Sanoatda zamonaviy boshqaruv tizimi
Boshqaruvning zamonaviy tuzilishi
Download 133 Kb.
|
4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- tarkibiy tuzilishi
- Tarmoq boshqaruv
Boshqaruvning zamonaviy tuzilishi
Xujalikka raxbarlikning tamoyillari va usullari ishlab chiqarish jarayonida insonlarga boshqaruvning tegishli shakllari va boshqaruv idoralari xamda ularning tashkiliy tuzilmalari orqali ta’sir etadi. Mamlakat iqtisodiyoti va uning tarmoqlarini rivojlantirishning muhim masalalari davlat iqtisodiy siyosatini belgilaydigan va xayotga tatbiq etadigan oliy idoralar (Prezident devoni, Oliy Majlis Senati, Vazirlar Mahkamasi) tomonidan qarab chiqiladi. Sanoatni rivojlantirishning qonun bilan xal etiladigan masalalari (masalan, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning istiqboli va yillik rejalari, sanoat boshqaruvining yangi idoralarini tashkil etish) mamlakat davlat xokimiyati oliy idorasi — Oliy Majlis Senati tomonidan muxokama qilinadi va xal etiladi. Xalq xujaligiga, shu jumladan, sanoatga kundalik raxbarlikni davlat xokimiyatining ijro etuvchi va boshqaruvchi oliy idorasi — Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasining tarkibini Uzbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi va u Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlanadi. Uzbekiston Respublikasi Prezidenti ayni paytning uzida Vazirlar Mahkamasining Raisi xisoblanadi. Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, shu jumladan, sanoatning samarali faoliyatiga raxbarlikni, sanoat ishlab chiqarishga tegishli bo`lgan barcha qonunlar, Uzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlar va farmoyishlar ijrosini ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunlarga muvofiq Uzbekiston Respublikasi xududidagi barcha idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fukarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo`lgan qarorlar va farmoiyshlar chiqaradi. Bu mahkamaning tarkibiy tuzilishi quyidagi ...-chizmada berilgan (...-chizma): INCLUDEPICTURE "../../../../../ттттт/kril%20lotin/media/image2.png" \* MERGEFORMAT INCLUDEPICTURE "../../../../../ттттт/kril%20lotin/media/image2.png" \* MERGEFORMAT INCLUDEPICTURE "../../../../../ттттт/kril%20lotin/media/image2.png" \* MERGEFORMAT INCLUDEPICTURE "../../../../../ттттт/kril%20lotin/media/image2.png" \* MERGEFORMAT 3-chizma. Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiy tuzilishi Uzbekiston sanoati tasarrufida unlab mustaqil tarmoqlar, ming-minglab korxonalar faoliyat kursatmoqdalar. Ularning xar birini rivojlantirish, bir-birlari bilan uzaro muvofiqlashtirish, respublika xududlarida joylashtirish, mahsulot (ish bajarish va xizmat kursatish)ga bo`lgan talabni aniqlash va boshqa juda murakkab, keng qamrovli masalalarni uz vaqtida, oqilona xal etish tarmoq boshqaruvini amalga oshirishni taqozo etadi. SHu sababli bir qator tarmoq idoralari tashkil etiladi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: vazirliklar va davlat qumitalari; konsernlar va korporatsiyalar, uyushma va assotsiatsiyalar; xolding va milliy kompaniyalar; korxonalar va boshqalar. Vazirliklar Vazirlar Mahkamasining ajralmas qismi xisoblanib, ular Uzbekistonning barcha xududlarida uzlariga buysunuvchi barcha korxonalar va tashkilotlarga raxbarlik qiladilar. SHu sababli vazirlik — bu uziga tegishli tarmoqning xujalik tizimida boshqarishning eng oliy buginidir. U quyidagi faoliyatlar uchun javobgar xisoblanadi: tarmoqning axvoli, uni yanada tarakkiy ettirish; kadrlarni tanlash, joy-joyiga quyish , tarbiyalash va ximoyalash; ishlab chiqarilayotgan mahsulotning hajmi, sifati va uning raqobatbardoshligi; tayyorlanayotgan mahsulotga bo`lgan ichki va tashki talabni qondirish; va nixoyat, uziga karashli korxonalarning xorijiy mamlakatlar bilan alokasini tashkil etish va kuchaytirish. Vazirliklar tomonidan amalga oshirilayotgan boshqaruv mexanizmining shaklini «Uzkishdokxujadikmash-xolding» xolding kompaniyasi misolida kurish mumkin (...-chizma). Sanoatga raxbarlik tizimida Uzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi aloxida o`rin egallaydi. CHunki u iqtisodiyotni boshqarishning eng yirik ilmiy rejali-iqtisodiy idorasi xisoblanadi. Bu tashkilotning tuzilishi tugrisida 2002 yilning 24 dekabrida Uzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilingan. Bu farmonga muvoffik Iqtisodiyot vazirligi zimmasiga mamlakatni rivojlantir ishning uzoq muddatli strategiyasi xamda kompleks dasturlarini ishlab chikish va amalga oshirish, quyidagi goyat muhim vazifalarni xal etishga qaratilgan chuqur uylangan va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni utkazish yuqlatilgan: makroiqtisodiy barqaror likni, iktsodiyotning barqaror , mutanosib va jadal sur’at bilan rivojlanishni ta’minlash; kup ukladli va samarali faoliyat kursatuvchi iqtisodiyotni shakllantirish, xususiy mulkchilikning etakchilik rolini ta’minlash, bozor infratuzilmasini rivojlantirish; INCLUDEPICTURE "../../../../../ттттт/kril%20lotin/media/image3.png" \* MERGEFORMAT INCLUDEPICTURE "../../../../../ттттт/kril%20lotin/media/image3.png" \* MERGEFORMAT INCLUDEPICTURE "../../../../../ттттт/kril%20lotin/media/image3.png" \* MERGEFORMAT INCLUDEPICTURE "../../../../../ттттт/kril%20lotin/media/image3.png" \* MERGEFORMAT 4-chizma. Tarmoq boshqaruvining tashkiliy tuzilishi. boy tabiiy va mineral-xomashyo zaxiralaridan, bunyod etilgan ishlab chiqarish va fan-texnika saloxiyatidan samarali va oqilona foydalanishga qaratilgan anik maqsad yulidagi strukturaviy siyosatni amalga oshirish, eksport saloxiyatini rivojlantirish xamda mamlakat iqtisodiyotining jaxon iqtisodiy tizimiga keng miqyosida integratsiyalashuvini ta’minlash; yangi ish joylarini yaratish, mehnat resurslarini oqilona band etish muammosini xal qilish, axolining anik yunaltirilgan ijtimoiy muxofazasini kuchaytirish, axolining turmish darajasi barqaror , jadal usishini, ijtimoiy infratuzulmani rivojlantirishni ta’minlash; mamlakat mintakalari iqtisodiyotining kompleks rivojlanishini, ishlab chiqaruvchi kuchlarni mamlakat xududi buyicha makbul xamda samarali rivojlantirish va joylashtirishni ta’minlash. Milliy iqtisodiyotni, shu jumladan, sanoatni boshqarishda sobiq Fan - texnika Davlat qumitasining roli aloxida o`rin egallagan. Bu qumita sanoat ishlab chiqarishi sohasida fan-texnika siyosatini amalga oshirib kelgan. Endilikda bu qumita o`rniga 2002 yil 20 fevralda qabul qilingan Uzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish tugrisida”gi farmoni bilan Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzurida Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish kengashi tuzilgan. Bu kengash zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni xal etish yuqlatilgan: fundamental va amaliy-ilmiy tadqiqotlar , texnologik ishlanmalarning ustuvor yunalishlarini iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar rivojlanishining strategiyasi, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotidagi kiska muddatli, o`rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolli tarkibiy uzgarishlar bilan bog`liq xolda belgilash; mamlakat manfaatlari va davlatimizning iqtisodiy xamda ijtimoiy taraqqiyot sohasidagi ustuvor yunalishlaridan kelib chiqqan xolda yirik ilmiy-tadqiqot dasturlari va texnologik loyihalar buyicha ekspertizalar tashkil etish va ekspertiza xulosalarini tasdiklash; mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning davlat ustuvor yunalishlariga mos keluvchi yirik ilmiy dasturlar va texnologik loyihalarni tasdiklash; ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalar buyicha yillik Davlat dasto`rini tasdiklash; yangi innovatsiyaviy ilgor goyalarni ilgari suruvchi, jaxon ilm- fanidagi yangi, istiqbolli yunalishlarni muntazam kuzatib boruvchi xamda mamlakat manfaatlari yulida kullay olishga kodir iktidorli yosh olimlarni kullab-quvvatlash tizimini yaratish. Sanoat ishlab chiqarishining moliyaviy masalalarini xal etishda Moliya vazirligining tutgan o`rni xam aloxida ahamiyatga ega. Sanoat va uning tarmoqlariga karashli sohalarda mehnatni tashkil etish, ishchi kuchini taqsimlash va ularni ijtimoiy ximoya qilish borasida Mehnat axolini ijtimoiy ximoya qilish vazirligi xal qiluvchi o`rin egallaydi. Download 133 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling