Саноат ва кишлок хужалик асослари ма
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
sanoat va qishloq xojalik geografiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
Quvur transporti
Quvurlar bosim ostida suyuq, gaz va qattiq (maydalangan) yuklarni tashiydigan transport turi. Vazifasiga va texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlariga ko’ra ular quyidagi guruhlarga bo’linadi: magistral (bunga xalqaro quvur yo’llari ham kiradi); maxalliy (undiruvchi, yiguvchi, taqsimlovchi); ichki, korxonalar miqyosida (neftni kayta ishlash zavodlari, neft omborlari). Quvurlar trassasi rel’efga bog’liq bo’lmaydi, shuning uchun eng qisqa masofadan o’tkaziladi. Ushbu transport turidan yoqilg’i tashishda keng foydalaniladi (neft, neft maxsulotlari, gaz, qisman ko’mir), undan tashqari, unda suv (vodoprovod) va sut ham tashiladi. Avstriya va Shvetsiyada baland tog’ yaylovlaridan sut (o’z oqimi bilan) quvurlarda tashiladi. Quvur transporti AQSH, Rossiya, Kanada, Yaqin va O’rta Sharq hamda yevropa mamlakatlarida rivojlangan. Eng o’zun neft va gaz tashiydigan quvurlar AQSH, Kanada va Rossiyada. Elektron transport Elektron transport, transport geografiyasining eng yangi tarmog’i hisoblanadi. Unda asosan elektroenergiya, tovush, tasvir va turli xil belgilar (telegraf) tashiladi. Elektron transportining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: elektr liniyalari, yuqori voltli elektr liniyalari, kabellar, antennalar, tovush, tasvir va belgi tarqatuvchi va qabul qiluvchi stantsiyalar. Ushbu transport to’rining rivojlanish darajasi ham davlatlarning umumiy rivojlanish darajasiga bog’liq. Tayanch tushunchalar: Transport, transport magistarli, yuk utkazish sur’ati, yulovchi oqimi, tranzit, transport tuguni, quruqlik transporti, temir yo’l transporti, avtostrada, trakt, shosse, grunt yo’llari, ot-arava, ulov transporti, suv transporti, kabotaj yuk tashish, bandargox, farvater, pristanh, porto-franko, 102 kema oboroti, regist-tonna, fraxt, tramp floti, tankerlar, trauler, yul transporti, aeroport, elektron transport. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling