Sanoatkontexnazorat


II bob. Gazdan xavfli ishlar


Download 89.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana06.09.2023
Hajmi89.51 Kb.
#1673263
1   2   3
Bog'liq
200-сон 23.09.2008

II bob. Gazdan xavfli ishlar
6. Gazdan xavfli ishlar rahbar yoki muhandis-texnik xodimlar ro‘yxatida bo‘lgan mutaxassis
rahbarligida amalga oshirilishi kerak, lekin quyidagi ishlar: payvandlamasdan ulash, alohida
o‘rnatilgan gaz asboblari va apparatlarini, alohida ballonli qurilmalarni ishga tushirish, diametri 50
mm dan oshmaydigan past bosimli gaz quvurlarida payvandlamasdan va gaz alangasi bilan
kesmasdan ta’mirlash ishlarini, diametri 50 mm dan katta bo‘lmagan gaz quvurlarini demontaj
qilish, foydalanish jarayonida rezervuar va ballonlarni SUG bilan to‘ldirish, quduqlarni ko‘zdan
kechirish, ta’mirlash va shamollatish, tashqi gaz quvurlarini tekshirish va ulardan suv hamda
kondensatni chiqarish, bug‘lanmagan SUG qoldiqlarini rezervuar va ballonlardan to‘kish, gaz
ballonli avtomobillarga gaz to‘ldirish, shuningdek gazdan foydalanuvchi agregatlarga, SUG
qurilmalariga, GTSh, GTP, SUG AGTSh uskunalariga, gaz asboblari va apparatlariga texnik xizmat
ko‘rsatish ishlari bundan mustasnodir.
Yuqorida ko‘rsatilgan ishlarga rahbarlik qilish yuqori malakali ishchiga ham topshirilishi
mumkin.
7. Gazdan xavfli ishlarni kamida ikki ishchidan iborat, ulardan biri rahbar bo‘lgan brigada
bajarishi kerak.
1 m dan chuqur quduqlar, tunnellar, xandaq va kotlovanlarda, kollektorlarda va rezervuarlar
ichida ta’mirlash ishlarini kamida uch ishchidan iborat bo‘lgan, ulardan biri rahbar bo‘lgan brigada
amalga oshirishi kerak.
Alohida (individual) ballonli qurilmalarni ishga tushirish, turar joy va jamoat binolari, bolalar va
davolanish muassasalari, o‘quv muassasalari, umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqa
kommunal - maishiy obyektlaridagi gaz uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatishni bir ishchi bajarishi
mumkin.
8. Gazdan xavfli ishlar bajarish uchun ushbu Namunaviy yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq
naryad-ruxsatnoma beriladi.
9. Naryadlar berish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar, gaz xo‘jaligi korxonasining yoki gaz
ta’minoti tizimini o‘zining shaxsiy gaz xizmati bilan ishlatadigan korxonaning buyrug‘i bilan
tayinlanadi. Bu shaxslar imtihon topshirgan rahbar xodimlar va mutaxassislar orasidan tayinlanadi.


10. Qoidaga ko‘ra (odatda) aynan bir xil sharoitda, davriy ravishda takrorlanadigan, o‘zgarmas
tarkibdagi ishchilar tomonidan bajariladigan gazdan xavfli ishlarning har qaysi turi uchun
tasdiqlangan, ishlarni xavfsiz amalga oshirish yo‘riqnomalariga muvofiq naryad-ruxsatnoma
tuzmasdan olib borilishi mumkin.
Bunday ishlarga 
3-band
j,z,m- xat boshlarida keltirilgan ishlar, turar joy va jamoat binolarining
gaz quvurlari va gaz uskunalariga gazni o‘chirmasdan texnik xizmat ko‘rsatish, berkitish armaturasi
va kompensatorlarga texnik xizmat ko‘rsatish, temir yo‘l va avtomobil sisternalaridan suyultirilgan
gazni qayta to‘kish, rezervuarlarni suyultirilgan gaz bilan qayta to‘ldirish, texnologik jarayonning
ajralmas qismi sanalgan sanoat pechkalari va agregatlarida bajariladigan ishlar kiradi.
Mazkur ishlar, gazdan xavfli ishlarni hisobga olish daftarida qayd etilishi kerak. Daftar tikilgan
(shnurlangan), muhr bilan tasdiqlangan, varaqlari esa tartib bo‘yicha raqamlangan bo‘lishi kerak.
11. Shaharlar, shaharchalarning va qishloq aholi yashaydigan joylarning gaz tarmoqlari, yuqori
bosimli gaz quvurlariga gaz berish, o‘rta va yuqori bosimli gaz quvurlarini ulash, GTM (GTQ), GTSh,
SUG AGTSh, GTP da payvandlash va gaz alangasi bilan kesishdan foydalanib, ta’mirlash ishlarini
bajarish, iste’molchilarni gazdan uzib qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lgan payvandlash va gaz alangasi bilan
kesish qo‘llaniladigan “gaz bosimi ostida”gi o‘rta va yuqori bosimli gaz quvurlarini ta’mirlash ishlari,
o‘rta va yuqori bosimli gaz quvurlaridagi gaz bosimini pasaytirish va tiklash, butun korxonaga gaz
berilishini o‘chirish va yana gaz berish, GTSh, AGTSh, GTP da rezervuarlarni suyultirilgan gaz bilan
birlamchi to‘ldirish ishlari, gaz xo‘jaligi korxonasining bosh muhandisi, agarda ushbu ishlar
korxonaning gaz xizmati tomonidan bajarilsa, shu korxonaning bosh muhandisi tasdiqlagan
maxsus reja asosida olib boriladi.
12. Ishlar rejasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
ishlarni bajarish ketma-ketligi;
odamlarning joy-joyiga qo‘yilishi;
mexanizm, moslamalar, zarur material va jihozlarga bo‘lgan ehtiyoj;
mazkur ishlar mumkin qadar bexatar amalga oshirilishini ta’minlovchi chora-tadbirlar;
gazdan xavfli har qaysi ishlarning olib borilishi, umumiy rahbarlik va ishlarning
uyg‘unlashtirilishi uchun mas’ul shaxslar.
13. Har bir mas’ul shaxsga gazdan xavfli ishlarni amalga oshirishga doir ishlar rejasiga asosan
alohida naryad-ruxsatnoma beriladi. Naryadda ishlarni bajarish uchun xavfsizlikning asosiy choralari
ko‘rsatilishi kerak.
14. Ishlar rejasiga va naryad-ruxsatnomaga bajariladigan ishning xususiyati va joyi ko‘rsatilgan
ijro chizmasi yoki undan ko‘chirma nusxasi ilova qilinadi. Gazdan xavfli ishlar bajarilishidan oldin,
ularning amalga oshirilishi uchun mas’ul shaxs ijro chizmasi yoki ko‘chirmasidan obyektning
joydagi haqiqiy joylashuviga to‘g‘ri kelishini tekshirishi kerak.
15. Odamlarning hayotiga to‘g‘ridan to‘g‘rixavf soladigan va moddiy boyliklarga ziyon
keltiradigan avariyalarni oldini olish va bartaraf qilish bo‘yicha ishlar naryad-ruxsatnomasiz
bajariladi. Xavf bartaraf qilingandan keyin, gaz quvurlari va gaz uskunalarini texnik soz holatga
keltirish bo‘yicha ishlar naryad-ruxsatnoma asosida bajariladi.
Agar avariya oqibatlari boshdan oxirigacha avariya xizmati tomonidan tugatilsa, u holda
naryad-ruxsatnoma tuzish talab qilinmaydi.
16. Gazdan xavfli ishlarni bajarish uchun kerakli tayyorgarlik ishlarini bajarish uchun naryad-
ruxsatnoma oldindan berilishi kerak.
Naryad-ruxsatnomada uni amal qilish muddati, ishlarning boshlanish va tugallanish vaqtlari
ko‘rsatilishi kerak. Agar ishlarni belgilangan muddatlarda bajarish imkoniyati bo‘lmasa, u holda
naryad-ruxsatnomaning amal qilish muddati uni bergan shaxs tomonidan uzaytirilishi kerak.
Mas’ul shaxs naryad-ruxsatnomani olish va ish tugagandan keyin qayta topshirishda jurnalga
imzo qo‘yishi shart.
17. Naryad-ruxsatnomalar eng kamida bir yil davomida saqlanishi kerak. Birinchi marta gazni
ochish, ishlab turgan gaz quvurlarni kesib ulash, yer osti gaz quvurlarida payvandlash yordamida


ta’mirlash ishlarini olib borishga berilgan naryad-ruxsatnomalar mazkur obyektning ijro-texnik
hujjatlarida doimiy saqlanishi kerak.
18. Agar naryad-ruxsatnoma asosida bajariladigan gazdan xavfli ishlar bir kundan ortiq
muddat ichida bajariladigan bo‘lsa, u holda bu ishlarni bajarish uchun mas’ul shaxs naryad-
ruxsatnomani bergan shaxsga har kuni ishni borishi to‘g‘risida ma’lumot berib turishi kerak.
19. Xizmat safarida bo‘lgan xodimlarga gazdan xavfli ishlarni bajarish uchun naryad-
ruxsatnoma butun safar muddatiga beriladi. Gazdan xavfli ishlarni xizmat safaridagi xodimlar
tomonidan bajarilishi, shu ishlarni bajarayotgan korxona tayinlagan shaxs tomonidan nazorat
qilinadi.
20. Gazdan xavfli ishlarni boshlashdan oldin, uni bajarish bo‘yicha mas’ul shaxs hamma
ishchilarga xavfsizlikning zarur choralari bo‘yicha yo‘riqnoma berishi kerak. Shundan keyin
yo‘riqnomadan o‘tgan har bir ishchi naryad-ruxsatnomaga imzo qo‘yishi kerak.
21. Gazdan xavfli ishlar olib borilayotgan obyektda rahbarlik faqat bitta shaxs tomonidan
bajariladi. Gazdan xavfli ishlarga rahbarlik qilayotgan shaxsdan boshqa shaxs ishchilarga bevosita
ko‘rsatmalar berishi taqiqlanadi.
Gazdan xavfli ishlarni bajarish vaqtida qatnashayotgan boshqa mansabdor shaxslar va rahbar
xodimlar ishchilarga ko‘rsatmalarni faqat ish olib borishga rahbar shaxs orqali berishlari mumkin.
Mahalliy sharoitlarni inobatga olgan holda, rahbar xodimlar gazdan xavfli ishlarni olib
borishda, ishlarni xavfsizligini oshirishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rishi kerak.
Qo‘shimcha chora-tadbirlar ushbu Namunaviy yo‘riqnoma va “Gaz xo‘jaligida xavfsizlik qoidalari”
talablariga zid bo‘lmasligi kerak.
Gazdan xavfli ishlar bajarilayotgan ish joyiga begonalarni kirishi qat’iyan man qilinadi.
22. Gazdan xavfli ishlar, odatda, kunduzi bajarilishi kerak. Avariyalarni oldini olish va bartaraf
etish ishlari istalgan vaqtda rahbar yoki mutaxassis ishtirokida va bevosita uning rahbarligi ostida
bajariladi.
23. Yangi qurilgan, ammo qabul qilish komissiyasi tomonidan qabul qilinmagan gaz quvurlari
va gaz iste’mol qiluvchi obyektlarni ishlab turganlariga ulash taqiqlanadi.
24. Komissiya qabul qilib olgan, lekin oxirgi sinov kunidan boshlab 6 oy mobaynida
foydalanishga tushirilmagan obyektlarga gaz berishdan oldin, elektr-kimyoviy himoyaning ishlashi,
tutun o‘tkazuvchi va shamollatish tizimlarining ahvoli, gaz jihozlari, armaturasi, o‘lchash va
avtomatlashtirish vositalarining butligi va sozligi, gaz quvurlarining germetik holati qaytadan
tekshirib ko‘rilishi kerak.
25. Yangi gaz quvurlari va obyektlarini ishlayotgan gaz quvurlariga ulash ishlari faqat ana shu
quvur yoki obyektlarga gaz berish paytida bajarilishi kerak.
26. Barcha gaz quvurlari va uskunalari ishlayotgan gaz quvurlariga ulanishidan oldin,
shuningdek ta’mirlangandan so‘ng, gaz ulaydigan brigada tomonidan tashqi ko‘zdan kechirilishi va
nazorat tariqasida sinab ko‘rilishi kerak.
27. Nazorat tariqasida sinash havo yoki inert gazlari bilan amalga oshiriladi.
28. Barcha bosimlarga mo‘ljallangan tashqi gaz quvurlari nazorat tariqasida 0,02 MPa (2000
mm suv ust.) bosim bilan sinab ko‘rilishi kerak. Bosimning pasayishi 1 soatda 100 Pa (10 mm suv
ust.) dan oshmasligi kerak.
29. Sanoat va qishloq xo‘jalik korxonalari, ishlab chiqarish tusiga ega bo‘lgan aholiga maishiy
xizmat ko‘rsatish korxonalari qozonxonalarining ichki gaz quvurlari, shuningdek GTM (GTQ), GTSh
va AGTSh ning uskunalari va gaz quvurlari 0,01 MPa (1000 mm suv ust.) bosim bilan nazorat
sinovidan o‘tkazilishi kerak, bunda bosimning pasayishi 1 soatda 100 Pa (10 mm suv ust.) dan
oshmasligi kerak.
30. Ishlab chiqarish tusiga ega bo‘lmagan aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari, turar-
joy va jamoat binolarining ichki gaz quvurlari va gaz uskunalari 5000 Pa (500 mm suv ust.) bosim
bilan nazorat sinovidan o‘tkazilishi kerak, bunda bosimning pasayishi 5 daqiqada 200 Pa (20 mm
suv ust.) dan oshmasligi kerak.


31. SUG rezervuarlari, rezervuarli va ko‘p ballonli qurilmalarni bog‘lovchi gaz quvurlari 1 soat
davomida 0,3 MPa (3 kgk/sm ) bosim ostida sinalishi kerak. Sinov natijalari qoniqarli hisoblanishi
uchun manometr bo‘yicha bosim sezilarli darajada pasaymasligi va sirqimasligi sovun emulsiyasi
yordamida aniqlanishi kerak.
32. Nazorat sinash natijalari gazdan xavfli ishlarni bajarish naryad-ruxsatnomasiga yozilishi
kerak.
33. Ulanadigan gaz quvurlaridagi havo bosimi ularni ulash yoki gazni berish ishlari
boshlangunga qadar, saqlanib turilishi kerak.
34. Agar, ko‘zdan kechirilgan va nazorat tariqasida bosim bilan sinab ko‘rilgan gaz quvurlari,
gaz bilan to‘ldirilmagan bo‘lsa, u holda gaz berish ishlari boshlanganda, ular qayta ko‘zdan
kechirilishi va bosim bilan sinalishi kerak.
35. Gazlangan muhitda ta’mirlash ishlarini bajarishda uchqun chiqarmaydigan rangli
metallardan yasalgan asboblar ishlatilishi kerak. Agar shunday asbob bo‘lmasa, uchqun chiqishini
oldini olish uchun asbobning kesuvchi va uruvchi qismi tavot, solidol yoki boshqa konsistent
moylari bilan moylanishi kerak. Gazlangan muhitda ishlayotganda uchqun chiqaruvchi elektr
asboblaridan foydalanish taqiqlanadi.
36. Quduq, rezervuar ichida, GTM, GTSh, GTP va AGTSh xonalarida gazdan xavfli ishlarni
bajaradigan ishchi va mutaxassislar po‘lat taqalari va mixlari bo‘lmagan poyabzalda bo‘lishlari kerak,
aks holda ushbu oyoq kiyim ustidan kalish kiyishlari yoki bo‘lmasa ish joyiga rezina gilamcha
(o‘rama rezina) yoyish kerak.
37. Gazdan xavfli ishlarni amalga oshirishda portlashdan himoyalangan ko‘chma
yoritgichlardan foydalaniladi.
38. Qopqoqli quduqlar, tunnellar, kollektorlar, texnik yerto‘lalarda, GTM, GTSh, GTP va AGTSh
hududlarida ishlayotgan gaz quvurlarini gazni o‘chirmasdan va gaz quvurini inert gaz yoki havo
bilan puflamasdan turib, ularda payvandlash va gaz alangasi bilan kesish ishlarini olib borishga
ruxsat etilmaydi.
Gaz quvurlarini o‘chirishda berkitish qurilmalaridan keyin tiqinlar o‘rnatilishi kerak.
39. Gaz quduqlarida ustki qismi olib qo‘yilgandan so‘nggina ularda payvandlash, kesish,
shuningdek armatura, kompensatorlar va himoyalovchi flanetslarni almashtirish ishlarini bajarishga
ruxsat etiladi.
40. Quduq, kotlovan va kollektorlar ichida payvandlash yoki gaz bilan kesish ishlarini
boshlashdan avval, havoning gazlanganligi bo‘yicha tekshirilishi kerak. Havoda gazning hajmiy
miqdori alangalanuvchanlik quyi chegarasining 20% idan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Namunalar eng
yomon shamollatiladigan joylardan olinishi kerak.
SUG gaz quvurlarida payvandlash ishlarini olib borish vaqti mobaynida quduq va kotlovanlar
ventilyator yoki kompressor yordamida havoni haydash yo‘li bilan shamollatib turilishi kerak.
41. Ishlab turgan gaz quvurlariga yangi gaz quvurlarini ulash va ta’mirlashda, gaz alangasi
bilan ulash va payvandlash ishlarini bajarishda, gaz bosimi 400 — 1500 Pa (40 — 150 mm suv ust.)
bo‘lishi kerak. Bunday bosimning mavjudligi butun ishlarni bajarish mobaynida tekshirib turilishi
kerak. Bosim 400 Pa (40 mm suv ust.) dan pasayganda va 1500 Pa (150 mm suv ust.) dan ortib
ketganda ulash yoki payvandlash ishlarini to‘xtatish kerak.
Ishlar bexatar va sifatli bajarilishini ta’minlovchi maxsus moslamalardan foydalanilgan
taqdirda, gaz quvurlaridagi bosimni pasaytirmasdan ulashga ruxsat etiladi.
Bosimni nazorat qilib turish uchun, ishlar olib borilayotgan joyga manometr o‘rnatilishi yoki
ana shu joydan ko‘pi bilan 100 m oraliqda qo‘yilgan manometrdan foydalanish mumkin.
42. Ishlayotgan ichki gaz quvurlariga qo‘shimcha uskunalar o‘rnatishda, payvandlash va kesish
ishlari, gaz quvurlarining o‘chirilgan, havo yoki inert gazi bilan puflangan qismlarida amalga
oshiriladi.
43. Yangi gaz quvurlarini ishlayotgan gaz quvurlariga ulash ishlarini amalga oshirishda,
ishlayotgan gaz quvurining bosimi o‘chirish qurilmalari yoki bosim tartiblagichlar yordamida
pasaytirilishi kerak.
2


Gaz quvurining ana shu qismida, gaz bosimi ko‘tarilishining oldini olish maqsadida mavjud
kondensat to‘plagichlardan, gidrozatvorlardan foydalanish, zarur hollarda esa (ulash ishlarini
boshlashdan oldin) o‘chirish qurilmasi bo‘lgan havoga chiqaruvchi quvur o‘rnatilishi kerak va
chiqarib tashlanayotgan gaz imkon qadar yoqib yuborilishi kerak.
44. Gaz quvurini ishlayotgan gaz quvuriga ulash usulini gaz xo‘jaligi korxonasi yoki uning
vazifasini bajaradigan tashkilot belgilashi kerak.
45. Gaz quvurlarini bosim ostidagi (ishlayotgan) gaz quvuriga ulash ishlari gaz xo‘jaligi
korxonasi tomonidan namunaviy yo‘riqnomalar asosida ishlab chiqiladigan maxsus
yo‘riqnomalarga muvofiq olib borilishi kerak.
46. Gaz quvurlari, armaturalari va asboblarining germetikligini olov bilan tekshirish man
etiladi.
47. Gazdan xavfli ishlar amalga oshirilayotgan joylarda chekish, begona kishilarning bo‘lishi va
ochiq olov manbalaridan foydalanish taqiqlanadi.
Ish olib borilayotgan kotlovan va quduqlar o‘rab qo‘yilishi kerak. Kotlovanlarning o‘lchamlari
ularda ishlash va kerakli asboblar, material va uskunalarni joylashtirishga qulay bo‘lishi kerak. Ishlar
olib borilayotgan joy yaqinida ogohlantiruvchi belgilar osib qo‘yilishi yoki o‘rnatilishi kerak.
48. Gaz alangasi bilan kesish yoki payvandlash ishlarini, ishlab turgan gaz quvurlarida amalga
oshirishda, shuningdek cho‘yandan yasalgan gaz quvurlarining keng og‘izlaridan qo‘rg‘oshinni
eritib chiqarishda katta alanga hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida gaz chiqadigan joylar
asbest uvoqlari qo‘shilgan shamot loy bilan suvab qo‘yilishi kerak.
49. Iste’molchilarga boruvchi tarmoqlarga, shuningdek alohida binolarga kirishida o‘rnatilgan
tiqinlarni olib tashlash ishlari, ushbu Namunaviy yo‘riqnomaning 
27
— 
32 bandlariga
muvofiq
ko‘zdan kechirilgan va bosim bilan sinab ko‘rilgandan keyin, gazni ulash ishlariga rahbarlik qiluvchi
shaxsning ko‘rsatmasiga binoan amalga oshiriladi.
50. Agar ko‘zdan kechirish orqali gaz quvurining butunligi, gaz uskunalarining sozligi
tekshirilmagan va nazorat tariqasida bosim bilan sinash amalga oshirilmagan bo‘lsa, gaz quvuriga
gaz berish man etiladi.
51. Shaharlardagi yangi qurilgan yashash uylarining gaz quvurlari va uskunalariga gaz
berishga odamlar ko‘chib kirgandan keyingina ruxsat etiladi.
Gaz berish tartibi, xavfsizlikni ta’minlovchi tashkiliy va texnikaviy chora-tadbirlar “O‘ztransgaz”
AKning hududlararo unitar korxonasidagi tuman (shahar) bo‘limlari yo‘riqnomasida belgilab
qo‘yiladi.
Gaz uskunalari o‘rnatilgan xonadonlarga, xonadon egalari “Turmushda gazdan xavfsiz
foydalanish qoidalari” bo‘yicha yo‘riqnoma olgandan keyingina ko‘chib kirishlari mumkin.
52. Gaz berishda gaz quvurlari ichidagi havoni batamom chiqarib yuborgunga qadar gaz bilan
puflanishi lozim. Bu ishning tugallanganligi olinadigan namunalarni tahlil qilish yoki yondirish yo‘li
bilan aniqlanadi.
Olingan namunadagi kislorodning hajmiy miqdori 1% dan oshmasligi kerak, gaz esa osoyishta,
bir maromda yonishi kerak.
Gaz quvurlarini gazdan bo‘shatishda gaz batamom siqib chiqarilgunga qadar havo yoki inert
gazi bilan puflanishi kerak. Bu ishning tugallanishi tahlil qilish orqali aniqlanadi. Haydalgan
havodagi gazning qoldiq hajmiy miqdori gazning alangalanish quyi chegarasining 20% idan ortiq
bo‘lmasligi kerak.
Gaz quvurlarida puflash ishlari olib borilganda gaz-havo aralashmasini xonalar, zinapoyalar
hamda dudbo‘ronlarga, shamollatish kanallari va shu kabilarga chiqarish taqiqlanadi. Gaz
quvurlarida puflash ishlari olib borilayotgan xonalar shamollatib turilishi kerak.
Gaz quvurlarini puflash jarayonida gaz-havo aralashmasini binolarga kirishi, shuningdek
qandaydir olov manbaidan alanga olish ehtimoli bo‘lmagan joylardan chiqarib yuborilishi kerak.
53. Binolarni buzish, gaz uskunalarini demontaj qilishda gaz quvurlarining o‘chiriladigan
qismlari kesilishi, gazdan bo‘shatilishi va payvandlab berkitilishi kerak.


54. Gazlangan quduqlar, kollektorlar va xonalarda, shuningdek xonalardan tashqarida
gazlangan muhitda ta’mirlash ishlari, ochiq olovdan foydalanmasdan (payvandlamasdan, gaz
alangasi bilan kesmasdan) olib borilishi kerak.
55. Qozonlar yoki boshqa gazlashtirilgan agregatlar ichini ko‘zdan kechirish va ta’mirlash
vaqtida, ular gaz quvuridan tiqinlar yordamida o‘chirilishi kerak.
Qozon yoki agregatning o‘txonasi ichida ishlashga, ular shamollatilganidan va gazlanganligi
tekshirilgandan so‘nggina ruxsat etiladi.
56. Maxsus moslamalar (skoba, nishab tushish joylari) bo‘lmagan holda quduq, kotlovan va
shunga o‘xshash joylarga tushirish va ko‘tarish uchun ish joyiga metall narvon o‘rnatiladi. Narvon
yetarli darajada uzunlikka ega bo‘lishi kerak, quduq, kotlovan, lyuk, rezervuar va boshqa joylarga
qo‘yilganda uning muvozanatini saqlash uchun, qotirib turish moslamalari bo‘lmog‘i shart.
Tor va usti (to‘la yoki qisman) yopiq kotlovanlar, transheyalar, quduqlar, galereyalarda gazdan
xavfli ishlar olib borilishi mumkin emas.
Ko‘rsatilgan joylarda gazdan xavfli ishlar olib borilishi faqatgina doimiy so‘rma ventilatsiya
ishlab turganda ruxsat beriladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan inshootlardagi ishlab turgan gaz o‘tkazgichlarda yopgich olingandan
so‘ng payvandlash ishlariga ruxsat beriladi.
57. Gaz quvuri uzib qo‘yilmagan quduq va kotlovanlar ichida bir vaqtning o‘zida ko‘pi bilan ikki
kishi bo‘lishiga ruxsat etiladi, bunda ular qutqaruv kamari taqib ish olib borishlari kerak, gaz chiqish
ehtimoli bo‘lganda esa protivogaz kiyib ishlashlari kerak.
Yer ustida shamolga ro‘para tomonda, shuningdek rezervuar tuynugining oldida ikki kishi
turib, ana shu inshootlar ichidagi ishchilarning qutqaruv kamarlariga bog‘langan arqonlarning
bo‘sh uchlarini ushlab turishlari, ularni hamda shlangli protivogazlarning havo olish patrubkalarini
doim kuzatib turishlari, ish joyiga begona odamlarni yaqinlashtirmasliklari kerak.
58. Tashqi va ichki gaz quvurlariga o‘rnatilgan uskunalar (armaturalar, filtrlar, hisoblagichlar va
b.)ni ochish va almashtirish ishlari gaz quvurining uzib qo‘yilgan qismida amalga oshirilmog‘i kerak.
Uzib qo‘yuvchi qurilmalarga tiqinlar o‘rnatilishi kerak.
59. Gaz quvurlariga o‘rnatiladigan tiqinlar gaz quvuridagi eng yuqori bosimga mos kelishi
kerak. Ularda flanetslardan tashqariga chiqib turuvchi orqa qismi bo‘lishi darkor. Tiqinlarning ana
shu orqa qismida gazning bosimi va gaz quvurining diametri ko‘rsatilgan tamg‘a bo‘lishi kerak.
60. O‘rta va yuqori bosimli tashqi gaz quvurlaridagi berkitish armaturasiga salnik tiqish va
kondensat to‘plagichlarning rezbali birikmalarini qismlarga ajratishda gaz bosimi 0,1 MPa (1
kgk/sm ) dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
61. Tashqi gaz quvurlaridagi flanetsli birikmalarning qistirmalarini (prokladka) almashtirish gaz
quvuridagi gaz bosimi 400 — 1500 Pa (40 — 150 mm suv ust.) bo‘lganda ruxsat etiladi.
62. Har qanday bosimda ishlaydigan ichki gaz quvurlarida flanetsli, rezbali birikmalar va
armaturalarni qismlarga ajratish ishlarini gaz quvurining faqat o‘chirilgan qismlarida amalga
oshirishga ruxsat etiladi.
63. Diametri 50 mm gacha bo‘lgan gaz quvuridagi, uy ichi gaz uskunalarining jo‘mraklari,
zarur ehtiyot choralarini ko‘rgan, gaz bosimi 3000 Pa (300 mm suv ust.) dan oshmagan holda
moylanishga ruxsat etiladi.
64. Gazlangan xonalardagi gaz quvurlari va uskunalarida ta’mirlash ishlari olib borilayotganda,
tashqarida bir kishi turib, xonada ishlayotganlarni, shuningdek yaqin atrofda olov manbai
bo‘lmasligini kuzatib turishi kerak. Gazlangan xonaning tashqi eshiklari hamisha ochiq turishi kerak.
65. Yer osti gaz quvurlarida gaz quvurini ajratish bilan bog‘liq ta’mirlash ishlarini (zulfinlarni
almashtirish, qistirmalarni, tiqinlarni o‘rnatish-olish va h.) boshlashdan avval, uchqun hosil bo‘lishini
oldini olish maqsadida mavjud elektr himoya o‘chirib qo‘yilishi, gaz quvurining ajratiladigan
qismlariga (agar, ko‘chmas qilib o‘rnatilgan sim ulagichlar bo‘lmasa) sim ulagich (peremichka)
o‘rnatilishi kerak.
66. Gaz quvuriga tiqilib qolgan muz, smola, naftalin va boshqa tiqimlarni gaz quvurini (metall
shompol) tayoqcha bilan (kavlash) titish, erituvchi moddalar quyish yoki bug‘ haydash yo‘li bilan
2


bartaraf etishga gaz quvuridagi bosim 5000 Pa (500 mm suv ust.) dan ortiq bo‘lmaganda, ruxsat
etiladi. Gaz quvurini isitish uchun ochiq olovdan foydalanish taqiqlanadi.
67. Gaz quvuriga tiqilib qolgan narsalarni chiqarib tashlashda, gaz quvuridan gaz chiqishini
maksimal kamaytirish choralari ko‘rilishi kerak.
Bu ish shlangli yoki kislorodli-himoyalovchi protivogazlar bilan bajarilishi kerak. Xonaga gaz
chiqarish taqiqlanadi.
68. Gaz quvurlarini tozalashda, iste’molchilar gaz asboblarini ishlar tugaguncha o‘chirib
qo‘yishlari kerakligi haqida ogohlantirilishlari kerak.
69. Gaz quvuriga tiqilib qolgan narsalarni olib tashlash uchun qismlarga ajratilgan rezbali va
flanetsli birikmalar, yig‘ilgandan so‘ng germetikligi sovun emulsiyasi yoki gaz analizatori bilan
tekshirilishi kerak.
70. Gazdan xavfli ishlar olib borilayotganda barcha ishchilar bajarilayotgan ishga qarab zarur
bo‘lgan maxsus moslama va himoya vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Ishchilarning
shaxsiy himoya vositalari bilan va ularning sozligini ta’minlanishi bo‘yicha mas’ul shaxs, gazdan
xavfli ishlarga rahbarlik qilayotgan shaxs hisoblanadi, 6 bandga muvofiq, rahbarsiz olib borilishi
mumkin bo‘lgan ishlar olib borilayotganda esa topshiriqni bergan shaxs mas’uldir.
Ishchilarning shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanganligi va bu vositalarning sozligi,
gazdan xavfli ishlarni bajarish uchun naryad-ruxsatnoma berish vaqtida tekshiriladi. Ish rahbari ish
joyini tashkil qilayotganida, zaruriyat tug‘ilgan hollarda, ishchilarni xavfli hududlardan tezlik bilan
olib chiqish imkoniyatlarini ta’minlashi kerak.
71. Naryad-ruxsatnoma bilan ishlaydigan har bir ishchi shlangli yoki kislorodli-himoyalovchi
protivogazga ega bo‘lishi kerak.
Filtrlovchi protivogazlarni qo‘llashga ruxsat berilmaydi. Ichki gaz quvurlarida ish olib borish
vaqtida xodimlarda (ishchilarda) protivogaz mavjud bo‘lishi zaruriyati, shu ishlarni bajarish uchun
beriladigan naryad-ruxsatnoma bo‘yicha belgilanadi.
72. Kislorodli-himoyalovchi protivogazlaridan foydalanish uchun ruxsatnoma, ish rahbari
tomonidan, tibbiy ko‘rikdan va shu turdagi protivogazlardan foydalanish bo‘yicha maxsus
yo‘riqnomadan o‘tgan shaxslarga beriladi.
73. Kislorodli-himoyalovchi protivogaz kiyib ishlayotgan vaqtda protivogaz ballonidagi
kislorodning qoldiq bosimi, unda ishlayotgan odamning ishlayotgan joyidan gazlanmagan joyga
yetib borgunicha ta’minlashini kuzatib turish kerak.
74. Protivogazda tanaffussiz ishlash muddati 30 daqiqadan oshmasligi kerak. Kislorodli-
himoyalovchi protivogaz kiyib ishlangan vaqt protivogaz pasportiga yozib qo‘yilishi kerak.
75. Shlangli protivogazlarning havo olish patrubkalari ish paytida gaz ajralib chiqadigan
joydan shamolga ro‘para tomonda joylashtirilishi va mahkamlab qo‘yilishi kerak. Ventilyator bilan
majburiy tarzda havo berilishi bo‘lmaganda, shlangning uzunligi 15 m dan oshmasligi kerak.
Shlangda keskin bukilgan joyi va biror narsa bilan siqilgan joyi bo‘lmasligi kerak.
76. Transheyalar, kotlovanlar, quduqlarda gazdan xavfli ishlarni bajarishda qo‘llaniluvchi
qutqaruv kamarlarida yelkaga taqiladigan qayishlar, qayishlarda esa, ular kesishgan joyining orqa
tomonida, arqonni mahkamlash uchun halqa bo‘lishi kerak.
Kamar shunday moslashtirilishi lozimki, halqa kurakdan pastda joylashmaydigan bo‘lishi,
arqon halqaga o‘rish orqali ulangan bo‘lishi kerak. Elkaga taqiladigan qayishlari bo‘lmagan
kamarlardan foydalanish man etiladi.
77. Protivogazlarning germetikligi har bir gazdan xavfli ishni bajarishdan oldin tekshirib
ko‘riladi. Protivogaz kiyilgandan keyin burma naychasining uchi qo‘l bilan zichlab bekitiladi. Agar
shunday holatda nafas olib bo‘lmasa, protivogaz soz bo‘ladi, nafas olish mumkin bo‘lsa, protivogaz
foydalanishga yaroqsiz hisoblanadi.
78. Karabinlar (ulash moslamasi) uchun mo‘ljallangan halqalari bo‘lgan qutqaruv kamarlari
quyidagicha sinaladi: ikkala kirgichiga (pryajkaga) kirgizib qo‘yilgan kamar halqasiga 200 kg yuk
mahkamlanib, osilgan holatda 5 daqiqa tutib turiladi. Yuk olingandan keyin qutqaruv kamarida
shikastlanish alomatlari bo‘lmasligi kerak.


79. Kamarning karabinlari 200 kg yuk bilan sinab ko‘riladi. Qulfi ochiq holatda karabin yuk
bilan 5 daqiqa tutib turiladi. Yuk olingandan so‘ng karabinning bo‘shagan qulfi o‘z o‘rniga to‘g‘ri va
bemalol (erkin) qaytishi kerak.
80. Qutqaruv arqonlari 200 kg yuk bilan 15 daqiqa sinaladi. Yuk olingandan keyin arqonning
o‘zi va uning ayrim iplari shikastlangan bo‘lmasligi kerak.
81. Qutqaruv kamarlari, kamar karabinlari va qutqaruv arqonlari har 6 oyda kamida bir marta
mutaxassis yoki rahbar boshchiligida sinovdan o‘tkazilishi kerak. Sinovlar natijalari dalolatnoma
bilan yoki maxsus daftarga yozib borish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
Kamarlar, karabinlar va arqonlar berilishidan oldin tashqi tomoni ko‘zdan kechirib chiqilishi
kerak.
Har bir kamar va arqon ro‘yxatga olish (inventar) raqamiga ega bo‘lishi kerak.

Download 89.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling