Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
-rasm. Personal lizingi xizmatining umumiy ko‘rinishi
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
2.5.1-rasm. Personal lizingi xizmatining umumiy ko‘rinishi
Ta'kidlash joizki, xorijiy rekruting agentliklari, mahalliy kompaniyalardan farqli o‘laroq, nafaqat lizing mutaxassislarini izlash va saralash bilan 37 cheklanib qolmay, balki ayni vaqtda aniq buyurtma mavjud bo‘lishidan qat'i nazar, bozor ehtiyojlariga muvofiq o‘z lizing salohiyatini shakllantiradilar. Provayder agentliklar iqtidorli yosh mutaxassislarni tanlab olishadi va ularga keyinchalik yuqori malakali kadrlarga ehtiyoj sezadigan kompaniyalar bilan ijara munosabatlarini o‘rnatish uchun sarmoya kiritadi. Personal lizingi uchta turdagi shartnomalarni tuzishni nazarda tutadi: agentlik-provayder tomonidan personal lizingi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish shartnomasi (fuqarolik huquqiy tabiat); lizing beruvchining lizing bo‘yicha mutaxassis bilan tuzgan mehnat shartnomasi; moliyaviy javobgar shaxslar bo‘lgan lizing mutaxassislari bilan javobgarlik shartnomasi. Shu bilan birga, esda tutish kerakki, Fuqarolik Kodeksda personal lizingi shartnomasini tuzish imkoniyati to‘g'risida to‘g'ridan-to‘g'ri ko‘rsatmalar mavjud emas. Bundan tashqari, yuridik nuqtai nazardan, "personal lizingi" atamasi noto‘g'ri, chunki O‘zbekiston qonunchiligida fuqarolik huquqi ob'ektlari ashyolar, shu jumladan pul va qimmatli qog’ozlar, boshqa buyumlar, mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar, ishlar va xizmatlar, ixtirolar, sanoat namunalari, fan, adabiyot, san’at asarlari va intellectual faoliyatning boshqa natijalari, shuningdek shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa moddiy hamda nomoddiy o‘z ichiga oladi (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 81-moddasi). Shunga ko‘ra, personal fuqarolik ob’ekti bo‘lishi mumkin emas. O‘z navbatida, bu O‘zbekistonda personal lizingi xizmati noqonuniy degani emas. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 354-moddasi 3- bandlariga muvofiq taraflar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan shartnomani ham tuzishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga qo‘shimcha ravishda, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining matnida xodimlarni taqdim etish xizmatlari haqida bilvosita eslatma mavjud. Masalan, 145-modda 1- bandiga binoan boshqa xarajatlarga ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etish uchun yoki soliq to‘lovchining faoliyati bilan bog’liq boshqa vazifalarni bajarish uchun o‘zga yuridik shaxslar tomonidan xodimlarni (texnik personalni) taqdim etishga doir xizmatlar xarajarlari kirishi belgilangan. Xodimlarni ijaraga berish muddati bo‘yicha uzoq muddatli va qisqa muddatli lizingga ajratiladi. 38 Uzoq muddatli personal lizingi - rekruting agentligi lavozim jadvalida bir necha oydan bir necha yilgacha ishlaydigan xodimlarning buyurtmachi kompaniya tomonidan ijaraga olinishi. Ushbu turdagi lizing asosan mamlakatda o‘z vakolatxonalarini tez ochishni va o‘z faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan xorijiy kompaniyalar yoki mintaqaviy filiallar tarmog'ini yaratadigan mahalliy kompaniyalar tomonidan qo‘llaniladi. Qisqa muddatli personal lizingi yoki vaqtinchalik xodimlarni saralash (inglizcha temporary staffing) - rekruting agentligi lavozim jadvalida bu bir kundan ikki-uch oylargacha ishlaydigan xodimlarning buyurtmachi kompaniya tomonidan ijaraga olinishi. Qoida tariqasida, ma'muriy va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ish hajmining vaqtincha yoki mavsumiy o‘sishi munosabati bilan, shuningdek ko‘rgazmalar, konferentsiyalar, aktsiyalar paytida kasallik / ta'til tufayli bo‘lmagan xodimlarni vaqtincha almashtirish uchun talab mavjud. Xodimlarni ijaraga berish narxi ko‘plab omillarga bog'liq (ish sharoitlari, mijozlarning joylashuvi, xodimlar soni, vaqtinchalik xodimlarga bo‘lgan talablar, ish smenalari soni va ularning davomiyligi, bajarilgan ishlarning turi) va har bir aniq buyurtma uchun individual ravishda belgilanadi. Xizmatlar uchun to‘lov tasdiqlangan tariflar va soatlik stavkalar asosida amalga oshiriladi. Masalan, “Dockers Staff” DKning vaqtincha ishlaydigan xodimlar uchun narxlari: - yuk ortuvchilar, turli xil ishchilar, merchendayzeri, promoterlar soatiga 120 rubldan; - butlovchilar, qadoqlovchilar, skanerlovchilat, stikerlar yopishtiruvchilar soatiga 110 rubldan; Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling