Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
To'g'ridan-to'g'ri qidirish (inglizcha
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2.1-rasm. Nomzodlarni to‘g’ridan-to‘g’ri qidirish bosqichlari
To'g'ridan-to'g'ri qidirish (inglizcha
executive search) - bu faqat yuqori boshqaruv lavozimlarida ishlashga qodir yuqori malakali va yuqori maoshli mutaxassislarga, shuningdek talabi taklifidan oshib ketadigan faoliyatning noyob sohalaridagi mutaxassislarga qaratilgan rekrutment yo’nalishidir 30 2.2.1-rasm. Nomzodlarni to‘g’ridan-to‘g’ri qidirish bosqichlari To‘g'ridan-to‘g'ri qidirish xizmatlari xedxantingni o‘z ichiga oladi. Xedxanting (inglizcha “headhunting”) yoki "bosh ovlash" bu to‘g'ridan- to‘g'ri qidiruv yo‘nalishi bo‘lib, unda biznes samaradorligi va rivojlanishini oshirish uchun muvaffaqiyatli va professional mutaxassislarni va raqobatchi kompaniyalar rahbarlarini o‘z tomoniga og’dirish usullari qo‘llaniladi. 31 Amalda, asosiy vositalar ham, xedxantingdan foydalanish bosqichlari ham nomzodlarni to‘g'ridan-to‘g'ri qidirishdan juda farq qilmaydi. Bitta farqi shundaki, "bosh ovchilar" asosan raqobat razvedka usullaridan foydalangan holda faqatgina raqobatchi kompaniyalar va / yoki mutlaqo aniq nomzodlar bilan ishlashadi. O‘z navbatida, xedxanting xizmatining narxi barcha bonuslar va mukofotlarni hisobga olgan holda mutaxassisning yillik daromadining 20- 25 foizini tashkil etadi. To‘lov ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1) bitim summasining 40% mijoz tomonidan suhbatning birinchi bosqichi va da’vogarlar taqdimoti o‘tkazilgandan so‘ng to‘lanadi; 2) bitim summasining 60 foizi - nomzod ishga chiqgandan keyin 5 ish kuni ichida. Xodimni bepul almashtirish uchun kafolat muddati 6 oydan ortiqni tashkil etadi. Albatta, sohadagi bozor haddan tashqari qizib ketganini hisobga olsak, "iste'dodlarni" sotib olish kompaniyaga juda qimmatga tushadi. Bunday xodimlarga oldingi martaba istiqbollaridan 30-40% ko‘proq ish haqi, vakolat va javobgarlik darajasi taklif qilinishi kerak. Shafqatsiz raqobat sharoitida, raqobatchining biznesini zaiflashtirish yoki uni bankrot qilish uchun ko‘plab kompaniyalar agressiv xedxanting buyuradilar – bu nafaqat "eng yaxshilarini" ("kadr brakonerligi", ingliz tilida talent poaching) maqsadli ravishda og’dirib olish yoki yollash, balki ishchilarning butun guruhlar, bo‘limlar, bo‘linmalar ("kadrlar reydlari", inglizlarning talent raiding) xodimlariniga qaratilgan. Agressiv xedxanting ko‘pincha Kelly Services, Copers kabi provayder agentliklaridan buyurtma qilishadi. Masalan, haqiqiy kadrlar urushini Rossiya chakana savdosida qayd qilinish mumkin, g'arbiy tizimlar (METRO Cash & Carry, IKEA, Auchan, Media Markt va boshqalar) yiliga 40-60% mutaxassislarni o‘zlariga og’dirib olishadi. Shu yo‘sinda, AQShdagi kompaniyalarning qariyb 25 foizi xodimlar "reydlar"iga duchor bo‘lmoqda. Bir vaqtlar Amazon.com darhol Wal-Mart kompaniyasidan 14 ta logistika mutaxassislarini yollagan. Va bu kabi misollar, hattoki ish beruvchi kompaniyalarning (Google, Microsoft, Toyota, Coca-Cola, Hilton va boshqalar) kuchli brendlari orasida juda ko‘p. Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling