Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


Autsorsing qanday muammolarni yechishga yordam beradi?


Download 4.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/181
Sana10.09.2023
Hajmi4.36 Mb.
#1675208
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   181
Bog'liq
Rekrutment Darslik

Autsorsing qanday muammolarni yechishga yordam beradi? 
Autsorsing asosan kompaniyaning asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan 
vazifalarini o‘z ichiga oladi. Masalan, kompaniya SMM bo‘limini 
autsorsinga topshirishi mumkin. Bunda ijtimoiy tarmoqlar xizmatini
bloggerlar bilan muloqotni va Internetda brendni reklama qilishni xodim 
bemalol idoradan tashqarida amalga oshira oladi.
Autsorsing quyidagi vazifalarni hal qiladi: 
1. Ishlab chiqarish, texnik xizmat ko‘rsatish va xodimlar xarajatlari 
kamaytirilishi. 
2. Tajribasiz mutaxassislarni sinab ko‘rish va tanlash uchun vaqtni 
sarflamaslik, balki bu vazifani professional yoki allaqachon obro‘ga ega 
bo‘lgan jamoaga topshirish imkoniyati. 
3. Kompaniya soliqlarini kamaytirish. 
4. Ish jarayoni va vaqtini optimallashtirish orqali bo‘limlarning 
samaradorligini oshirish. 
5. Autsorsing agentligi tomonidan samaradorlik va sifat kafolatlari. 
Bir qarashda, autsorsing ishonchsizdek ko‘rinadi. Aslida esa bu 
kompaniya uchun juda ham qulay faoliyat ko‘rinishidir. Buning uchun 
kompaniya autsorsing agentliklariga murojaat qilishi lozim. Xodimlar 
kelishilgan jadval bo‘yicha ishlaydilar, ammo xodimlar ishga qabul qilish 
agentligidan ro‘yxatdan o‘tadilar va u o‘sha agentlikdan ish haqi oladilar. 
Xodimlarni istalgan ko‘rinishda: qisqartirilgan kunga va har qanday 
jadvalga, hatto haftada ikki kunga ham ishga yollashingiz. 
Autsorsingning afzalligi nimada? Autsorsing birinchi navbatda 
ishlab chiqarishning ayrim bo‘limlari xarajatlarini kamaytirishga imkon 
beradi. Inqiroz sharoitida nafaqat frilans va autsorsing kompaniyalari 
bozoriga talab oshadi, balki ular o‘rtasidagi raqobat ham kuchayadi.  
Autsorsing uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur: 
1. Muayyan bo‘limlarning kundalik vazifalarini bitta mutaxassisga 
yoki jamoaga ushbu loyihalarda ishlaydigan doimiy ishchilarning ish 
haqidan arzonroqqa berish. 
2. Bo‘limlarni to‘liq qayta tashkil etish, faqat ayni vaqtda zarur 
bo‘lgan asosiy vazifalarni ajratib va ular uchun loyiha asosida to‘lov 
o‘tkazish. 
3. Bo‘limlarda ishchilar sonini qisqartirish, shtatda qolganlar o‘rtasida 
vazifalarni taqsimlash va KPI bajarilishiga qarab ish haqi bilan masofadan 
ishlashga o‘tkazish. 


205 
Savdo va ishlab chiqarish kompaniyalari ustaxonalarni, asbob-
uskunalarni, ishchilarni, moddiy-texnika ta’minoti va saqlash joylarini, 
savdo bo‘limini texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini qayta ko‘rib chiqishi 
mumkin. Bularning barchasi autsorsinga berilishi mumkin, shu bilan birga 
kompaniya menejmenti va menejerlarning oz sonli shtati saqlanib qoladi. 
Autsorsing qachon foydali bo‘lishi mumkin? Agar ustaxonalar va 
ob’ektlarni ijaraga olish xarajatlari katta bo‘lsa, ishchilarning ish haqi ishlab 
chiqarishning tashqi xizmatlari narxidan oshib ketadi. Kiyim markasi 
misolida: agar ishlab chiqarishning ijarasi va texnik xizmat ko‘rsatishi ko‘p 
mablag‘ talab qilsa, ulardan voz kechish va shablon bo‘yicha tayyor 
mahsulotni tikishni subpudratchi korxonaga o‘tkazish kerak bo‘ladi. 

Download 4.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling