Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
tanishish
Tanlov jarayonidagi muhim bosqich - bu tavsiyanomalarni tekshirish jarayonidir. Bu rekruterga nomzodning yutuqlari, malakasi va shaxsiy fazilatlari to‘g'risidagi xulosalarning to‘g'ri ekanligiga ishonch hosil qilishga yordam beradi. Nomzod bilan ishlashning qaysi bosqichida unga berilgan tavsiyanomalarni tekshirish kerakligi har bir holat uchun alohida hal qilinadi. Eng keng tarqalgan amaliyot bu oxirgi suhbatdan oldin yoki undan keyin, lekin har doim ham nomzodga ish taklif qilishdan oldin. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, rekruter har doim tavsiyanomalarni tekshirish uchun nomzoddan ruxsat so‘rashi kerak. Ushbu qoidaga rioya qilmaslik eng kutilmagan va qayg'uli oqibatlarga olib kelishi mumkin - uning hozirgi ish joyidagi ma'lumotlarning tarqab ketishidan tortib to kishiga jiddiy zarar etkazishigacha. Rekruter tavsiyanoma beruvchilarning nomlarini so‘raganda, rekruter unga bu odamlar nomzodni bilishi kerakligini tushuntirishi kerak: shaxsan; professional nuqtai nazardan; so‘nggi paytlarda (axir, odamlar rivojlanadi, o‘zgaradi). Agar nomzod hozirgi ish joyidan tavsiyanoma beruvchilarning nomlarini taqdim eta olmasa, rekruter undan avvalgi hamkasblari va sobiq rahbarlarining ism-shariflari va aloqa ma’lumotlarini so‘rashi kerak. Agar nomzod yozma tavsiyanomalar berib ismlarni aytishdan qochishga harakat qilsa, ularni qabul qilishga rozi bo‘lish mumkin, ammo og'zaki tavsiyalarning o‘rnini bosuvchi vosita sifatida emas. Xuddi shu printsip ijtimoiy tarmoqlardagi yozma tavsiyalarga nisbatan qo‘llaniladi, chunki tan olish kerakki, ular ko‘pincha rasmiy yoki do‘stona xarakterda bo‘ladi. Rekruterlar nomzodga unga tavsiyalar bera oladiganlarning muvozanatli ro‘yxatini tuzishda yordam berishlari kerak: - 2 ta menejer (1 - avvalgi, 1 - joriy yoki 1 - xorijiy va 1 – o‘zbek); - nomzodni biladigan hamkasbi yoki provayder yoki mijozning hamkasbi; - qo‘l ostida ishlagan hamkasbi (nomzod rahbarlari uchun). Qoidaga ko‘ra, tavsiyalar telefon orqali tekshiriladi. Rekruter o‘zini tanishtirishi kerak, bu suhbatdoshning aloqa ma’lumotlarini nomzod tomonidan berilganligini aytib, suhbatdoshga qo‘ng'iroq haqida oldindan ogohlantirilganligiga ishonch hosil qilishi kerak. 142 Bo‘lajak suhbatning maxfiyligi haqida tavsiya beruvchiga xabar berish juda muhim ("Natijalar faqat ushbu lavozim uchun tanlovda foydalaniladi va hech kimga, shu jumladan nomzodga ham berilmaydi"). Suhbatdoshga nomzodning tavsiyanomalarni tekshirishga ruxsat berganligini darhol tushuntirish kerak. Masalan, ko‘plab ish beruvchilar ma'lumot berishni xohlamaydilar, ammo uni tasdiqlashga qarshi emas. Dastlabki bir nechta savollarni suhbatdoshga o‘zini qulay his qilish imkoniyatini yaratish maqsadida berish kerak. Tavsiyanomalarni tekshirayotganda, rekruter kamsituvchi xarakterga ega bo‘lmagan ochiq savollar berilishi kerak. Birinchi navbatda, kelajakdagi lavozim uchun nima kerakligini yoki nomzod bilan suhbat chog'ida aniqlik kiritilmagan masalalarni so‘rab olishi kerak. Suhbatdoshning nutq oxangi va to‘xtab olishlarini tinglash kerak, ular ba'zida javoblarning o‘zidan ko‘ra ko‘proq ma’lumot beradi. Rekruter va tavsiya beruvchi o‘rtasidagi suhbatning misolini ko‘rib chiqaylik: "Assalomu alaykum __________, ahvollaringiz yaxshimi? Mening ismim ___________. Men “-_________” rekruting korxonasida ishlayman va xodimlarni yollash bo‘limining vakiliman. Bir o‘z vaqt ajrata olasizmi? Men ____________ dan ruxsat olgan holda sizga qo‘ng’iroq qilyapman, biz unin nomzodini _________ lavozimiga ishga olishni ko‘rib chiqayapmiz. Kompaniyamizning qoidalariga muvofiq, biz uning tavsiyanomalarini tekshiramiz. Siz menga taqdim qiladigan barcha ma'lumotlar maxfiy bo‘lib qoladi. Menda tayyorlangan savollar ro‘yxati bor. Ularga javob berish sizga noqulay emasmi?" Suhbatni nafaqat to‘g'ri o‘tkazish, balki uni malakali ravishda tugatish juda muhimdir, masalan: “Hurmatli _________, ajratgan vaqtingiz va ma'lumotlaringiz uchun tashakkur. Yana bir bor ta'kidlashni istardimki, bu sir saqlanib qoladi". Shuni esda tutish kerakki, tavsiyalar tabiatan subyektiv bo‘lgan odam tomonidan beriladi. Shuning uchun, bunday vositaning muhim va ahamiyatli bo‘lsada, faqat tavsiyalar asosida qaror qabul qilishning keragi yo‘q, bu nomzod haqidagi ma'lumot va taassurotlarni tekshirish usullaridan biri xolos. Agar salbiy tavsiyalar olingan bo‘lsa, unda ma'lumot manbasiga e'tibor qaratish va uning ishonchlilik darajasini tekshirish kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling