Саноат ва кишлок хужалик асослари ма


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/42
Sana14.05.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1459719
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42
Bog'liq
sanoat va qishloq xojalik geografiyasi

iqtisodiy foyda, lekin u yer egasiga o’tgandagina rentaga aylanadi. Yerga 
uning egasi yoki ijarachi ilgari qo’ygan kapital uning sifatini yaxshilaydi. 
Yerga sarflangan mablag’lar yerga singadi va uning unumdorligini 
belgilangan me’yorda oshiradi. Sifati oshgan yer qaytadan ijaraga 
berilganda uning egasi dif. renta II ni ham ijara haqi tarkibida oladi. 
Monopol renta alohida tabiiy-iqlim sharoitiga ega bo’lgan, o’ta 
noyob mahsulot yetishtiriladigan yer uchun uning egasiga to’lanadigan 
rentadir. Faqat ana shunday yerlarda kamyob mahsulotlar (masalan, choy, 
kofe, sitrus o’simliklari mevasi, maxsus yog’och - qizil yog’och) 
yetishtiriladi. Ularga talab katta bo’lgani holda taklif oz bo’ladi, chunki 
ularni ishlab chiqarish maxsus, kam uchraydigan yer iqlim sharoitini talab 
qiladi. Mazkur tovarlar taklifi o’zgaruvchan (elastik) bo’lmaydi, chunki 
narxning o’zgarishi ularni oz yoki ko’p ishlab chiqarishni ta’minlay 
olmaydi. Shu boisdan kamyob mahsulotlar monopol narxda sotiladiki, bu 
narx ularni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlardan ancha yuqori bo’ladi, 
natijada yer egalari monopol renta olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. 
Bunday renta sharoiti nayob yerlar uchun boshqalarga qaraganda yuqori 
ijara haqi belgilanishida ifoda etiladi. Mazkur renta yo’qolishi ham 
mumkin, chunki fan-texnika taraqqiyoti tufayli ayrim yerlar o’zining 
noyob 
xususiyatini 
yo’qotadi, 
bunday 
yerlarda 
yetishtiriladigan 
mahsulotlarni boshqa yerlarda ham yetishtirish imkoniyati paydo bo’ladi, 
bunga mos navlar yaratiladi, sun’iy iqlim sharoiti yaratiladi va hokazo. 
Ilgarilari limon faqat maxsus iliq dengizlar qirg’og’idagi yerlarda 
yetishtirilgan. Shu boisdan mazkur yerlar monapol renta bergan. Fan-
texnnka rivoji tufaydi limon O’zbekistonda ham yetishtirila boshlandi
binobarin, bu bilan maxsus dengiz bo’yi yerlarining monopol holati 
tugatildi. Avval hurmo faqat Surxondaryoda yetishtirilgan edi. 
Uning boshqa yerlarda ham o’sadigan navlarining paydo bo’lishi 
Surxon vohasining shu sohadagi monopoliyasini cheklab qo’ydi. 
Yer undirma sanoat uchun ham eng (muhim resurs hisoblanadi. Yer 
qa’ridagi boyliklar uning qadrini oshiradi, chunki yer osti boyliklari 
bo’lmasa, undirma sanoat ishlay olmaidi. Yerning mulk bo’lishi va 
boylikka egaligi undirma sanoatda ham renta bo’lishini taqozo etadi. 
yerda boylik bo’lganidan yer egalariga renta to’lashadi, aks holda bu 
boylik ishlanmaydi. Qazilma boylikni yerdan ajratib bo’lmaydi, uning 


80 
ustidagi va ostidagi boylik yer bilan birgalikda mulk bo’lada. Mulk 
egasiga, undan foydalanganlik uchun tadbirkorlar renta to’laydilar. 
Undirma sanoatdagi renta tuproq hosildorligiga emas, balki yer qa’ridagi 
qazilma boyliklarga, ularning sifatiga, qazib olish xarajatlariga bog’liq 
bo’ladi. Shubhasiz, sayoz joylashgan, tarkibi boy, geologik sharoiti 
yaxshi, tashib olish oson boyliklar mavjud yerdan katta renta olinadi
chunki boyliklarni undirib, qayta ishlash kam xarajat talab etadi. 
Qurilish uchastkalari uchun ham renta to’lanadi. Bino-inshootlar 
muallaq turmay, yer ustida qad ko’taradilar. Qurilish dehqonchilik va 
sanoatga nisbatan yerni ishlatishning muqobil usulidir. Qurilish uchun 
to’lanadigan renta yerni boshqa usulda ishlatishdan keladigan rentadan 
ko’p bo’lgan taqdirdagina yer qurilish uchun ijaraga beriladi. Qurilish 
uchastkasidan undiriladigan renta miqdori faqat tuproq sifatiga emas, 
balki yerning joylashuv o’rniga ham bog’liq. Agar, yer qanchalik shahar 
markazida, ekologik sharoiti yaxshi bo’lsa, yoxud u kommunikatsiyalar 
(trasport, aloqa vositalari, yo’llar, suv va issiqlik quvurlari va h. k.) bilan 
yaxshi ta’minlangan bo’lsa, renta shunchalik yuqori bo’ladi, chunki bular 
qurilish xarajatlari va qurilgan bino-inshootlarni ishlatib turish sarfini 
qisqartiradi. 
Renta o’z turlaridan qat’iy nazar uni to’lovchilar uchun xarajat 
bo’lsa, yer egalari uchun daromad bo’ladi. U bir jihatdan doimiy 
xarajatlarni shakllantirsa, ikkinchi jihatdan odat’iy belgilangan daromadni 
tashkil etadi. 
Yerga talab uning taklifidan har doim ko’p bo’ladi. Uni nafaqat 
dehqoichilik, balki sanoat, transport, uy-joy, madaniy-maishiy qurilish 
ham yuzaga keltiradi. Yerni qishloq xo’jaligi yuritishdan boshqacha
muqobil ishlatish doirasining kengayishi, unga bo’lgan talabni muttasil 
oshirib boradi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling