Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
Kadr agentligi bilan hamkorlikning samaradorligini tahlil qilish
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
14.3. Kadr agentligi bilan hamkorlikning samaradorligini tahlil qilish Rekruting agentligi bilan samarali ishlash - bu faol boshqariladigan (birinchi navbatda mijoz tomonidan) jarayon. Buyurtmaning bajarilishini har bir bosqichda, lavozim tavsifini agentlik hodimiga o‘tkazishdan tortib, eng so‘nngi bosqichdan o‘tgan nomzodlar uchun tavsiyalarni tekshirish jarayoni bilan yakunlangan holda kuzatib borish kerak. Buyurtmaning bajarilishi to‘g'risida to‘liq ma'lumot olish va agar biror narsa noto‘g'ri bo‘lsa, o‘z vaqtida javob berish uchun maslahatchi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish kerak. Rekruting agentligi bilan izlashning samaralari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: vaqtni tejash, chunki nomzodlarni uzoq vaqt talab qilishi mumkin (kadrlar agentligi bilan ishlashda menejer "nomuvofiq" nomzodlarga vaqt sarflamaydi va biznesning strategik muammolari bilan shug'ullanishi mumkin); talablarga javob beradigan munosib shaxsiy, kasbiy fazilatlarga ega bo‘lgan yuqori malakali nomzodlar (kadrlarni izlash va tanlashda rekruterlarning boy tajribasi turli darajadagi nomzodlarni zudlik bilan baholashga imkon beradi); ko‘p bosqichli tanlov (telefon orqali suhbat, kadrlar agentligida suhbat, ishbilarmonlik fazilatlarini baholash, kasbiy tajriba, test sinovlari); malakali mutaxassislar (agentliklar doimiy ravishda bir qator kompaniyalar bilan ishlaydi va shu sababli faoliyatning ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha nomzodlarni izlash xususiyatlarini biladi); eng yaxshi nomzodni tanlash (agentliklar faqat rekruterlar tomonidan ko‘rib chiqilgan va vakansiya talablariga eng yaxshi javob beradigan bir nechta nomzodlarni taqdim etishadi); ishga qabul qilish tezligi (o‘rtacha ikki baravar); maxfiy ma'lumotlarning saqlanishi (agar kompaniya vakansiya, ishga qabul qilish muddatlari va shartlari to‘g'risida ma'lumotni reklama 211 qilishni istamasa, kadrlar agentligiga murojaat kadrlarni tanlashning eng yaxshi usuli hisoblanadi); xarajatlarni tejash (kadrlarni tanlash bilan shug'ullanadigan xodimlar uchun xarajatlar, bo‘sh ish o‘rinlarini ixtisoslashtirilgan ommaviy axborot vositalarida joylashtirish narxi, ixtisoslashtirilgan Internet- resurslar narxi, konferents-zallar narxi, Internet-trafik uchun to‘lov). Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling