehnat sarflanishi natijasida keladigan va yer egasiga tegadigan daromaddir. 78 Absolyut renta yer uchastkalarining sifatidan qat’i nazar yer mulk bo’lgani uchun uning egalari oladigan renta. Mazkur renta hamma yerlardan olinadi, lekin miqdoran yomon va hatto eng yomon yerlardan olingan rentaga teng bo’ladi. Differensial (tabaqalashgan) renta yerning sifatiga qarab olinadigan va rentaning absolyut rentadan ortiqcha bo’lgan qismidir. Yer sifatining har xil bo’lishi, ya’ni tuproqning unumdorligidagi farqlar uni yaratadigan omildir. Tuproq hosildorligi ikki xil bo’ladi: tabiiy va iqtisodiy. Tabiiy hosildorlik tuproqning ximiyaviy va fizikaviy xossalari bo’lib, uni tabiat in’om etgan. Xalq tilida oriq yer, semiz yer degan tushuncha qo’llanishi bejiz emas, albatta. Yerning hosildorligi tabiatan har xil bo’lganidan, yerga sarflangan bir miqdordagi resurslar turlicha natija beradi. Yerning sifatiga qarab, muayyan miqdordagi moddiy va mehnat resurslari sarflangan holda, turlicha yalpi hosil olinadi. Masalan, 100 birlikka teng resurs sarflangan holda «A» uchastkasidan har gektariga 40 sentnerdan, «V» uchastkasida 30 sentierdan bug’doy olinadi. Hosildorlikdagi farqqa qarab renta ham tafovutlashadi. Tuproqning iqtisodiy hosildorligi yerga qo’shimcha resurs sarflash, ishlov berish orqali, uning sifatini oshiradi, unumdorligini ko’tarishni bildiradi. Iqtisodiy hosildorlikni tabiat emas, balki fan-texnika yutuqlari va mehnat in’om etadi. Iqtisodny hosildorlikni oshirib borish cheksiz emas, albatta. Yerga sarflangan qo’shimcha resurs hosildorlikni ma’lum chegaraga qadar oshira oladi. Shu doirada renta ham farqlanadi. Gap shundaki, qo’shimcha resurs sarfiga nisbatan hosildorlik ma’lum darajada o’sadi, keyinchalik u o’smaydi. Differensial rentaning (dif. renta) o’zi differensial renta I va differensial renta II dan iborat bo’ladi. Differensial renta I tuproqning tabiiy hosildorligiga va yer uchastkasining joylashuviga qarab olinadi Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining bozor narxi bir xil, ammo o’rtacha xarajatlar esa yerga qarab, har xil bo’lganligi sababli, bozor narxiga asos bo’lgan yomon yerdagi xarajatlar bilan boshqa sifatliroq yerdagi xarajatlar o’rtasidagi farq dif. renta I ni paydo qiladi. Differensial renta II – tuproqning iqtisodiy hosildorligi natijasidir. Yerga qo’shimcha mablag’ sarflab, unga ishlov berish orqali hosildorlikni oshirish natijasida olinadigan renta dif. renta II bo’ladi. Tuproqning tabiiy imkoniyatlari doirasida yerga mablag’ sarflash hosildorlikni ma’lum me’yor darajasida oshiradi, o’rtacha xarajatlarni kamaytiradi. Mablag’ sarfini samarali ishlatishiga qarab, turli xo’jaliklarning individual xarajatlari tabaqalashadi. Bozor narxi bir xil bo’lib, xarajatlarning har xil 79 bo’lishi yerga yaxshi ishlov bergan xo’jaliklarda dif. renta II ni hosil etadi. Bunda tuproqning tabiiy emas, balki iqtisodiy hosildorligidagi tafovutlar rentani yuzaga kelitiradi. Dif. renta II mohiyatan qo’shimcha sarflar keltirgan qo’shimcha Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling