Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-BOB. PERSONALNI ISHGA YOLLASH VA UNI HUJJATLASHTIRISH TARTIBI 10.1. Korxonalarda ishga yollash bo‘yicha ishlarni tashkil etish
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
1. O‘zingiz va yutuqlaringiz haqida 2-3 daqiqali prezentatsiyani tayyorlang. 2. Chiziqli rahbarga nomzodni taqdim etish jarayonida eng muhim bosqich qaysi? 3. Kim tavsiya beruvchi sifatida ishtirok eta oladi? 4. O‘zingizga yozma tavsiya yozing. 5. Rekrutingning qaysi bosqichida nomzodga rad javobini shakllantirish kerak? 6. Nomzodga rad etish xatini yozing. 149 10-BOB. PERSONALNI ISHGA YOLLASH VA UNI HUJJATLASHTIRISH TARTIBI 10.1. Korxonalarda ishga yollash bo‘yicha ishlarni tashkil etish tamoyillari Bo‘sh ish o‘rni uchun potentsial nomzodlar ichidan eng munosiblarini tanlab olingandan so‘ng yakuniy bosqich boshlanadi. Ushbu bosqichda buyurtmachi kompaniya o‘z imkoniyatlarini tanlangan nomzodlarning kutilmalari bilan taqqoslaydi. Yangi ish joyi uchun raqobat kurashida, odatda, teng huquqli va professional tajribaga ega bo‘lgan hollarda kompaniyadan kamroq qo‘shimcha shartlarni talab qiluvchi nomzod go‘lib boladi va bu nomzod boshqa da'vogarlarga nisbatan "bir oz arzonroq" bo‘ladi. Agar har ikki tomonning ish haqi va boshqa mehnat sharoitlari to‘g'risidagi qarashlari bir oz farq qilsa, buyurtmachi kompaniya muzokaralarni boshlaydi. Muzokaralar davomida kelishmovchiliklar muhokama qilinadi va tomonlar murosaga kelishadi. Ta'kidlash kerakki, ishga olish shartlari butun tanlov jarayonida muhokama qilinishi kerak, ammo bu masala bo‘yicha muzokaralar faqat ushbu bosqich tugagandan so‘ng boshlanadi. Ko‘pincha muzokaralar ish haqi yoki kompensatsiya to‘lovlari, ba'zan yangi ish joyida qo‘shimcha ish sharoitlarini muhokama qilish bilan olib boriladi. O‘z navbatida, ish sharoitlari nafaqat buyurtmachining xohishiga ko‘ra belgilanadi, balki O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligida ham ko‘zda tutilgan. Ayniqsa diqqatga sazovor tomoni shundaki, potentsial xodim murojaat qiladigan lavozim qanchalik baland va "qimmatroq" bo‘lsa, yakuniy muzokaralar shunchalik qiyin bo‘ladi. Mamlakatdagi joriy makroiqtisodiy vaziyatni, mehnat bozoridagi o‘ziga xos xususiyatlarini, nafaqat ish beruvchilar, balki ishchilar o‘rtasidagi yuqori raqobatni hisobga olgan holda, ushbu muzokaralar ko‘pincha savdo bitimlari shaklida o‘tkaziladi. Qoida tariqasida, nomzod bilan muzokaralarni uning bo‘lajak buyurtmachi rahbari oxirgi suhbatda o‘tkazadi. Biroq, rekruterning vazifasi tanlovning yakuniy bosqichidan ancha oldin arizachining kutilmalari va ehtiyojlari to‘g'risida bilishdir. Ko‘pgina holatlar mavjudki, ularda arizachining kutilmalari asossiz yuqoriligi ma’lum bo‘ladi. Shuning uchun, agar siz da'vogar uchun qanday shartlar muhimligini va u qanday maosh 150 olishini kutayotganligini darhol aniqlamasangiz, unda faqatgina natijasiz intervyularga vaqtni yo‘qotish mumkin. Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling