Саноат ва кишлок хужалик асослари ма
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
sanoat va qishloq xojalik geografiyasi
Avtomobil transporti
Avtomobil (grekcha autos — o’zi, lotincha mobilis — harakatlanadigan, yuradigan) transporti yuk va yo’lovchi tashishda muhim ahamiyatga ega. Avtomobil transporti quyidagilarni o’z ichiga oladi: harakatdagi avtomobillar; avtomobil yo’llari; yoqilg’i bilan ta’minlash korxonalari; ta’mirlash korxonalari; avtovokzallar va h.k. Hozirgi paytda avtomobillarning turli xillari moddiy va nomoddiy ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida va turmushda ishlatiladi. Moddiy ishlab chiqarishda og’ir yuk ko’taradigan avtomobillar, avtopoezdlar, yo’lovchi tashishda esa avtobuslar, yengil mashinalar ishlatilmoqda. Bundan tashqari, maxsus avtomobil transporti ham bor (medisina, oziq- ovqat, harbiy, ilmiy va boshqa maqsadlarda ishlatiladigan). Yo’llar Avtomobil transportining asosiy tarkibiy qismidir. Yo’llar qattiq qoplamli va gruntli bo’ladi. Ikki tomonlama avtomobil harakati uchun yaroqli bo’lgan keng yo’l avtostrada deb ataladi. Bunday yo’llarning muayyan bir joylarida yon ko’chalardan ko’shiladigan kirish va chiqish joylari bo’ladi. Ko’ndalang o’tish joylari viaduklarda yoki tunnellarda bo’ladi va avtostrada bilan kesishmaydi. Juda katta masofaga cho’zilgan avtostrada trakt deb ataladi. Masalan, Katta O’zbekiston trakti Toshkentni Termiz bilan bog’laydi. Kattik qoplamli yo’llarni ko’pincha shosse deb ataladi, tor texnik ma’noda shosse tosh yo’lni anglatadi. Qattiq qoplami bo’lmagan, avtomobil va otarava yurishi uchun yaroqli bo’lgan yo’llar grunt yo’llari deb ataladi. Iqlim sharoitiga qarab ular mavsumiy bo’lishi mumkin. Ular tabiiy (qishloq, o’rmon yo’llari, karvon yo’llari, tog’ yo’llari) va yaxshilangan yo’llarga bo’linadi. 94 Avtomobil transporti yuk oborotining deyarli yarmi sanoat korxonalari va qurilish tashkilotlari xissasiga to’gri keladi. Avtomobil transportining yuk oboroti bo’yicha jahonda AQSH birinchi o’rinda, rivojlangan mamlakatlar avtoparkining 50 foizi AQSHga to’gri keladi. Avtomobil transportining afzalliklari quyidagilardan iborat: a) sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalarini magistral transport yo’llari va vositalari bilan bog’laydi; b) shaharlardagi va shahar atrofidagi yuklarning asosiy qismini tashiydi; v) qisqa (100 km) va uzoq masofalarga yuk tashishda qulay; g) yuklarni yo’llarda tushirib ortmay, bevosita iste’molchiga yetkazib bera oladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling