Саноатни ахборотлаштириш факультети” “информатика ва ахборот технологиялари” кафедраси
Download 98.27 Kb.
|
intellekt mustaqil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Бажарди: 55С-Б-ИАТ-19 гуруҳ талабаси Ф. Рахмоналиев Қабул қилди: С.Хошимов Наманган - 2022 йил
- 2. Noaniq boshqarishning asosiy jihatlari 3. Implikatsiya (faollashtirish) BOSHQARISHNING INTELLEKTUAL TIZIM LARIDA
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ НАМАНГАН МУҲАНДИСЛИК – ҚУРИЛИШ ИНСТИТУТИ “САНОАТНИ АХБОРОТЛАШТИРИШ ФАКУЛЬТЕТИ” “ИНФОРМАТИКА ВА АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ” КАФЕДРАСИ “ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬ БОШКАРИШ НАЗАРИЯСИ” ФАНИДАН Мустакил иши Бажарди: 55С-Б-ИАТ-19 гуруҳ талабаси Ф. Рахмоналиев Қабул қилди: С.Хошимов Наманган - 2022 йил Mavzu:Boshqaruv tizmlarini loyihalashtirish masalalaridagi ma’lumotlar noaniqligi Reja: 1. Boshqarishning intellektual tizimlarida boshqaruvchi qurilmalar 2. Noaniq boshqarishning asosiy jihatlari 3. Implikatsiya (faollashtirish) BOSHQARISHNING INTELLEKTUAL TIZIM LARIDA BOSHQARUVCHI QURILMALAR Noaniq mantiq asosida boshqarish So'nggi yillarda dinamik tizimlarning keng sinfini avtomatik boshqarishda, ayniqsa murakkab kimyo-texnologik jarayonlarni boshqarishda tizimlarning sifatli yangi sinfi bo'lgan intellektual boshqarish tizimlari muvaffaqiyatli qo'llanilmoqda. Bu tizimlar mumtoz determinantlangan va stoxastik kontrollerlarni qo'llab bo'lmaydigan, nochiziqli, aniqlanmagan dinamik obyektlar ko'rinishidagi yomon shakllantirilgan, murakkab texnik tizimlarni boshqarish uchun o'zlarini yaxshigina tavsiya etishdi. Avtomatik boshqarishning intellektual tizimlari (ABIT) - bu boshqarish obyektining xulqi, uni boshqarish tizimi va tashqi ta’sirlar to'g'risidagi axborotlarni saqlab qolish va tahlil qilish hisobiga o'rganish, moslashish yoki sozlanish imkonini beradigan tizimlardir. Ushbu sinfdagi tizimlarning muhim jihatlari ma’ lumotlar bazasi, mantiqiy xulosa mashinalari, tushuntirishlarga oid osttizimlar va boshqalarning mavjudligi hisoblanadi. Boshqarishning intellektual tizimlari sinfiga quyidagi belgilar mos keladi: - boshqarish tizimlarining real tashqi dunyo bilan o'zaro ta’siri aloqaning axborot kanallaridan foydalanish orqali mavjudligi; - tizimlarning ochiqligi bilimlarni to'ldirish va o'zlashtirish uchun zarur; - tizimlar faoliyat ko'rsatish muhitining o'zgarishini bashoratlash mexanizmlarining mavjudligi; - boshqarish obyekti (BO) to'g'risidagi axborotlarning aniq emasligini boshqarish algoritmini intellekutallashtirish darajasini oshirish hisobiga to'ldirilishi mumkin; - aloqalar uzilib qolganda faoliyat ko'rsatishni saqlab qolish. Boshqarishning intellektual tizimlari orasida eng keng tarqalganlari, professor L.Zoda tomonidan noaniq mantiq (fuzzy logic) ni ishlab chiqqanidan so'ng paydo bo'lgan noaniq boshqarish tizimlari deb ataluvchi tizimlar bo'ldi. Noaniq mantiq asosida matematik tushunchalarning barchasini noaniq o'xshashliklarini qurish va insonning fikrlash va masala yechish qobiliyatini modellashtirish uchun zaruriy bo‘lgan rasmiy apparatlarni yaratish mumkin. Noaniq to‘plam (fuzzy set) - ixtiyoriy tabiatli elementlar to‘plami bo‘lib, ularga nisbatan u yoki bu elementni ushbu to‘plamga tegishli ekanligini to‘la aniqlikda tasdiqlab bo' lmaydi. Noaniq to'plamlar nazariyasi ekspertli axborot deb nomlash qabul qilingan “insonga xos bilimlar” bilan ish ko'radi. Boshqarish obyektiga ta’sir etuvchi boshqarish ta’sirlarini ishlab chiqish uchun sifatli ifodalangan ekspertli bilimlarni bevosita qo'llash noaniq boshqarishga xosdir. Noaniq rostlagichning boshqarish obyekti (jarayoni) bilan o‘zaro ta’siri haqidagi bilimlar quyidagi ko'rinishda aks ettiriladi: «AGAR (boshlang'ich vaziyat), UNDA (javob reaksiyasi)». Bunday qoida eng sodda insoniy harakatlarga to'g'ri keladi. Bunda tahlil qilinayotgan parametrlar, sifatli ko'rsatkichlarga ko'ra baholanadigan lingvistik o'zgaruvchilar sifatida qaraladi. Noaniq to'plamlar nazariyasida lingvistik o'zgaruvchilar (L 0 ‘), lingvistik kattaliklar (LK) va tegishlilik funksiyalari //(л) tushunchalari markaziy rolni o'ynaydi. Matematik noaniq to'plamlar (x, fim(x)) ko'rinishidagi tartiblangan juftliklar ko'rinishida, bu yerda xuniversum X(xeX)ning elementi hisoblanadi, funksiya fi'(x)esa jc element (lingvistik element) ning noaniq to'plam T (term) ga [0, 1] diapazondagi sonli qiymat ko'rinishida tegishliligini aniqlab beradi. Noaniq to'plam to'laligicha uning tegishlilik funksiyalarini tavsiflaydi. Masalan, lingvistik kattaliklar (noaniq to'plam) ni ''xatolik” ning “manfiy”, "musbat”, “katta”, “kichik” lingvistik o'zgaruvchilari deb faraz qilgan holda ularning tegishlilik funksiyalari yordamida sifatli tavsiflangan fizik kattaliklar - avtomatik boshqarish tizimlari xatoligi yoki nomuvofiqligini o'zgarish diapazonini belgilab beradi. Lingvistik kattaliklarning tegishlilik funkiyalari bir-birini qoplaydi, shuning uchun ham bu funksiyalarning bir xil lingvistik o'zgaruvchilari noldan farqli bo'igan lingvistik kattaliklarning turli “haqiqiylik darajalari” haqida ma’lumot berishi mumkin. Noaniq rostlagichning kirish o‘zgaruvchilarini joriy qiymatini haqiqiylikning lingvistik kattaligiga o‘tkazish fazzifikatsiya amalideb nomlanadi. Noaniq rostlagichlarda “AGAR-UNDA” turidagi qoidalar (qoidalar bazasi) asosida tegishlilik funksiyalarini natijalovchi noaniq to‘plam ko‘rinishidagi mantiqiy yechimlarni shakllantirish amalga oshiriladi. Tegishlilikning berilgan natijalovchi funksiyalari uchun yagona miqdoriy qiymatning chiqish lingvistik o‘zgaruvchilari - noaniq rostlagich chiqishidagi boshqarish ta’sirini olish va chiqish kattaligi (boshqarish obyekti uchun boshqaruv ta’sirlari) ni ishlab chiqish amalining o‘ziga defazzifikatsiyadeyiladi. Noaniq boshqaruvda namoyon bo'ladigan noaniq mantiqning afzalligi uning inson fikrlarini muvaffaqiyatli shakllantirish imkonini berishdan iborat bo'lib, ular tomonidan qarorlar va murakkab obyektlami, uzoq vaqt mobaynida nafaqat insonlarni muloqot vositasi sifatida, balki obyektiv dunyoni aks ettiruvchi struktura sifatida shakllangan tabiiy til vositasida modellashtirish usullarini qabul qila oladi. Dunyoni anglash fikrlashga asoslanadi, anglash esa o'z navbatida ma’lum belgili tizimsiz amalga oshmaydi. Bunday turdagi eng mukammal tizim tabiiy til hisoblanib, o'zida insonga xos fikrlashni tugallangan, eng kuchli va asoslangan amalga oshirilishini aks ettiradi. Til ta'riflab bo'lmaydigan, murakkab va ko‘p belgili tushunchalar bilan ishlash imkoniga ega. Qaror qabul jarayonida inson murakkab vaziyatlarni alohida hodisalarga ajratadi va har bir hodisa uchun mos keluvchi qaror (yechim) larni oldingi tajribalarga asoslanib, qabul qiladi va umumiy yechimga olib keladi. So'nggi qaromi qabul qilishda unifikatsiyalangan qiymatli mezonlardan emas, balki ko'pincha bir- biriga to‘g‘ri kelmaydigan ko'p sondagi iqtisodiy mezonlardan foydalaniladi. Axborotlar to'la bo'lmagan holda xulosalardan foydalanib qaror qabul qilish mumkin. Noaniq boshqarishda insonga xos bo'lgan, alohida holatlar, boshqarish qoidlari va noaniq xulosalar bo'yicha taqsimlangan qaror qabul qilish usullari kiritiladi. Inson kun davomidagi faoliyatida hech qachon matemaik ifodalarga asoslanuvchi rasmiy moddellashtirishdan foydalanmaydi, u barcha muammoni tavsiflovchi bir tilni qidiradi. Inson ishlatadigan til - bu noaniq tabiiy til. Olingan model unifikatsiyalangan hisoblanmydi: u yo obyekt fragmentlarini tavsiflaydi yo ma’lum shart asosida qo‘yilgan lokal modellarning bir nechtasidan iborat to'plam hisoblanadi. Lokal modellarning o‘zi sonli qiymatlardan foydalanmaydi. Ular umumlashtirilgan holda sifatli sathda qabul qilish uchun soddadir. Noaniq boshqaruvda AGAR-UNDA turidan foydalanib, noaniq so‘zlar orqali operator faoliyatining modeli tuziladi. Raqamli qiymatlar zanjirini tuzish o'rniga, inson “kichik”, “o‘rtacha”, “katta” va shu kabi turdagi noaniq chegaralarni qo‘yadi. Noaniq so‘zlardan foydalanish hisobiga ma’lumotlari to‘la bo‘lmagan holatlarni osongina tushunish mumkin. Rostlagichlarni loyihalashda noaniq to’plamlar nazariyasini qo‘llash, ularning “intellekti”, funksional imkoniyatlarini inson intellektiga yaqinlashtirish imkonini beradi Download 98.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling