Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
Autsorsing modellari. Bugungi kunda deyarli barcha kompaniyalar
autsorsing xizmatlaridan foydalanmoqdalar. Hatto buxgalteriya xizmatlari va SMM-mutaxassislari uchun ham ushbu xizmatdan foydalanilmoqda. Yirik kompaniyalar butun bo‘limlarni va ishlab chiqarish xizmatlarini tashqi manbalarga o‘tkazmoqda. Qaysi bo‘limlar va ishlab chiqarish segmentlarini pudratchilar va subpudratchilarga topshirish mumkinligini aniqlash uchun autsorsingning klassik modellarini ko‘rib chiqish kerak: • Sanoat – ishlab chiqarish vazifalarini autsorsinglash. Masalan, fabrikaga mahsulot ishlab chiqarishga buyurtma berib, zaxiradagi mahsulotni ishlab chiqish, takomillashtirish, reklama qilish, sinovdan o‘tkazish bo‘yicha boshqa ishlarni o‘zida saqlab qolish. • IT – vazifalarni IT pudratchisiga o‘tkazish. Bu bilan kompyuter uskunalariga ketadigan xarajatni tejash; • Moliyaviy – buxgalteriya hisobi, hisobot, inventarizatsiya auditi va ish haqi hisobini buxgalteriya kompaniyasiga o‘tkazish. Bundan tashqari, ushbu vazifalarning har biri turli xil pudratchilarga topshirilishi mumkin. • Huquqiy – yuridik hujjatlarni yuritishda xususiy advokat yoki yuridik firmalarga murojaat qilish. • Nashriyot – bosma materiallarning chiqarilishini, shuningdek xorijiy maqolalar tarjimalarini va boshqa funksiyalarni nashriyotdan pudratchiga topshirish. • Chakana savdo sohasida - savdo, transport, omborlar, qadoqlash kabi xizmatlarni autsorsinga topshirish. • PR sohasidagi marketing – SMM, SEO-reklama, ommaviy axborot vositalari, bloggerlar bilan aloqa, onlayn reklama uchun video, fotosuratlar va boshqa reklama materiallarini yaratish. 206 • Telemarketing – savdo bo‘limining aloqa markazlari, mijozlar va texnik ko‘maklarni tashqaridan olish. Ushbu modellarning har biri tashqi autsorsing agentliklari yordamida amalga oshirilishi mumkin. Autsorsing agentliklari bitta bo‘limni emas, balki biznesning butun qismini boshqarishni o‘z zimmasiga olishi mumkin. Vazifalaringizni qaysi agentlikka topshirish kerak va kompaniya ichidagi ishni qanday qayta tashkil etish mumkin? Birinchi vazifa – qaysi bo‘limlarni isloh qilish va autsorsing qilish mumkinligini aniqlash. Ikkinchidan, tanlangan bo‘limlar tomonidan bajarilgan KPI va joriy vazifalarni ko‘rib chiqish va autsorsing uchun ish jadvalini tuzish: • dolzarb vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgandan ko‘proq vaqt talab etiladi; • vazifalar ro‘yxati qisqartirilishi mumkin; • bo‘lim ichidagi ish sxemasi eskirgan, butun jarayonni sekinlashtirayotgan va qayta tashkil etilishi kerak bo‘lishi mumkin; • ba’zi lavozimlarni bekor qilish mumkin. Agar xarajatlar tejalishi rejalashtirilayotgan bo‘lsa, vazifalar hajmini kamaytirish kerak bo‘ladi. Hamma bo‘limlar buni uddalay olmaydi, ammo ishni osonlashtirish haqida o‘ylash kerak. Masalan, kompaniyaning korporativ ijtimoiy tarmoqlari va ommaviy axborot vositalari uchun rasmlar, infografika, harakatlanish dizaynlarini yaratadigan dizayneri bor. U har kuni texnik topshiriq va kontent rejasiga muvofiq media-fayllarni tayyorlaydi. Kompaniya tasvirlar sonini kamaytirishi, ijtimoiy tarmoqlar uchun murakkab va qimmat harakatlanish dizaynini olib tashlashi, haftada bir marta dizaynerga texnik topshiriq berishi va ushbu ishni bajarish uchun frilanser yollashi mumkin. Agar kompani AKT, veb-ishlab chiqish bilan shug‘ullansa, doimiy dizayner kerak bo‘ladi. Ammo UI, UX, veb-dizayn kabi faoliyatlar frilanser yoki agentlikka topshirilishi mumkin. Boshqa qanday vazifalarni tashqi manbalarga berish mumkin: • PR bo‘limi ishi yoki uning ba’zi funksiyalari; • buxgalteriya hisobini yuritish; • idora uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish; • idorani tozalash; • dasturiy ta’minotni ishlab chiqish; • mahsulotlar ishlab chiqarish; • tovarlar uchun qadoqlarni ishlab chiqarish; • omborxona, logistika, qadoqlash va oxirgi iste’molchiga yetkazish. 207 Ushbu ro‘yxatni yana ko‘plab variantlar bilan to‘ldirish mumkin. Shubhasizki, xodimlar bilan masofadan ishlash sinab ko‘rilganidan so‘ng, qaysi bo‘limlar vazifalarni masofadan turib osonlikcha bajara olishlarini va kimning idorada bo‘lishi muhimligini aniqlash mumkin. Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling