9.4. Tanlovdan o‘tmagan nomzodlarga rad javoblarini yozish
texnologiyalari
Ko‘p yillik, uzoq muddatli o‘tkazilgan so‘rovnomalarga ko‘ra, teskari
aloqaning yo‘qligi nomzodlarning rekruterlar bilan aloqa o‘rnatishdagi
noroziliklarining asosiy sababi hisoblanadi.
Hodimlarni yollovchi mutaxassislarning yangi avlodlari etishib
chiqmoqda, yangi texnologiyalar joriy etilmoqda, biznesning yangi
yo‘nalishlari ochilmoqda, ammo nomzodlar bilan aloqa, ayniqsa rad etish
muammoligicha qolmoqda. Agar nomzodni ko‘rib chiqishning istalgan
bosqichida rekruter va chiziqli rahbar rad etish kerak degan xulosaga kelsa,
darhol nomzodga bu haqda aytib berish yaxshiroqdir. Ommaviy
rekrutmentda buni amalga oshirish juda qiyin, chunki rekruter yuzlab
odamlar bilan aloqa qiladi. Bunday holda, tanlovda ishtirok etgani uchun
minnatdorchilik va malakali asoslangan raddiya yozilgan xatlarni
yuborishning avtomatlashtirilgan tizimi yordam berishi mumkin.
Albatta, rad etishning sabablari shaxsiy yoki kamsituvchi xarakterga
ega bo‘lmasligi kerak, ayni paytda bu faqat nomzodning kasbiy
malakalariga yoki motivatsiyasiga bog'liq bo‘lishi kerak. Agar nomzod o‘z
tajribasini real baholab va lavozimga qo‘yiladigan talablar to‘g'risidagi
sharhlarni tinglab, uning malakasi ularga mos kelmasligini tan olib, o‘zini
rad etsa, bu yanada yaxshi bo‘ladi.
Masalan, Superjob.ru portali markazi tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy
so‘rov natijalariga ko‘ra, so‘rovda qatnashganlarning atigi 18,11 foizi ishga
qabul qilishda kamsitish yo‘q deb hisoblashadi. Shunday qilib,
ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, kamsitish ish topish uchun jiddiy to‘siqdir
(9.4.1-rasm).
9.4.1-rasm.
Ish
qidirishdagi
kamsitilishlar
bo‘yicha
ish
qidiruvchilarning fikrlari taqsimoti (www.superjob.ru ma'lumotlariga
Do'stlaringiz bilan baham: |