Sanskritcha xotirjam, nurlangan, oliy haqiqatga erishgan


Download 82.82 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.07.2020
Hajmi82.82 Kb.
#124965
Bog'liq
Budda - Vikipediya


Budda

Budda (sanskritcha — xotirjam,

nurlangan, oliy haqiqatga erishgan) —

buddizmyaa bir necha bor qayta

tugʻilishlar jarayonida mutlaq haqiqatga



yetishgan va boshqalarga diniy najot

yoʻlini koʻrsatishga qodir zot. Keng

maʼnoda — har bir inson juda koʻp ezgulik

qilish, bu dunyoning barcha sevimli

narsalari foydasiz ekanini anglash orqali

B.ga aylanishi mumkin. Buddizm

panteonida yuzlab turli B.lar bor.

Tor maʼnoda esa — buddizm asoschisi,

bu dunyo tashvishlarini tark etib, "oliy

haqiqatga erishgan" Siddhartha Gautama

(miloddan avvalgi 623544)ning ismi.

Buddizmga taallukdi kitoblarda Gautama

barcha xudolar, ruxlar va tabiat kuchlari

ustidan hukmron buyuk va qudratli zot

sifatida taʼriflanar ekan, uning bosib

oʻtgan yoʻli bir emas, bir necha



hayotlardan iborat boʻlgan deb uqtiriladi.

Rivoyatlarga koʻra, Gautamani Hindiston

va Nepal chegarasidagi Kapilavastu

shahri podshohining xotini Mahamayya

ilohiy homiladorlikdan tuqqan. Dunyoga

kelgan farzand shu zahotiyoq: "Men

barcha jonli maxluqlarning eng

buyugiman. Bu mening oxirgi tugilishim",

deb xitob kiladi. Buddizm diniy

kitoblarida aytilishicha, Mahamayya oʻgʻli

Gautama tugʻilgach, yetti kundan soʻng

vafot kilgan va xudolar osmonlaridan

birida qayta tugilgan.

Shahzoda Gautama pahlavon boʻlib oʻsa

boradi. 16 yoshida uni Yashodharaga

uylantiradilar. Ammo toʻq, farovon



turmush uni qoniqtirmaydi, 29 yoshida

Gautama xotini va yaqindagina tugilgan

oʻgʻlini tark etib, sayyor darvishlar —

shramanlarga qoʻshiladi. U 6 yil Ganga

daryosi qirgʻoqlarida zoxdplik bilan hayot

kechiradi va tana faolligini sundirish

aklning ozishiga olib kelishini anglagach,

35 yoshida 4 hafta (yoki 7 hafta)

davomida meditatsiya (butun ongini oliy

haqiqatga erishish goyasiga qaratish)

holatiga kiradi. Nihoyat, u maqsadiga

erishadi va koinotning barcha

sirasroridan voqif boʻlgan B.ga aylanadi.

B. insoniyat boshiga tushadigan

azobuqubatlar sabablarini oʻrganish va

insoniyatni ulardan xalos qilish uchun

harakat qildi. Shundan soʻng B. 45 yil


davomida qad. hind davlatlari Koshala va

Magadxa boʻylab oʻz taʼlimotini targʻib

qiladi va 80 yoshida vafot etadi.

B. taʼlimotining asosiy mazmuni

Banorasda qilingan xutbada "toʻrt oliy

haqiqat" shaklida bayon etilgan. B.ning

shogirdlari yer yuzida birinchi rohiblar

jamoasini tashkil etganlar. 1956 yil B.

vafotining 2500 yilligi tantanali ravishda

nishonlandi. Podsho Ashoka (miloddan

avvalgi 268—231 yillar) amri bilan

toshtaxtachalarga oʻyib yozdirilgan

matnlarda B. haqida baʼzi maʼlumotlar

uchraydi. B. va uning taʼlimotlari bir

necha asr davomida ogʻizdanogʻizga oʻtib

kelgan va asosan miloddan avvalgi 1-



asrda yozib olingan "Tripitaka" nomli

muqaddas kitoblar majmuasida oʻz

aksini topgan.

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Adabiyotlar



  So‘nggi tahrir 11 oylar avval IluvatarBot tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin.

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?title=Budda&oldid=2054684



dan olindi 



Download 82.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling