SANOATDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
ЦИФРОВЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ПРОМЫШЛЕННОСТИ
DIGITAL TECHNOLOGIES IN INDUSTRY
ID: 37094
Volume 1, № 1
September 2023
DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.8386739
YENGIL SANOAT TARMOQLARI
ЛЕГКАЯ ПРОМЫШЛЕННОСТЬ
LIGHT INDUSTRIES
www.srt-journal.uz
153
OPTIMALLASHTIRISHNING ALGORITMIK TIZIMI STRUKTURASI VA UNING
ISHLASHINI TASHKIL ETISH
H.K.Xoliyorova
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
E-mail:
xoliyorovah@gmail.com
Annotatsiya. Maqolada optimallashtirishning algoritmik tizimi strukturasi va uning ishlashini
tashkil etishda optimal muhandislik konstruksiyalarini avtomatlashtirilgan loyihalashning
algoritmik va dasturiy komponentlari faoliyatining tashkil etilishi va strukturasi tavsiflangan.
Kalit so‘zlar: Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi, algoritmik tizim, belgilar banki, model,
matematik dasturlash, optimallashtirish.
STRUCTURE OF THE ALGORITHMIC SYSTEM OF OPTIMIZATION AND
ORGANIZATION OF ITS OPERATION
H.K.Xoliyorova
Karshi Engineering-Economics Institute
E-mail:
xoliyorovah@gmail.com
Abstract. The article describes the organization and structure of the algorithmic and software
components of the automated design of optimal engineering structures in the structure of the
algorithmic system of optimization and its operation.
Keywords: Automated design system, algorithmic system, symbol bank, model, mathematical
programming, optimization.
Kirish. Muhandislik konstruksiyalarini yuqori sifatli va ishonchli
loyihalash bilan bir
vaqtda materiallar va boshqa moliyaviy hamda mehnat resurslarini iqtisod qilish, shuningdek
loyihalash muddatlarini qisqartirishni zamonaviy kompyuter texnikasi asosidagi
avtomatlashtirilgan loyihalash va optimallashtirishning zamonaviy
usullarini jalb etmasdan
amalga oshirishning imkoni yo‘q.
Zamonaviy fan rivojlanishining markaziy yo‘nalishlaridan biri u yoki bu sinfdagi
masalalarni yechishga mo‘ljallangan yangi matematik modellar, samarali algoritmlar, amaliy
dasturlar paketlari va tizimlarini ishlab chiqish hisoblanadi[1-3].
Jamiyat rivojlanishining raqobatga asoslangan bozor strategiyasi loyihalash muddatlariga
bo‘lgan qat’iy talablarni qo‘ymoqda. Bunday sharoitlarda avtomatlashtirilgan
loyihalash
tizimi (ALT) dan foydalanish eng muhim zaruriyat bo‘lib qoladi. Mamlakat xalq xo‘jaligining
taraqqiyoti va ushbu sektorda fanning rolini ortib borishi ilmiy-texnik xodimlar oldiga ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish, materiallarni tejash, mahsulot sifatini oshirish, ob’ektlarni
loyihalash va ishga tushirish muddatlarini qisqartirish kabi muammolarni qo‘yadi.