Саноатни ахборотлаштириш факультети” “информатика ва ахборот технологиялари” кафедраси


Noaniq boshqarishning asosiy jihatlari


Download 98.27 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi98.27 Kb.
#1504960
1   2   3   4
Bog'liq
intellekt mustaqil

Noaniq boshqarishning asosiy jihatlari
Ajratib ko‘rsatamiz:
Birinchisi noaniq boshqarish qoidalari mantiqiy hisoblanishidir.
Qoidalardan foydalanish mantiqiy xulosa mexanizmlari orqali amalga
oshiriladi. Mantiqiy boshqarish, ekspertning mantiqiy boshqaruvini
oson anglash va ba’zi harakatlarga ko‘ra turli xil farazlarni qo'yish
mumkinligini bildiradi. Texnologik jihozlar uchun - bu nafaqat
boshqaruvda to4a axborotlardan foydalanish (klassik boshqarishdan
farqli ravishda), balki shartga (masalan. vaqt va parametrlarning
qiymatlariga) ko'ra boshqarish rejimlarini o‘zgartirish hamdir. Real
jihozlarning ko‘pgina turlari uchun turli ish rejimlarida (masalan.
Texnologik jihozni ishga tushirish rejimida) alohida e ’tibor qaratish
lozim. Bu holda avtomatlashtirish uchun noaniq boshqarishdan
foydalanish qulay, chunki ishga tushirish va me’yoriy ish rejimlari
uchun “AGAR-UNDA” shaklida qoidani bir xil tavsiflash mumkin.
Ikkinchi jih al - parallel boshqarish. Noaniq boshqarish
usullarining o‘zi turlicha farqlanadi. Boshqarishning an’anaviy usullari
- bu yo klassik yo zamonaviy usullar bo‘lib, boshqarishning
umumlashgan algoritmi bir formula yordamida ifodalanib, noaniq
boshqarishda ko'p sondagi xususiy qoidalarni ishlatadi. Har bir qoida
boshqarishda ishlatiladigan axborot fazosining ma’lum sohasi uchun
o‘rinlidir.
Taqsimlangan axborot fazosining har bir lokal sohasi uchun
alohida boshqarish qoidalarini yaratish maqsadga muvoftqdir. Bundan
tashqari, agar ko‘p rostlanuvchi kattaliklar berilgan bo 1 Isa, unda
ularning har biri uchun alohida boshqarish algoritmlarini yaratish
kerak.
Agar boshqarish maqsadlari ko'p bo‘lsa, iloji boricha har bir
zanjir uchun o'zining boshqarish qoidasini tuzish lozim.
Klassik boshqarish, funksiyalarni umumlashtirish maqsadida
maqsadlaming turli-tumanlik imkoniyalarini cheklab qo‘ygan edi.
Noaniq boshqarishda maqsad funksiyasiga bo‘lgan zarurat va optimal
boshqarish masalasi chekinadi, shuning uchun ham bunda
maqsadlaming xilma-xilligi hattoki o‘zaro teskari maqsadlar bilan ham
ishlasa bo‘laveradi.
Noaniq boshqarishning uchinchi jihati operator bilan dialog
shaklidagi boshqarishni tashkil etishdan iborat bo'lib, boshqarish
qoidasini “AGAR-UNDA” ifodasi shaklida yozish mumkin.
Noaniq to'plamlar nazariyasi asosida boshqarish tizimlarini
shakllantirishga bo'lgan boshlang'ich qo'yimlar, ta’sirlami
boshqaruvchi murakkab tizimlar holatini sintezlanayotgan tizimda
sifatli termlar (tabiiy til vositalari) bilan baholanadigan lingvistik
o'zgaruvchilar kabi qarash hisoblanadi. Har bir term noaniq to'plam
sifatida aks ettiriladi va mos keluvchi tegishlilik funksiyasi yordamida
shakllantiriladi. Boshqarish ta’sirlarini shakllantirish ma’lum qoidalar
to'plamiga asoslanib amalga oshiriladi va bu qoidalar to'plami tabiiy
til vositasida dinamik tizim holati va boshqarish ta’sirlari o'rtasida
aloqa o'rnatadi. Boshqarish ta’sirlarining aniq qiymatini aniqlash,
“boshqarish ta'sirlarf'lingvistik o'zgaruvchisini tavsiflovchi natijaviy
tegishlilik funkiyalaridan aniq son qiymatiga o'tishni amalga oshirish
yo'li bilan bajariladi. Natijada boshqarish obyektining dinamik xulqini
tavsiflashning noaniqligi darajasiga ko'ra yuqori bo'lgan boshqarish
algoritmi bilan kompensatsiyalanadi va bunda obyektning dinamik
xulqi belgilari e’tiborga olinadi
Amaliyotda noaniq mantiq algoritmlarini amalga oshirish uchun
quyidagi usullar qo'llaniladi:
- mos dasturiy ta’minot (DT) yordamida noaniq algoritmlami
amalga oshirish;
- inson ishlatadigan tabiiy til va xulosalash qoidalaridagiga
o'xshash buyruqlar yordamida ma’lumotlar, axborotlar va bilimlarga
ishlov berishga mo'ljallangan maxsus “noaniq” kompyuterlami ishlab
chiqish;
- katta integral sxemalar (KIS) va o'ta yuqori integral sxemalar
(O'YUIS) asosida analogli va analog-raqamli amalga oshirish.
Noaniq to'plamlar va noaniq mantiq nazariyalari asosida
boshqarishni amalga oshirish uchun boshqarish obyektiga beriladigan
boshqarish ta’sirlarini shakllantiruvchi qurilma - noaniq rostlagich
(noaniq mantiq asosida ishlovchi rostlagich) zarur.
Noaniq mantiq asosida ishlovchi avtomatik boshqarish tizimining
funksional sxemasi 2.1.1-rasmda keltirilgan. Tizim solishtirish
qurilmasi, noaniq rostlagich (NR), boshqarish obyekti va teskari aloqa
zanjiridan tashkil topgan. Noaniq rostlagich (fuzzy-controller) uchta
asosiy blok: fazzifikatsiya lash (fuzzyfication) bloki, mantiqiy yechim
(qaror)ni shakllantirish (inference) bloki va defazzifikatsiyalash
(defuzzyfication) blokini o'z ichiga oladi.
Fazzifikatsiyalash blokida kirish lingvistik o'zgaruvchilari
.-с, .... i,n i tizimning xatoligi 0, xatolikni o'zgarish tezligi (birinchi
hosila) в, xatolikning tezlanishi (ikkinchi hosilci) о kabi ifodalash
term-to'plamlar (lingvistik kattaliklar) bilan sifatli tavsiflanadi.
So'nggi kattalik sifatida manfiy (M), o'rtacha manfty (O'M), kam
manfiy (KM), nolli (N), kam musbat (KMus), o'rtacha musbat
(O'Mus), musbat (Mus) kattaliklar olinishi mumkin bo'lib, ular U
universal to‘plamda fim(u) tegishlilik funksiyalari (TF) bilan
tavsiflanadi

TF har bir ielementni to'plam Uga tegishlilik darajasini 0 va 1
sonlari oralig'ida aniqlaydi. Bu sonlar oralig'i ko'rib chiqilayotgan
termda lingvistik o'zgaruvchilarning haqiqiylik darajasi deyiladi.
Kirish o'zgaruvchilari, masalan ([<9mm.6mia\, [0min,<9max], [wmm.wmia])
va ularning joriy qiymatlari yagona universal to'plamda aks ettiriladi,
bu yerda L, - har bir lingvistik o'zgaruvchi ,y = l,nda yoki universal
to'plam Udagi termlarning soni - [0,1]. Har bir lingvistik o'zgaruvchi
uchun termlar soni j bir xil tanlanadi.
Shunday qilib, kirish o'zgaruvchilarining har bir joriy qiymati
uchun ma’lum lingvistik o'zgaruvchini xarakterlovchi term (noaniq
ostto’plam) ga tegishlilik darajasi (haqiqiylik kattaligi) aniqlanadi.
TF lari odatda bir-birini qoplaganligi sababli bir nechta TF ning
bir xil kirish o'zgaruvchilari haqiqiylikning noldan farq qiluvchi turli
miqdorlaridan darak berishi mumkin.
Mantiqiy yechimni shakllantirish blokida bilimlar matritsasi
asosida ‘‘AGAR (boshlang'ich vaziyat) - UNDA (javob reaksiyasi)”
ko’rinishidagi lingvistik qoida yozilishi mumkin va u ko’pincha ishchi
qoidadeb ataladi.
“AGAR-UNDA” turidagi TF ning kirish va chiqishlari
o’rtasidagi ta'sir implikatsiya (mantiqiy aloqa) kabi belgilanadi [7,8].

Download 98.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling