Sanoatda fan-texnika taraqqiyoti va uning iqtisodiy samaradorligi


Download 53.82 Kb.
Sana10.06.2020
Hajmi53.82 Kb.
#117095
Bog'liq
62a17 Valixanov Muhriddin


SANOATDA FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTI VA UNING IQTISODIY SAMARADORLIGI

Kirish


  1. Sanoatda fan va texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish ahamiyati




  1. Sanoatda fan va texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari



  1. Fan va texnika taraqqiyootining iqtisodiy samardorligini aniqlash



  1. O’zbekistonda fan va texnika taraqqiyti yutuqlaridan foydalanishni baxolash.

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida tub siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, va ma’rifiy isloxotlarni jadal sur’atda amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, iqtisodiy isloxotlar natijasida mamlakatimizda erishilayotgan ulkan taraqqiyot bunga yaqqol misol bo’la oladi. Xususan, bu jarayonlarning negizida fan va texnika taraqqiyotining ahamiyati sezilarlidir.

Bizning davrimizda ilmiy va texnik taraqqiyot global ahamiyatga ega bo’lgan omilga aylandi. Ilmiy texnik taraqqiyot ko’p jixatdan mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyoti o’rtasidagi munosabatlarni belgilaydi. Ilmiy kashfiyotlar va ixtirolar insoniyat hayotini doimiy ravishda o’zgartiradigan ishlab chiqarish aparatlarida, ishlab chiqarishda, aholininig ite’molida keng miqiyosda axamyatlidir. Ilmiy-texnik taraqqiyot, har qanday mamlakatning ilmiy-texnikaviy salohiyati mamlakatlar iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. Ilmiy-texnik tadqiqotlar yangi bosqichi sharoitida, mamlakatlar iqtisodiyotini tarkibiy jihatdan moslashtirish sharoitida ilmiy va texnalogik potensial, to’plangan sanoat va ilmiy salohiyatga asoslangan rivojlanish, o’zini o’zi rivojlantirish tendensiyasi masalasi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Sanoatda fan-texnik taraqqiyotning bevosita natijasi yangiliklardir. Bu ilmiy bilimlar, amalga oshiriladigan muhandistlik va texnalogiyadagi o’zgarishlar, murakkab jarayonlarni puxtaligini ta’minlash va yuqori texnalogiyali mahsulotni yaratish, sotish bozorini yaratish, marketing, ishlab chiqarishni kengaytirish kabi muammolarni hal qilishga qodir. Bugungi kunda dunyodagi hech bir mamlakat ilmiy va texnalogik taraqqiyotning yutuqlarini iqtisodiy jixatdan samarali amalga oshirmasdan turib, aholi daromadlari va iste’mol muammolarini hal eta olmaydi. Mamlakatning ilmiy-texnik salohiyati tabiiy va mehnat resurslari bilan bir qatorda har qanday zamonaviy mamlkat milliy iqtisodiyoti samaradorligining asosini tashkil etadi.

Yurtimiz bugungi kunda rivojlanishning tez su’ratli yo’lida bormoqda, bunda O’zbekiston Respublikasi Prizidentining 2017-yil 7- fevraldagi PF-4947- sonli farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021- yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi “Harakatlar strotegiyasi” Respublikaning oldiga qo’ygan maqsadini ifodalovchi yo’l xaritasi xisoblanadi va unda belgilab berilgan milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko’rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko’paytirish, ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investisiya siyosatini olib borish kabi yo’nalishlar belgilangan (1).

Ayniqsa ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish masalasiga aloxida yondoshilgan. Shu kabi masalalarni ijobiy xal qilish xamda mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida innavatsion siyosatni izchillik bilan davom ettirishga qaratilgan davlat siyosatini ishlab chiqildi. Ushbu maqsadlarda 2020-yil “Ilm ma’rifat varaqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlandi. Albatta innovatsiyani joriy qilish fan-texnika taraqqiyoti bilan chambarchas bog’langan. Zamonaviy sharoitlarda jahon fani va innovatsiya faoliyatining yutuqlaridan keng foydalanish jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini izchil va barqaror rivojlantirishning, mamlakatning munosib kelajagini barpo etishning muhim omili bo‘lib bormoqda. O‘tgan davrda fan va texnologiyalarni rivojlantirish sohasida zarur infratuzilma yaratildi, muayyan intellektual va texnologik salohiyat shakllantirildi. Shu jumladan, O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan mamlakatimiz ilm-fani, yetakchi ilmiy maktablar, birinchi navbatda, eng yirik va muhim ahamiyatga ega tashkilot – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasini yanada rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ham qabul qilingan farmon va qarorlar yangi tarixiy voqeliklarga mos keladigan fan-texnika va innovatsiya sohasida davlat siyosatini izchil amalga oshirish uchun o‘ziga xos rag‘bat bo‘ldi.

Ilm-fan va ishlab chiqarishni integratsiyalashtirish, xususiy tadbirkorlar va davlat o‘rtasidagi hamkorlik, kichik va o‘rta innovatsion biznesning xalqaro aloqalarini qo‘llab-quvvatlash innovatsion faoliyatni keng rivojlantirishning muhim shartlaridir. Shuni ta’kidlash kerakki, dunyoning rivojlangan davlatlarida yangiliklarning qariyb yarmi tashkilotlar, kichik va o‘rta biznes firmalari tomonidan amalga oshirilmoqda. Chunonchi, AQSh Milliy ilm-fan fondi ma’lumotlariga ko‘ra, kichik firmalarda hayotga tatbiq etilayotgan yangiliklar soni sarf-xarajatlar birligi bo‘yicha o‘rta va yirik firmalarga qaraganda ancha ko‘pdir. Bundan tashqari, kichik firmalar yangiliklarni jadal o‘zlashtirish va iste’molchilarga yetkazib berishda ham yirik firmalarga qaraganda taxminan uchdan bir barobar ilgarilab ketgan.

Universitet va texnika institutlari ishlab chiqarish kompaniyalari va firmalar bilan birgalikda patentlangan ishlanmada o‘z ishtiroki ulushini belgilab tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirgandagina ilm-fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuv jarayoni katta samara beradi. Yevropa patent idorasi tomonidan berilgan barcha xalqaro patentlarning 85 foizi aynan shunday hamkorlikdagi ishlanmalar ulushiga to‘g‘ri kelishi ham bejiz emas.

Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, har tomonlama rivojlangan innovatsion tizimga ega mamlakatlardagina innovatsiya jarayonlari samarali amalga oshirilib, texnologiyalar va boshqa ilmtalab mahsulotlar tijoratlashtirilmoqda. Bu jarayonda davlatning ishtiroki, iqtisodiyotning real sektori va yetakchi kompaniyalarning innovatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlashi muhim ahamiyatga egadir. Zero, ilm-fan davlatning texnik taraqqiyoti va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlaydigan ushbu integratsiya mexanizmining asosini tashkil qiladi.

Bugungi kunda fan va texnika taraqiyoti natijasida 2019-yil Sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning o`sish sur`ati,  o`tgan yilga nisbatan 108%ni,


qazib oluvchi sanoat 115,8%, qayta ishlovchi sanoat 108,3%ni shu jumladan sanoat maxsuloti xajmi 148816,0 mlrd. so’mni tashkil etmoqda(2).



Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Fan va texnika tarqqiyoti sanoat iqtisodiyotining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadigan tarmoqlarini aniqlash. fan va texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari haqida ma’lumotlar to’plash, fan va texnika taraqqiyiotining iqtisodiy samardorligini aniqlash.

Ushbu maqsadni amalga oshirishda quydagi vazifalar belgilab olinadi:



  • ilmiy-texnik taraqqiyoti va uning mohiyatini aniqlash;

  • fan-texnika taraqqiyotining iqtisodiy tizim tomondan takror ishlab chiqarish muammolarini ko’rib chiqish;

  • ilmiy-texnik taraqqiyotning zamonaviy xususiyatlarini taxlil qilish;

  • fan va texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari haqida ma’lumotlar to’plash;

  • fan va texnika taraqqiyiotining iqtisodiy samardorligini aniqlash;

  • yurtimizdagi siyosatning fan-texnika va sanoat ishlab chiqarish korxonalariga ta’sirini ko’rib chiqish.


Kurs ishining qisqacha talqini: Ushbu kurs ishi Kirish, Asosiy qisim, Xulosa va Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatindan iborat.


  1. Sanoatda fan va texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish ahamiyati

Bugungi kunda har qanday davlatning barqaror taraqqiyot asosini innovatsion faoliyat tashkil etadi. Tarix shundan dalolat beradiki, inson o‘zining aql-zakovati bilan dastlabki mehnat qurollarini o‘ylab topishdan, algoritm va nanozarralar, zamonaviy innovatsion kompyuter, quyosh va boshqa yuqori texnologiyalarni kashf etishgacha bo‘lgan murakkab yo‘lni bosib o‘tdi.

Shu bilan bir qatorda ta’lim sohasi tizimiga, balki jamiyatning barcha sohalarining rivojiga o‘zining aks ta’sirini ko‘rsatadi. Shu bois ham ana shu ta’sir va bo‘shliqning oldini olish maqsadida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mazkur 2018-yilni “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi.

“Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejis emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar,innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak(3).

O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan mamlakatimiz ilm-fani, yetakchi ilmiy maktablar, birinchi navbatda, eng yirik va muhim ahamiyatga ega tashkilot – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasini yanada rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ham qabul qilingan farmon va qarorlar yangi tarixiy voqeliklarga mos keladigan fan-texnika va innovatsiya sohasida davlat siyosatini izchil amalga oshirish uchun o‘ziga xos rag‘bat bo‘ldi. Ana shu rag‘batlarni amaliy qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. BirinchiPrezidentimiz Islom Karimovning 1992-yil 8-iyuldagi “Ilm-fanni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish to‘g‘risida”gi farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-iyuldagi “Ilm-fanni rivojlantirishni va innovatsiya faoliyatini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi qarori ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish sohasidagi dastlabki asosiy hujjatlardir. Davlatimiz rahbarining 2006-yil 7-avgustdagi “Fan va texnologiyalar rivojlanishining muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston ilm-fanini boshqarish va moliyalashtirishni davlat tomonidan tartibga solish, uning sa’y-harakatlarini ustuvor sohalarga yo‘naltirishga qaratilgan islohotlar davom ettirildi.

Sir emaski, XXI asr - texnika va texnologiya asri. Ha, bu nom bejizga berilmadi. Atrof-muhitda sodir bo‘ladigan hodisalar uni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni yanada orttirdi. Bu qiziqish ortidan ilm-fan sohasida misli ko‘rilmagan kashfiyotlar paydo bo‘ldi va paydo bo‘lmoqda. Kundan kunga kishini hayratga soladigan yangiliklar yaratilmoqda.Bu borada O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning quyidagi fikrlarini keltirib o‘tishni o‘rinlidir: “Kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq”.

Darhaqiqat, farovon kelajak poydevori hozirda unib-o‘sib kelayotgan yoshlar hisoblanadi. Shu sababli, ularning yuqori bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib voyaga yetmoqlari muhim omildir.

Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohalarda bo‘layotgan tezkor o‘zgarishlar ta’lim tizimini ham tubdan isloh qilishni taqozo etmoqda, chunki mukammal ta’lim tizimi orqali Respublikamizning kelajak intellektual imkoniyatlarini va uni gullab yashnashi hamda rivojlanishini belgilab beruvchi yoshlarni har tomonlama ijodkor, mustaqil faoliyat yuritadigan qilib tarbiyalashda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ta’limda eng muhim strategik yo‘nalish ta’lim muassasalarining innovatsion faoliyati hisoblanadi. Bu esa barcha ta’lim muassasalarida,ayniqsa ijodkor, yuqori salohiyatli mutaxassis kadrlarni tayyorlovchi oliy ta’lim maskanlarida innovatsion texnologiya ko‘rinishida faoliyat olib borish dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelgan.

Xususan, hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kuchaygan.

Ma’lumki, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da “...ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o‘quv-tarbiya jarayonini yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlash” vazifalari belgilab qo‘yilgan. Mamlakatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi uchun aholi ta’limini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadi ham ilg‘or pedagogik tadbirlardan, texnologiyalardan keng foydalanishimizni talab etmoqda.

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda, “Biz rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan zamonaviy davlat qurish yo‘liga qadam qo‘yib, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari izchillik bilan o‘tishni ta’minlar ekanmiz, faqat milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi zaruratini teran anglaydigan, zamonaviy bilimlarni, intellektual salohiyat va ilg‘or texnologiyalarni egallagan insonlargina o‘z oldimizga qo‘ygan strategik taraqqiyot maqsadlariga erishishi mumkin ekanini hamisha o‘zimizga yaxshi tasavvur etib kelmoqdamiz”

Innovatsion texnologiyalar asosida mantiqiy fikrlash uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonida ma’lum o‘zgarishlarga, ta’lim mazmuni, sifati boyishiga va samarali tashkil etilishiga sabab bo‘ladigan turli tashabbus va yangiliklarning yaxlit tizimida namoyon bo‘ladi. Ilm, fan va texnikaning jadal rivojlanishi, yangi texnika va texnologiyalarning jamiyatning barcha qatlamlariga kirib borishi, axborot texnologiyasi vositalarining barcha davlat va nodavlat muassasalarida qo‘llanilishi o‘qituvchilardan uzluksiz bilim olishni talab qilmoqda. O‘qituvchilarning faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, ular boshqaruvchi, muloqot qiluvchi, yo‘naltiruvchi, tashkil etuvchi va baholovchi rollarini amalga oshirishlari kerak bo‘ladi.

Ta’lim tizimini isloh qilishning zarurligini tushunib yetish, amaliyotda ta’lim muassasalarini innovatsion jarayonlarga qo‘shilishini taqozo etmoqda, o‘zini yaratish imkoni mavjud innovatsion maydonda ko‘rish va eng muhimi aniq yangiliklarni o‘zlashtirishdan iborat.



Fan-texnika taraqqiyoti va uning iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati shundaki, XXI-asrda qo`llaniladigan texnika qaysi sohalarga, tarmoqlarga yoki ishlab chiqarish korxonasiga tegishli bo`lmasin,ularga kompyuter elementlari kiritiladi.Hozirgi zamon texnikasining asosini mashinalar tashkil qiladi. Ular qanday ishni bajarishiga ko`ra bir-biridan farqlanadi. Fan-texnika taraqqiyoti mavjud texnikani takomillashtirishni, yangi, ancha samarali texnikani, texnologiyani, xom-ashyoni, materiallarni yaratish va joriy qilishni, shuningdek, mehnatni va ishlab chiqarish va tashkil qilishni yaxshilashni o’z ichiga oladi. Chunki hozirgi zamon texnikasi: Birinchidan, xuddi mana shu texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligi o’sishi, mahsulot birligiga mehnat sarfi kamayishi va uning ishlab chiqarishda band bo’lgan har bir kishi hisobiga ishlab chiqarilishi ko’payishining bosh omili xizmatini o’taydi. Yangi texnika va texnologiya mehnatni va ishlab chiqarishni ilg’or tashkil qilish bilan uyg’unlashgan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirishga yordam beradi, bu esa butun jamiyatning va har bir kishining ortib borayotgan ehtiyojlarini to’laroq qondirish imkonini beradi;

Ikkinchidan, texnika taraqqiyoti uskuna va moddiy resurslardan ancha samarali foydalanish uchun sharoit yaratadi. Yangi mashinalar ancha unumdorgina emas, balki ishlatishda ancha chidamli, boshqarilishi oson hamdir. Texnika taraqqiyoti, ayniqsa texnologiyasi takomillashtirish mahsulot birligiga sarflanadigan xom ashyo va materiallar miqdorini qisqartiradi, shuningdek, ancha arzon xom ashyodan foydalanish imkonini beradi. Bu esa mahsulot sermehnatligini kamaytirish bilan uyg’unlashgan holda ishlab chiqarish xarajatlari qisqartirilishiga, korxona va davlat daromadlari ortishiga sharoit yaratadi;

Uchinchidan, texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil qilishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Yuqori unumdor texnika, ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish sharoitida eng ko’p samara beradi;

To’rtinchidan, texnika taraqqiyoti mehnat xarakterini tobora o’zgartirib, uni yengillashtiradi. Texnika taraqqiyoti asosida malakasiz qo’l mehnati ixtisoslangan mehnat tomonidan tobora ko’proq siqib chiqariladi. Hozirgi zamon ishchisi o’ta murakkab texnikaning nozik jihatlarini bilib olgan bo’lishi, uni tez o’zlashtirib olishi va undagi mavjud barcha imkoniyatlardan mehnat unumdorligini oshirishda foydalanishi kerak. Undan o’z profissional, texnikaviy va iqtisodiy bilimlarini, umumiy madaniy darajasini doimo oshirib borish talab qilinadi.


Texnalogiyalarni joriy qilish


Mehnatni unumli tashkil qilish

Ilg’or texnalogiya



Fan-texnika taraqqiyoti



Sifatli xomashiyo yaratish




Mehnat samaradorligini oshirish



Ko’proq maxsulot yaratish

Endi yangi texnika va texnologiyani joriy etish haqida fikr yuritamiz. Ishlab chiqarishdagi texnika taraqqiyotining muhim yo’nalishi texnikani muntazam ravishda takomillashtirishdan. Eskirgan texnikani yangi birmuncha unumliroq va tejamliroq texnika bilan almashtirishdan iboratdir.Texnikani takomillashtirish mashinalar, agregatlar va mexanizmlar quvvatini orttirish, ularning ishlash tezligini oshirish, boshqarishda, odatda, ko’p jismoniy mehnat sarflanishini talab qiluvchi oddiy mashinalardan yarimavtomat va avtomat mashinalar va liniyalarga, kompleks-mexanizasiyalashgan va avtomatlashgan sexlar va korxonalarga o’tish yo’li bilan bormoqda. Mashinalar va boshqa texnikaning mustahkamligini oshirish ham katta ahamiyatga egadir. Texnika qanchalik mustahkam bo’lsa, ishchilarning bekor turishi shunchalik kam bo’ladi, uskuna remonti uchun shunchalik kam vaqt va mehnat talab qilinadi.Ishlabchiqarish texnologiyasi, ya’ni mahsulot tayyorlash va ishlarni bajarish usullari ham tez sur’atlar bilan o’zgarmoqda. Yuqoridagilarning hammasi iqtisodiy o’sish uchun omil bo’lib hisoblanadi. Shu o’rinda iqtisodiy o’sish deganda nimani tushunmoq kerakligi haqida bir oz fikr yuritaylik, iqtisodiy o’sish deganda ijtimoiy mahsulotni ma’lum vaqt davrida sifat va miqdor jihatidan takomillashuvi va o’sishi, buning natijasida, resurslar cheklanganligi bilan bog’liq bo’lgan muammolar hal bo’lishi tushuniladi. Masalan: Hindistonda yalpi milliy mahsulot Shveysariyaga nisbatan 70% ga ko’p, ammo aholisining turmush darajasi Shvesariyaga nisbatan 60 martacha past (aholisining soni ko’p bo’lgani uchun). Bundan, fan-texnika taraqqiyotini ishlab chiqarishga joriy qilishning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy ahamiyati nihoyatda katta ekanligini korish mumkin.



  1. Sanoatda fan va texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari

Bozor  iqtisodiyotiga  o ‘tish  sharoitida  fan-texnika  taraqqiyotining uchta asosiy yo‘nalishidan  foydalanish mumkin:
a)  an’anaviy  yo‘nalish; 
b) zamonaviy  yo‘nalish; 
v) istiqbolli,  ustuvorlik yo‘nalishlar. 
An’anaviy  yo‘nalishga  elektrlashtirish, mexanizatsiyalash, qisman avtomatlashtirish,  kimyolash kiradi. Zamonaviy  yo ‘nalishga  elektronizatsiyalash,  kompleks  mexanizatsiyalash,  kompleks  avtomatlashtirish(robotlashtiris, kompyuterlashtirish),atom  energetikasini  jadal  rivojlantirish, yangi  materiallarni  ishlab chiqarish  va  ularga  ishlov  berish, hozirgi  davr  talabiga javob  beradigan  texnologiyalami  qo‘llash,119 undan  foydalanishda  texnologiyaning  ekologiyaga  salbiy  
ta’sirini  kamaytirish,  imkoni  boMsa  butunlay  yo'qotish  yo‘llari kiradi. 
Afzallik, ustuvor yo ‘nalishlarga quyidagilar kiradi: 
-elektronizatsiyalash,  biotexnologiyani  keng  joriy  etish, iqtisodiy informatikani  
ko‘paytirib,  rivojlantirib,  ishlab  chiqarishni  to ‘la  axborotlashtirish,  fundamental fanlar  b o ‘yicha izlanishlarni  kuchaytirish; 
- yangi,  ilg‘or (progressiv) texnologiyalarni joriy etish; 
texnika va texnologiya, elektr energiyasi va yoqilg‘ilarning,  xom  ashyo  va  materiallam ing  eng  yangi turlarini  yaratish; 
-  mavjud  mashina  va  mexanizmlami.  asbob-uskuna  hamda  
jihozlam i  modemizatsiyalash. 
Bozor  iqtisodiyotiga  kirib  borish  munosabati  bilan  ilm-fan  
sohasiga  turli  atam alar  va  tushunchalar  kirib  kelmoqda. 
Masalan,  «Nau-xau»,  innovatsiya,  lizing,  texnopolis,  venchur,  
injmering, tender,  nanotexnologiya va h.k.lar, 
«Nou-xau»  -   bu,  texnik,  tashkiliy-iqtisodiy,  tijorat  bilimlari  
va  tajribaning  yig‘indisi  b o iib ,  almashish  predmeti  hisoblanadi. 
«Nou-xau»  tipidagi  axborot  (informatsiya)  raqobatli  ishlab  
chiqarishning,  savdoning  omili  sifatida  ro ‘y  benshi  mumkin. 
«Nou-xau»ning  eng  xarakterli,  tavsifiy  tomoni  -   bu,  texnik  
bilimlarning  yangiligida  va  aniq,  ishlab  chiqarish  va  tijorat 
vazifalarini  
bajarish  
uchun  
foydali ligi dadir.  
Uni  
amalga  
oshirishda shartnoma  tuziladi:  har xil  chizmalar,  loyihalar,  smeta 
(boiadigan  kirim-chiqim  hisobi),  texkartalar,  metodikalar  (biror  
narsaga  o ‘rgatish  usullari),  formulalar  (shartli  belgilar  bilan 
ifodalangan  matematik  miqdorlar),  texnik  m a’lumotlar  va  h.k. 
tanishtiriladi.  Eksporter  bu  m a’lumotlarni  yetkazib  beradi, 
importer esa qabul  qilib  oladi. 
“Innovatsiya"  
-   
atamasi  
“yangilik  
kiritish”  
yoki  
“yangiliklar”  tushunchalarining  sinonimidir.  Yangilikni  joriy 
etish:  
birinchidan,  
texnika  
va  
texnologiya  
avlodlarini 
120 

almashtirishni  


ta ’minlash  
uchun  
iqtisodiyotga  
sarflangan  
m ab lag lar  b o ‘lsa;  ikkinchidan  esa,  ilmiy-texnika  yutuqlari  va  
ilg‘or  tajribasiga  asoslangan  yangi  texnika  va  texnologiyalar. 
Ixtirochilikning  rivojlanishi,  biror  yobnalishdagi  yirik  ixtiro  va 
kashfiyotlar  maydonga  kelishi  innovatsiyaning  muhim  omillari 
hisoblanadi. 
Lizing  -   mashina,  asbob-uskuna,  transport  vositalari,  ishlab  
chiqarish inshootlarini  uzoq muddatli  ijaraga olish;  uzoq muddat 
foydalaniladigan  tovariar  eksportini  kreditlash  shakllaridan  biri. 
Lizingning asosan moliyaviy va oddiy turi mavjud. 
Moliyaviy lizing -  muayyan  muddatda  ijaraga  beruvchining 
kapital  xarajatlarini  to‘liq  qoplashga  yetarli  to ‘lovlardan  iborat 
bo ‘lib, mulk egasiga bir miqdor foyda ham beradi. 
Oddiy  lizing  -   ijara  davrida  ijaraga  olingan  mulk  qisman 
am о rti/ats i у a! an ad i.  Lizing  kompaniyasi  asbob-uskunalar  sotib  
olib,  ularni  ijarachi  firmaga,  odatda,  bir  yildan  10-15  yilgacha  
ijaraga  beradi.  
Lizingda  ijarachining  shartnoma  muddati  
tugagandan  so ‘ng  asbob-uskunalarni  qoldiq  qiymati  b o ‘yicha  
sotib  olish  (bu holda  egalik huquqi  yangi  sohibga  o ‘tadi);  yangi 
kelishuv  asosida  shartnoma  muddatini  cho‘zish;  moddiy 
boyliklami  lizing  kompaniyalariga  qaytarish  va  boshqalar 
k o ‘zda  tutilishi  mumkin.  Tomonlar  lizing  shartnomasida 
k o ‘rsatilgan  davr  mobaynida  uni  buzishga  haqi  yo'q.  Lizing 
kompaniyalari  mashina  va  uskunalar  sotib  olish  uchun  shaxsiy 
va  qarzga  olingan  mablag'lardan  foydalanadilar.  Davlat,  odatda, 
ularga qarz olishlari  uchun  imtiyozli  sharoitlar yaratib beradi.
Venchur -  kichik biznesning bir turi.  Uning  mohiyati  ilmiy- 
muhandislik  
ishlari,  
yangi  
texnika,  
texnologiya,  
tovar  
namunalarini  yaratish,  ishlab  chiqarishni  boshqarish,  tijorat 
ishini  tashkil  qilish  usullarini  ishlab  chiqish  va  amaliyotga joriy 
etish,  yirik  firmalar  va  davlat  ijara  kontrakti  buyurtmalarini 
bajarishdan  iborat.  Bu  ishlar  bilan  «Venchur  korxonalar»i 
shug‘ullanadi.  Ular  tarkibida  tijoratda  vositachi  b o ‘lgan  kor­
xonalar  ham  b o ‘Iadi.  Venchur  korxonalar  tcxnikaning  yangi
121 

yo‘nalishlarida  ish  ko ‘rib,  fan-texnika  taraqqiyotiga  katta  hissa  


qo ‘shadilar.  
Ular  
venchur  
moliyalashtirishda  
ham  
faol  
qatnashadilar va moliyaviy m ablag1 to ‘plab,  uni  ishga soladilar.
Injiniring  (ixtirochilik),  muhandislik  maslahat  xizmatlari  -  
tijoratehilik  qoidalariga  asoslangan  holda  ishlab  chiqarishni 
tashkil  etishni  ta ’minlash,  mahsulot  sotishni  uyushtirish,  ishlab 
chiqarish  obyektlarini  qurib,  ishga  tushirish  yuzasidan  maslahat 
berish.  Bu  ish  bilan  maxsus  ixtisoslashgan  injiniring  firmalari 
shug‘ullanadi,  ular  mustaqil  firma  sifatida  bir  vaqtning  o ‘zida 
bir  necha  mijozlarga  xizmat  qiladi.  Eksport  injininng  firmalari 
boshqa  mamlakatlarga  xizmat  ko‘rsatadi.  Ular  chet  eldagi  ilmiy 
g ‘oyalar va texnik  ishlanmalar bozorida  litsenziya  sotadi,  texnik 
yangiliklami  xorijda  joriy  etadi.  Injiniring  kompaniyalari 
daromadi  k o ‘rsatilgan  injiniring  xizmatiga  bog‘liq  bo‘ladi. 
Xalqaro  injiniring  xizmati  ishning  texnik-tashkiliy  va  tijorat  
tomonlari  ko‘rsatilgan  kontrakt  shaklida  rasmiylashtiriladi. 
Injiniring  mohiyati  pullik,  muayyan  xizmatlarga  buyurtmaning 
bir  ko ‘rinishidir.  Injiniring  xizmatlari  bozori  -   xalqaro 
bozoming  bir  turi,  injiniring  xizmatlarining  davlatlararo  oldi- 
sotdi  qilinishidir. 
Tenderlar  -   bozorda  yoki  xalqaro  bozorda  mashina  va 
uskunalami  xarid  etish,  qurilish-montaj  ishlarini  bajarish,  in-  
jinering  xizmati  ko ‘rsatish  uchun  tanlov  asosida  buyurtma  be­
rish.  Xaridor  yoki  buyurtmachi  eng  avval  konkurs  e ’lon  qilib, 
hammani  o ‘z  shartlari  bilan  tanishtiradi.  Shunga  asosan 
konkursda  ishtirok  etuvchi  
firmalar,  konsortiumlar  yoki  
korxonalar  o ‘z  takliflarini  -  tenderlarini  xaridor,  buyurtmachiga 
yuboradi.  Tendemi injiniring firmalari  hujjatlashtiradi. 
Fan-texnika  
taraqqiyotining  
muhim  
an’anaviy  
yo‘nalishlaridan  
biri  
ishlab  
chiqarishni  
elektrlashtirishdir.  
Elektr'lashtirish  deganda  elektr  energiyasini  yetarli  darajada 
ishlab  chiqarish,  uni  kcrakli  joylarga  uzatish  va  undan  keng 
foydalanish  jarayoni  tushuniladi.  
Uning  moddiy  
asosini  
elektroenergetika  tarm og‘i  tashkil  etadi.  U  elektr  cnergiyasi
122 

ishlab  chiqaradigan  jihozlam i  (elektrostansiyalami),  iste’mol- 


chilarga  uni  yetkazib  beruvchi  jihozlam i  (podstanstiyalami)  va 
elektr uzatkichlami  o ‘z ichiga oladi. 
Elektr energiyasi  har turli  stansiyalarda ishlab chiqariladi:
•  
suv bilan  ishlaydigan  elektr stansiyalar (GESlar); 
•  
issiqlik  elektrostansiyalari  (GRESlar); 
•  
atom  elektrostansiyalari; 
•  
quyosh  elektroslantiyalari; 
•  
shamol  va boshqa elektrostansiyalar. 
Ekspertlaming  dalolat  berishlaricha,  keyingi  yuz  yillikning
o ‘rtalarida  sayyoramizda  energiya  ishlab  chiqarish  hozirgi 
darajadan  o ‘n  baravar  ortadi.  Bunday  o ‘sishni  qayta  tiklanmay- 
digan  organik yoqilg‘i  yordamida ta’minlash  mumkin  emas.  Shu 
sababli  
energetika  
muammosi  
eng  jiddiy  jahonshum ul  
muammolardan biriga aylamnoqda. 
Hozirgi  
vaqtda,  
jahon  
energetikasi  
asosan  
organik  
yoqilg‘idan  foydalanishga  asoslanadi.  Umuman,  energetika 
balansida  neft  va  gazning  ulushi  taxminan  50  foizni,  k o ‘mir  35 
foizni  tashkil  etadi  va  atigi  15  foizi  atom  elektrostansiyalari, 
gidroenergetika  va  boshqa  manbalar  ulushiga  to ‘g ‘ri  keladi. 
Biroq  insonning  energetika  iste’moli  shu  qadar  tez  sur’atda 
o ‘smoqdaki,  
organik  
yoqilg‘i  
kabi  
an’anaviy  energetika  
resurslarining  zaxiralari  navbatdagi  yuz  yillikdayoq  yetarli 
b o ‘lmay  qoladi.  Shu  sababli  insoniyat  oldida  yangi  energiya 
manbalarini  egallashdek  dolzarb  vazifa  turibdi.  Hozirgi  paytda 
quyosh,  atom  (og‘ir  elementlaming  bo‘linishi)  va  yadro 
energetikasi  (yengil  yadrolam i  termoyadroviy  sintez  qilish)  ana 
shunday manbalar hisoblanadi. 
Yer  sathiga  yetib  keladigan  quyosh  energiyasining  umumiy 
miqdori  insoniyat  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  batamom 
yetarlidir. Buning yana bir afzalligi,  ancha arzonga tushadi.
Olimlaming  hisoblariga  qaraganda,  XXI  asrning  o ‘rtalariga 
borib,  butun  dunyoda  jon  boshiga  elektr  iste’mol  qilish  3-4  
barobar  ortadi.  Buni  qanday  ta ’minlash  mumkin?  Organik
123 

yoqilg'ini  ishlab  chiqarishni  kamaytirish  kerakmi  yoki  yo‘qmi? 


Albatta,  bu  savolga javob  topish  kerak.  Bu  muammoni  hal  etish 
ohmlar va mutaxassislar oldiga katta vazifalar qo ‘yadi. 
Atom  energetikasining  afzalliklari  va  kasofati  to ‘g ‘risida 
ikki  og'iz  so‘z:  AESlarning  yemirilishi juda  murakkab  vaziyatni 
keltirib  chiqaradi.  Avariya  paytida  radioaktiv  moddalar  ajralib 
chiqa  boshlashi  katta  hududning  radiaktiv  zararlanishiga  olib 
kelishi  mumkin.  Shunday  qilib,  AESlarni  barpo  etish  xavfsizlik 
bilan  bog‘liq  b o ‘lgan  prinsipial  yangi  omilni  keltirib  chiqaradi. 
Bu  
omil  naqadar  jiddiy  ekanligini  
esa  Chem obil’  
va  
Yaponivaning  
“Fukusima"  
AESlaridagi  
avariya  
yaqqol  
k o ‘rsatdi. 
0 ‘zbekistonda  ishlab  chiqarishni  elektrlashtirish  borasida 
juda  katta  ishlar  amalga  oshirilishi  tufayli  yildan-yilga  elektr  
energiyasi  ishlab  chiqarish  ko'paymoqda.  Agar  2012-yilda  53
mlrd.  kVt  soat  elektr  energiyasi  ishlab  chiqarilgan bo4sa,  2019- 
yilda  69  mlrd.  kVt/  soatga  yaqin  elektr  energiyasi  ishlab 
chiqarildi. 


4.O’zbekistonda fan va texnika taraqqiyti yutuqlaridan foydalanishni baxolash.


1Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017-йил 7-февралдаги “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги ПФ-4947 сон фармони // “Халқ сўзи”, 2017-йил 8-феврал

2Stat.uz

3Xalq.uz

Download 53.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling