Sanoatda rangli metallar ishlab chiqarish


Download 46.5 Kb.
bet2/2
Sana07.01.2023
Hajmi46.5 Kb.
#1082608
1   2
Bog'liq
4. SANOATDA RANGLI METALLAR ISHLAB CHIQARISH

Misni sulfidli rudasi:
Mis kolchedani CuFeS2
Barnit Cu3FeS3
Kovellin CuS
Mis yaltirog'i Cu2S
Misni oksidli rudasi:
Qizil mis Cu2O
Malaxit CuCo3*Cu(OH)2
Xrizokol CuSiO3*2H2O
Sulfidli rudalar dunyodagi qazilma rudalarni 80-82 % tashkil etadi. Eng ko'p o'chraydigan Cu2S*CuFeS2 dir. Ulardan sanoatda mis olinadi. Zaxirani qolgan 15 % mis rudalari oksidli rudalari bo'lib, qolgan % ni 3-5 % mis sof holda olinadi.
Sof mis qizil rangda bo'lgani uchun, uni qizil mis deb yuritiladi.
Mis rudalariga qoida buyicha maolum miqdorda boshqacha nodir metallar oltin, kumush, qurg'oshin, rux, platina va boshqalar uchraydi.
Rudani tarkibidagi bekorchi jinsni, kvarts, qum, gil tuproq, barit va boshqalar tashkil etadi.
Asosiy mis ruda konlari Uralda, O'zbekistonda (Olmaliq), Qozog'iston, Kavkazda va Tojikistonda mavjud.
Aytdikki mis rudalarida sof misni miqdori 2% o'rtasida, demak rudada bkorchi jins ko'p bo'ladi. Unday rudalarda misni ajratish juda ham qiyin ish hisoblanadi. Shuning uchun mis metallurgiyasida ham rudani boyitiladi, yaoni rudada foydali metalni miqdori sunoiy ravishda oshiriladi. Mis rudalarini ikki xil usul bilan boyitiladi:
1. Ruda tarkibidagi bekorchi jins solishtirma og'irligi buyicha
2. Flotatsion usuli bilan boyitish.

Birinchi usul bilan mis rudalarini boyitishda ruda turli mashinalarda 2-15 mm gacha maydalanadi. (shar tegirmonlari). Maydalangan ruda va bekorchi jins maxsus chuktirish mashinalarida suv oqimi bilan bir-biridan ajratiladi. Buni temir rudalarini boyitishni ko'rdik.
Rudani flotatsion usuli bilan boyitish uchun rudani maxsus tegirmonlarda un qilinadi va o'lchamlarini 0.05-0.5 mm ga olib kelinadi. Flotatsion usul bilan rudani boyitish bekorchi jins va mis zarrachalarini suv bilan turlicha namlashga asoslangan.
1-rasm. Flotatsion mashina sxemasi.
Qiya yashikni tubdonli maginaga suv va maxsus moy aralashmasi quyiladi. Mashina tubidan to'qima orqali havo beriladi. Havo kameraga tushayotgan ruda unlarini yaxshi
aralashtiradi va namlanishini taominlaydi. (maydalangan rudaga 100-300 gr/t flotatsion
reagent qushib aralatiriladi.)
Misni sulfidli birikmalari bekorchi jinsga qaraganda suv bilan yaxshi namlanmaydi va yuzalariga yopishgan moy zarralari bilan ko'pik holida yuqoriga suzib chiqadi va uni yig'ib olinib, qayta ishlashga uzatiladi.
Bekorchi jinslar g'ovak bo'lib, suv bilan yaxshi xullanib, mashinani ostki qismiga tuplanadi va u yerdan tashqariga chiqariladi. Bu usul bilan boyitganda konsentrat tarkibida 20-30% mis bo'ladi. Ko'p tagli vertikal pechlardan tarkibida S ko'p bo'lgan rudalar va konsentrat boyitiladi. Shunday jarayon Oxangaron matellurgiya kombenatida mavjud.
1.Aylanuvchi val d=1.2-1.5m
2.Lopast (qirgich)
3.Taglik
4.Pech devor
5.Valdagi teshiklar
6.Forsunka
7.Bunker
Pechga havo va gaz berilib yondiriladi. Natijada pechni ishchi fasosida 600-8000S issiqlik ajraladi.
Ajralgan issiqlik ruda va konsentrat tarkibidagi S ni parchalaydi va S havo
kislorodi bilan SO2 hosil qilib tashqariga chiqadi. SO2 gazi sulfat kislota olishda
ishlatiladi.
Ruda va konsentrat bunkerdan taglikka tushadi. Qirgich taglik teshiklaridan rudani qirqib ostiga tushiriladi. Ruda unlari yuqoridan pastga bir metrda tushib turadi. Boyilgan ruda pechdan muntazam chiqarilib turiladi.
Sulfidli mis rudalari va konsentratlar qizdirilib oksidlantirilgandan sung shaxtali yoki alangali pechlariga tushadi va shteyn olinadi.
Eng ko'p tarqalgan pechlar bular alangali pechlar hisoblanadi.
Shteyin bu asosan mis sulfidi va temir hamda ozroq qushimchalardan iboratdir.
Boyitilgan mis rudalarni eritishni ikki xil usuli mavjud:
1.Pirometallurgik usul
2.Gidrometallurgik usul
Pirometallurgik usul bilan boyilgan mis rudalarini eritish bizda asosiy usul bo'lib, bu usul bilan mayda ruda va konsentratlarni arzon yoqilg'ida alangali pechda eritish mumkin.
Download 46.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling