Саноатни ахборотлаштириш факультети” “информатика ва ахборот технологиялари” кафедраси
Download 98.27 Kb.
|
intellekt mustaqil
Implikatsiya (faollashtirish)
Implikatsiya - bu noaniq xulosaning bosqichi bo'lib, o'zida “AGAR-UNDA” turidagi mantiqiy qoidalardan har birininghaqiqiylik darajasini topish amalini namoyon etadi. Agar qismi (qo'yim yoki shart) mantiqiy amallarning birlashuvini, Unda qismi (yechim, xulosa) esa noaniq rostlagichning chiqish ta’sirlari (boshqarish obyektiga beriladigan boshqarish ta’sirlari) uchun lingvistik kattaliklarni ko'rsatishni aks ettiradi. Qoidalarning mos ifodalanishiga ko'ra natijaga erishiladi, bunda boshqarish ta’sirining ixtiyoriy lingvistik kattaligi uchun minimum darajada qoidalardan birini qabul qiladi. Eng ko'p mantiqiy yechimning “minimaksli” (Max-Min Inference) usuli qo'llaniladi, bunda dastlab TF ning UNDA qismi har bir qoidadagi AGAR qismining haqiqiylik kattaligi bilan birlashadi ("mini” amali), keyin cheklangan TF laridagi UNDA qismi birgalikda qo'yish yo'li bilan maksimal haqiqiylikka ega bo'lgan natijalovchi TF ni tanlanadi (“maksi” amali). Bu natijalovchi TF o'zida qoidalar to'plami ta’sirini belgilab beradi. Natijalovchi TF ni shakllantirish orqali qoidalar bazasiga ishlov berish amali o'zida NR ning chiqish kattaligini hisoblashning mantiqiy yechimini aks ettiradi. Noaniq xulosa (chiqish) noaniq mantiq va noaniq boshqarish tizimlarida markaziy ahamiyatga ega. Noaniq xulosalash jarayoni o'zida noaniq shartlar asosida yoki noaniq mantiq tushunchalaridan foydalanib. noaniq xulosalar olish algoritmi yoki amalini namoyon qiladi. Bu jarayon o'zida noaniq to'plamlar nazariyasining barcha asosiy konsepsiyalari: tegishlilik funksiyalari, lingvistik o'zgaruvchilar. noaniq mantiq amallari. noaniq implikatsiyalash va naniq kompozitsiyalash usullarini birlashtiradi. Shuni ta’kidlab o'tish kerak-ki, algebradagi implikatsiyalash (mantiqiy aloqalar) va kompozitsiyalash amallari kabi noaniq to'plamlarni turlicha amalga oshirish (natijalar ham turlicha bo'ladi) mumkin. lekin ixtiyoriy holatda umumiy mantiqiy xulosa quyidagi to'rt bosqichda amalga oshiriladi. Noaniqlilikni aniqlash (fazzifikatsiyalash). Kirish lingvistik o'zgaruvchilar termlari uchun yagona universal fazoda tegishlilik funksiyalari beriladi va o'zgaruvchilarning ma'lum qiymatlari uchun har bir qoidaning har bir qo'yimining haqiqiylik darajasi aniqlanadi. Mantiqiy xulosa. Har bir qoidaning qo'vimi uchun hisoblangan haqiqiylik qiymatlari har bir qoidaning xulosasi uchun qo'llanadi. Mantiqiy xulosalar qoidalari sifatida ko'pincha min (minimum) yoki prod (ko'paytirish) amallari bajariladi. Mantiqiy xulosa min da xulosaning tegishlilik funksiyasi qoida qo'yimining hisoblangan haqiqiylik qiymati balandligi bo'yicha “kesiladi” (noaniq mantiq "VA”). Mantiqiy xulosa prod da xulosaning tegishlilik funksiyasi har bir qoida qo’yimlari haqiqiyligi darajalarining ko'paytmasi bilan masshtablanadi. Kompozitsiya. Olingan noaniq ostto'plamlari (tegishlilik funksiyasining "balandligi bo'yicha kesilganlari”) o'zgaruvchan xulosa (yechim) uchun bitta noaniq ostto'plamni (natijalovchi tegishlilik funksiyasini) shakllantirish uchun birlashtiri ladi. Birlashtirish uchun odatda max (maksimum) yoki sum (yig'indi) amali ishlatiladi. Max kompozitsiyasida natijalovchi noaniq ostto'plam olingan barcha noaniq ostto'plamlar bo'yicha nuqtali maksimum kabi kontrutsiyalanadi ("YOKI” noaniq mantig'i). Sum kompozitsiyasi yordamida natijalovchi noaniq ostto'plam olingan barcha noaniq ostto'plamlar bo'yicha nuqtali maksimum kabi kontrutsiyalanadi. Aniqlikka o'tkazish (defazzifikatsiya). Noaniq xulosa aniq songa o'zgartiriladi. Defazzifikatsiyalash blokida olingan. boshqarish obyektiga ta'sir etuvchi boshqarish ta’sirining natijalovchi tegishlilik funksiyasi sonli kattalikka o'zgartiriladi (natijalovchi TF ning grafigi ostidagi natijalovchi shaklning S tekisligi "og'irlik markazi” (sentre of gravity) ni aniqlashdagi kabi). O'zgaruvchi i ning qiymati i = Uj dan i = U2 gacha o'zgarganda natijalovchi funksiya uL(u) bilan qamrab olingan Sc=S(uc,fjJ yuzaning og'irlik markazi ning abssissasini hisoblashning umumiy qoidasi quyidagi formula bilan ifodalanadi: bu yerda Ut, -diskretlash qadami, M - U2-U>)=1,2,3..... (M -l) oraliqdagi diskretlar soni. Xususiy holda, natijalovchi TF boMakli-chiziqli bo'lsa, "og'irlik markazi"ning abssissasi quyidagicha aniqlanadi: bu yerda n - bir nuqtali (bir elementli) noaniq to'plamlar soni, ularning har biri ko'rib chiqilayotgan chiqish lingvistik o'zgaruvchisining yagona qiymatini xarakterlaydi. Xulosa Bugungi kunda inson faoliyatining barcha sohasidagi boshqarish va qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashning murakkab masalalarini yechishda sun’iy intellekt usullari va algoritmlarini jadal kirib borayotganligini har kuni kuzatish mumkin. Birinchidan. boshqarish va qaror qabul qilishning intellektual tizimlari sinfiga bo'lgan qiziqish bir qator sabablar bilan izohlanadi. Masalan, an'anaviy axborot texnologiyalari talab etiladigan boshqarish sifatini ta'minlab bera olmaydi, chunki ular obyektga ta’sir etayotgan barcha noaniqliklarni hisobga olmaydi. Ikkinch idan. avtomatik boshqarish nazariyasi potensiali zamonaviy axborot-texnologiyalari hamda ma'lumotlar va bilimlarga ishlov berish texnologiyalari orqali imkoni boricha kengaytirilgan bo'lishi mumkin. Boshqarishning intellektual texnologiyalarini kelgusidagi rivojlanishi ijro etish sathida ham maqsadga muvofiq harakatlarni va xulqni tashki 1 lashtirish bosqichida ham yuqori foydalanish tavsiflari va kengaytirilgan funksional imkoniyatlarga ega bo'lgan mukammal texnik tizimlarni amalga oshirish imkonini beradi. Download 98.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling