Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari


Download 4.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/181
Sana10.09.2023
Hajmi4.36 Mb.
#1675208
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   181
Bog'liq
Rekrutment Darslik

Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari 
1. Autsorsing nima? 
2. Autsorsingga qanday holatlarda talab vujudga keladi? 
3. Autsorsing orqali qanday maqsadlar ko‘zlanadi? 
4. Rekruting agentligi bilan ishlash texnologiyasi qanday? 
5. Kadrlar agentligiga murojaat qilishning qanday afzalliklari 
mavjud? 


212 
15-BOB. XORIJDA REKRUTMENT TAJRIBALARI 
15.1. AQShda rekrutment kompaniyalar faoliyatining 
xususiyatlari 
 
Qo‘shma Shtatlar va Kanadada rekruting deyarli bir hil: usullar, 
yondashuvlar, vositalar. 
Rekrutment tadbirkorlik faoliyati turi sifatida AQShda XX asrning 50-
yillarida shakllangan. Aynan Amerika Qo‘shma Shtatlarida to‘g'ridan-
to‘g'ri qidirish va xedxanting (yirik kompaniyalar - R2R-RED, The ocean 
partnership) va personal lizingi (etakchilar - Kelly Girl Services, Adecco, 
Manpower) kabi rekruting xizmatlari paydo bo‘ldi. 1956 yilda Londonda 
Manpower o‘z vakolatxonasini ochganidan so‘ng, kontinental Evropada 
personal lizingi xizmatlarini faol targ'ib qilish boshlandi. Vaqt o‘tishi bilan 
Buyuk Britaniya, Frantsiya va Daniya, Qo‘shma Shtatlar bilan bir qatorda, 
rekruting bozorining ushbu ulushida etakchi bo‘lishdi.
6
Ta'kidlash joizki, personal lizingi amaliyotini amalga oshirish AQSh 
federal soliq qonunchiligining xususiyatlari tufayli amalga oshirildi, unga 
ko‘ra provayder agentliklari pensiya ta'minotining foydaliroq tizimlaridan 
foydalanishlari mumkin edi. Shuningdek, qarzli mehnatning qonuniyligi 
Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan 1997 yilda 181-sonli Konventsiya va 
rekruting agentliklari faoliyati to‘g'risida 188-sonli tavsiyanoma qabul qilib, 
tan olingan, Xozirgi kunda personal lizingi xizmatlari hajmi AQShning 
rekruting bozorining 40% dan ortig'ini tashkil etadi. Bundan tashqari, ushbu 
xizmatning dunyo bo‘yicha umumiy aylanmasining 1/3 qismi Amerika 
rekruting agentliklari zimmasiga to‘g’ri keladi. Ushbu bozorda eng yirik 
Manpower xalqaro kompaniyasining yillik aylanmasi 4 milliard dollardan 
ortiq baholanadi. 
Autstaffing xizmati AQShda ancha rivojlangan. Bu xizmat 
Professional Employer Organization (PEO) kompaniyalari tomonidan 
ta'minlanadi. Shu tariqa, Garvard Business Review jurnali autstaffing yoki 
xodimlarni xodimlar jadvalidan chiqarish faoliyatini "90-yillarda AQShda 
eng jadal rivojlanayotgan biznes" deb atagan.
7
Aftidan, autstaffing 
xizmatining ommabop bo‘lishining asosiy sababi G'arb biznesining ajoyib 
xususiyati - o‘z xodimlariga "benifits" yoki sug'urtalovchilar bilan 
shartnomalarning yuqori narxini hisobga olgan holda, kichik kompaniyalar 
6
Тюльпанов, А. Зарубежный опыт развития рекрутинга / А. Тюльпанов// Управление персоналом. – 2008. – № 
19. – [Электронный ресурс] –Режим доступа: 
http://www.hr-portal.ru 
(дата обращения: 10.04.2015) 
7
HR-Portal [Электронный ресурс] – Режим доступа: http://
www.hr-portal.ru 
(дата обращения: 10.04.2015) 


213 
taqdim eta olmaydigan ijtimoiy imtiyoz va sug'urta paketlarini berish 
imkoniyatidir. 

Download 4.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling