Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.1. Tanlangan nomzodni bevosita o‘z rahbariga tanishtirish
- Nomzod va chiziqli rahbarni birinchi suhbatga tayyorlash.
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
1. Ijtimoiy tarmoqlarning rekruter uchun qanday qulayliklari mavjud? 2. What’sapp, telegram kabi messengerlar rekruting faoliyatidan qanday foydalanish mumkin? 3. Google AdWords nima? 4. Elektron pochta va an’anaviy pochta jo‘natmalaridan nima maqsadda foydalanish mumkim? Qanday natija kutiladi? 5. Chrome uchun qanday kengaytmalar mavjud? 136 2-MODUL. REKRUTMENT FAOLIYATINING TASHKILIY ASOSLARI 9-BOB. TANLOVDAN KEYINGI CHORA-TADBIRLAR 9.1. Tanlangan nomzodni bevosita o‘z rahbariga tanishtirish Tanlangan nomzodni bevosita o‘z (chiziqli) rahbariga taqdim etish to‘rt bosqichda amalga oshiriladi (9.1.1-rasm). 9.1.1-rasm Nomzodni chiziqli rahbarga taqdim etish bosqichlari Endi, biz har bir bosqichni batafsil ko‘rib chiqamiz. Nomzod va chiziqli rahbarni birinchi suhbatga tayyorlash. Chiziqli rahbarni suhbatga tayyorlash orqali nafaqat uchrashuvning sanasi va vaqtini muvofiqlashtirishni, balki quyidagi masalalarga aniqlik kiritishni ham tushunish kerak. - Chiziqli rahbarning talablarida biron bir narsa o‘zgarmaganmi, ayniqsa nomzod rezyumeni taqdim etish va suhbat o‘rtasida ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lsa? - Chiziqli rahbar nomzod va uning yutuqlari to‘g'risida, shuningdek ochiq lavozimga qo‘yiladigan talablarga potentsial nomuvofiqliklar to‘g'risida etarlicha ma'lumotga egami? - Rahbar nomzodga bermoqchi bo‘lgan savollarni tayyorlashda yordamga muhtojmi? O‘z navbatida, chiziqli rahbar bilan birinchi suhbatga nomzodni tayyorlashda, rekruter nomzodning oldiga kamida ikkita maqsad qo‘yadi: 137 1) uchrashuv natijalariga ko‘ra, bo‘sh ish o‘rni uning ehtiyojlari va talablariga qanchalik mos kelishini tushunish, kompaniya haqida tushunchasini teranlashtirish va potentsial rahbar to‘g'risida fikrni shakllantirishga yordam berish; 2) o‘zini, yutuqlari va ko‘nikmalarini eng to‘liq va to‘g'ri tarzda tanishtirish. Rekruterning nomzod va chiziqli rahbar o‘rtasidagi birinchi suhbatga tayyorgarlik ko‘rishdagi nomzod oldidagi vazifasi nomzodning barcha ma'lumot bo‘shliqlarini: kompaniya, lavozim va suhbat jarayoni haqida bilimlarini to‘ldirishdir. Bunda, kompaniyada vujudga kelgan korporativ madaniyat, qadriyatlar va an'analarga alohida e'tibor qaratish lozim. Shuningdek, nomzod bilan uchrashadigan barcha xodimlar haqida batafsil ma'lumot berishingiz, kim va nima haqida so‘rashini, intervyu jarayonida chiziqli menejerlar odatda o‘zini qanday tutishini oydinlashtirish kerak. Bundan tashqari, rekruter nomzodning kompaniyada ishlashga bo‘lgan qiziqishi saqlanib qolganligiga va shunga mos ravishda nomzodning motivatsiyasiga ishonch hosil qilishi kerak. Yana bir bor, nomzod olishni istagan eng aniq ish haqi miqdorini aniqlashtirish kerak. Agar oxirgi suhbat / uchrashuvdan keyin miqdor o‘zgargan bo‘lsa, rekruter sabablarni aniqlab, yangi raqamlarni kompaniya byudjeti bilan taqqoslashi kerak. Ko‘pgina rekruterlar yoki rekruting agentligi nomzodni "juda yaxshi" tayyorlashi, u kerakli javobni berashi va suhbat o‘tkazayotganlar esa noto‘g'ri ma'lumotlar olishidan saqlanadilar. Bunday holatni agar nomzodni tayyorlashda professional ravishda yondashilganda oqlab bo‘lmaydi. Malakali rekruter nomzodga yo‘naltirishda yordam beradi, masalan quyidagi tarzda: “Direktorlar, avvalambor, sizning g'ayratingiz bilan qiziqishadi. Biz muhokama qilgan narsalarimizni yana bir bor eslab, nega bizning kompaniyamizdagi lavozimga qiziqish bildirasiz va buni direktorga asosli ravishda tushuntiring". Rekruter nomzodga, birinchi marta chiziqli rahbar bilan suhbat paytida, ish taklifini olgunga qadar, u hech narsani baholashi va o‘lchashi kerak emasligini eslatishi kerak. Uning o‘zining taqdimoti birinchi navbatda: "Men kompaniyaga nima bera olaman?" degan savolga javob berishi kerak. Faqatgina muvaffaqiyatli intervyudan keyingina kompaniya taqdim etayotgan imkoniyatlarni o‘zining kutilmalari bilan taqqoslash va “Menga ushbu kompaniyada ishlash nimasi bilan qiziq?” degan savolga javob berish vaqti keladi. 138 Chiziqli rahbar bilan suhbatda nomzodga berilishi mumkin bo‘lgan eng mashhur savollarni ko‘rib chiqamiz: Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling