Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
) mumkin bo‘lgan qarshi takliflar va muqobil takliflar
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nomzod bilan suhbatdan keyingi teskari aloqa (Suhbatdan keyin nomzodning fikrlari)
2) mumkin bo‘lgan qarshi takliflar va muqobil takliflar. Nomzod
bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshi taklif to‘g'risida suhbat u bilan har bir muloqotda bo‘lishi kerak. Muqobil takliflarga kelsak, har bir suhbatdan keyin ular haqida so‘rash tavsiya etiladi. Ko‘pincha yakuniy intervyu rasmiy sifatida qabul qilinadi. Rekruter nomzodning bo‘shashishiga yo‘l qo‘ymasligi va uni ogohlantirishi kerak: 139 "Siz kompaniyada uchrashadigan har bir keyingi odam ahamiyatliligi oldingisidan kam emas va uning fikri siz bilan uchrashganda noldan hosil bo‘ladi." Shuni yodda tutish kerakki, nomzod har bir suhbatga birinchi suhbatga bo‘lgani kabi tayyorlanishi kerak. Rekruter nomzodga quyidagi muhim savolni berishi kerak: "Agar intervyudan keyin kompaniya sizga ma'lum shartlar asosida taklif bersa, siz uni qabul qilasizmi?". Agar nomzod: "Menga o‘ylab ko‘rishga vaqt kerak", deb javob bersa, rekruter buning sabablarni aniqlab olishi kerak. Ba'zida intervyu bekor qilinishi yoki qayta rejalashtirilishi kerakligi ayon bo‘ladi va vaqtni isrof qilish va mijozning (chiziqli rahbarni) hafsalasini pir qilishdan ko‘ra, bu haqda oldindan bilish yaxshiroqdir. Nomzod bilan suhbatdan keyingi teskari aloqa (Suhbatdan keyin nomzodning fikrlari). Qisqa vaqt ichida nomzoddan fikr-mulohazalarni bilib olish kerak. Suhbat tugaganidan so‘ng darhol qo‘ng'iroq qilishni so‘rash kerak, chunki chiziqli rahbar bilan teskari aloqaga qadar nomzodning fikrlarini bilib olish lozim. Bunga qo‘shimcha ravishda, belgilangan vaqtda qo‘ng'iroq qilish - bu tanlangan xodimning g'ayrati va mas’uliyatining qo‘shimcha tasdig’idir. Engi, chiziqli rahbar bilan suhbatdan keyin nomzodga beriladigan savollarning taxminiy ro‘yxatini ko‘rib chamiz: 1) Suhbat qanday o‘tdi? 2) Suhbat qancha vaqt davom etdi? 3) Rahbar sizda qanday taassurot qoldirdi? 4) Sizga lavozimni qanday qanday tavsiflashdi? Menejer ushbu lavozimdagi xodimdan nimalarni kutmoqda? 5) Sizga qanday savollar berildi? 6) Suhbat davomida siz javob berishingiz qiyin bo‘lgan biron bir savol bo‘ldimi? Qanday javob berdingiz? 7) Ushbu lavozim bo‘yicha sizni shubha ostiga qo‘yadigan biron bir narsa bormi? 8) Agar siz boshqa biron bir taklifni ko‘rib chiqayotgan bo‘lsangiz, ular orasida bu qanday o‘rin egallaydi? 9) Chiziqli rahbar bilan uchrashuvingiz qanday yakunlandi? 10) Siz kompensatsiya masalalarini muhokama qildingizmi? 11) Hayotingizda qarorlar qabul qilish jarayoniga xalaqit beradigan yoki sekinlashtiradigan holatlar mavjudmi (masalan, hozirgi shaxsiy yoki ish joyingizdagi ishlar)? 140 Agar ob'ektiv sabablarga ko‘ra rekruter nomzoddan taassurotlari haqida batafsil so‘rash imkoniyatiga ega bo‘lmasa, unda kamida uchta muhim jihatni aniqlab olish kerak: - u bu ishni uddalay oladimi; - bu ishga kirishni xohlayapdimi; - agar unga taklif berilsa, u uni qabul qiladimi. Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling