Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


Tanlov yoki baholash tadbirlari mobaynida rad etish


Download 4.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/181
Sana10.09.2023
Hajmi4.36 Mb.
#1675208
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   181
Bog'liq
Rekrutment Darslik

 Tanlov yoki baholash tadbirlari mobaynida rad etish. Nomzodni rad 
etish zarurati vakant lavozimga boshqa da'vogarlar bilan taqqoslash 
jarayonida paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu qaror har doim ham 
suhbatlarning bevosita natijasi bo‘lmaydi, balki, masalan, bir nechta 
uchrashuvlarning natijalarini sarhisob qilishda, test natijalariga asoslangan 
holda qabul qilinishi mumkin va hokazo. 
Qoidaga ko‘ra, nomzodlar bu raqobat, musobaqa va unda faqat bitta 
g'olib bo‘lishi mumkinligini tushunishadi. 
Yakuniy suhbatdan keyin rad etish. Bu kamdan-kam hollarda ro‘y 
beradi. Qoida tariqasida, bu nomzodning qandaydir bemalolligi, yakuniy 
bosqichning ahamiyatini anglamasligi yoki lavozimga qo‘yiladigan 
talablarning kutilmaganda o‘zgarishlarning natijasi bo‘ladi. Birinchi holda, 
mijoz va nomzodni yakuniy suhbatga tayyorlash bosqichida buning oldini 
olish tadbirlarini amalga oshirilishi kerak. Ikkinchidai holda, nomzodga rad 
etish sabablarini to‘g'ri etkazish uchun rahbariyatdan eng to‘g'ri 
ma'lumotlarni olish kerak. 
Tavsiyanomalarni 
tekshirishdan 
keyin, 
havfsizlik 
hizmati 
tekshiruvidan keyin rad etish. Qoida tariqasida, nomzod uchun salbiy 
tavsiyalar olinganda yoki xavfsizlik xizmati tomonidan rad etilganda rad 
etish sabablari batafsil aytilmaydi. Ammo, deyarli ko‘pchilik xavfsizlik 
xizmatining izohisiz berilgan rad javobga tushungan holda qarasalar, lekin 
tavsiyalar bilan bog'liq vaziyat yanada jiddiyroq. Nomzodga u tomonidan 
tavsiya etilgan shaxs unga salbiy tavsif berganligini aytib o‘tirishning hojati 
yo‘q, tavsiyanoma beruvchini aytib o‘tirmasdan va yolg’on ishlatmasdan 
haqiqiy texnik sabablar bilan asoslash yaxshiroqdir. Ushbu bosqichda rad 
etilish nomzod uchun juda og'riqli, chunki tavsiya beruvchilar ismlarining 


147 
so‘ralishini nomzod 99% muvaffaqiyat deb qabul qiladi va u rad etilishni 
emas, balki ish taklifini kutadi. 

Download 4.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling